Nosiruddin Burxonuddin Rabg’uziyning “Qisasi Rabg’uziy” asarida nazmiy parchalarning ahamiyati



Yüklə 288,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix23.06.2023
ölçüsü288,64 Kb.
#118734
1   2   3   4   5   6
“Qissasi Rabg‘uziy”dagi she’riy janrlar tavsifi

Musallas 
(uchlik) xarakteridagi she’rlar – 2 ta. 
A)
Nosiruddin To’qbug’abek madhi – 11 band (33 misra) 
B)
Ismoil Alayhis-salom qissasi tarkibida – 3 band (9 misra) 
“Qisasi Rabg’uziy” asarida turkiy musallasning ilk ko’rinishi uchraydi. 
Rabg’uziydan oldin musammatning bu shaklida hech kim ijod etmagan. Musallas 
shaklida ijod qilish bir muncha qiyinchilik tug’dirgan. Fikr to’liq va izchil bo’lishi qiyin 
bo’lgan. Shuning uchun bu shakl Rabg’uziydan keyin ham uchramaydi. Faqat XIX 
asrga kelib o’zbek shoiralaridan Uvaysiy ijodida musallas shaklining go’zal 
namunalarini ko’rishimiz mumkin. Rabg’uziy ijodidagi musallas bu shaklning ilk 
mukammal ko’rinishi hisoblanadi. Asardagi Nosriddun To’qbug’abek ta’rifi misolida 
buni ko’rishimiz mumkin. 
Ilhoq umul tuzun qiliq 
Biliq arig’ haddin chiqa 
Ko’kdin adizrak himmati 
Mo’risi beklik dinida
So’rar ani yulnub yaqo 
Qizg’anchi uqbo milkati 
Asli mo’g’ul erkan qo’nub
Islom uchun tutti yaqo
Bo’ldi Rasulning ummati
Toat qilur tun-kunduzun 
Olnur saboq mushafqa baqo 
5
R.Orzibekov., O

zbek lirik she

riyati janrlari.,-Toshkent.: Fan., 2006., 70-71-betlar. 


13 
“Qur’on” o’qumoq odati
Tasbih evurdsa xushlanib
Injulanur yoshi aqo
Eshitilsa “Qur’on” oyati


14 
Erardi yavloq telim 
Tuz so’zlayur so’zni uqo 
Ortug’ yarog’lig’ siyrati
Rabdin ato bo’lub anga
Haq bermishi qutlug’ baqo 
Ko’rkluk sifatlig’ surati
Ezgu qiliq birla yurub
Do’st qizg’anur dushman baqo 
Ortar qamug’din hurmati
Kunduz o’qur, tunda qo’par 
Toat qilur kirur suqo
Arslon mengizlik savlati 
Yoshi kichik yo’ni ulug’ 
Zoti orig’ bek To’qbo’g’a 
Ul Nosiruddin kunyati


15 
El oshasun, yuz yashasun 
Bo’lub muti mavlosig’a 
Mundin ziyoda qurbati 
Musallasning qofiyalanishi ham o’ziga xos. a-b-c, d-e-c, f-e-c, g-e-c, h-e-c, i-e-c, j-
e-c, k-e-c, l-e-c, m-e-c, n-e-c tarzda. Uvaysiyda musallasning qofiyalanishi a-a-a, b-b-b, 
c-c-c shaklda. Hozirgi kunda esa qofiya biroz farqli bo’lib, a-a-b, c-c-b, d-d-b tarzda 
qofiyalangan shakllarini ko’rishimiz mumkin. Asar tarkibidagi ikkinchi musallasning 
qofiyasi ham birinchisidan farq qiladi. Bu borada aniqlikka erishish qiyin. Chunki bu 
shakllarda Rabg’uziydan oldin ijod qilinmagan. Malum bir qofiyalanish tizimi ham 
shakllanmagan edi. Qofiyalanishning har xilligini bu shaklning ilk ko’rinishlari deya 
izohlashimiz mumkin. Keying musallas qofiyasi quyidagicha: 
Sodiq ul- va’d atanibon va’dasin qildi vafo, 
Tepti yerga ikki azoqin, topti yerda bir qurug’, 
Bo’ldi zamzamning suvini, bo’ldi illatg’a shifo. 
Ka’baning toshin tashib qurbon qilg’an ul Zabih. 
Tegrasinda tog’ tanuqlar Marva erdi ham Safo. 
Xalq aro ortuq bag’irsoq erdi mavlog’a muti’. 
O’zgalarga vofiy erkin, o’ziga tegdi jafo, 
Tug’maduq erdi onadin tug’di yolg’iz bir o’g’ul. 
Tug’madi andin yalovoch yolg’iz erdi Mustafo. 

Yüklə 288,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə