Nosiruddin Burxonuddin Rabg’uziyning “Qisasi Rabg’uziy” asarida nazmiy parchalarning ahamiyati



Yüklə 288,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix23.06.2023
ölçüsü288,64 Kb.
#118734
1   2   3   4   5   6
“Qissasi Rabg‘uziy”dagi she’riy janrlar tavsifi

a-b-a, c-a-c, a-d-a
tarzda. Bu kabi qofiyalanish zamonaviy adabiyotda
Mirmuhsinning “ Xat yozaman ” she’ri tarkibida uchraydi.
6
Murabba’ 
(to’rtlik) xarakteridagi she’rlar—10 ta arabcha, 8 turkcha (bular bir 
banddan iborat, murabba’ning ilk ko’rinishlari bo’lishi mumkin). Musammatning bu 
shakli eng qadimiy she’riy janrlardan hisoblanadi. Ilk turkiy murabba’ she’rlar “Devoni 
lug’otit tuk” da marosim, mehnat qo’shiqlari tarzida ko’ringan bo’lsa, “Qutadg’u bilig” 
va “Hibatul haqoyiq” da pandnomalar, Yassaviy ijodida hikmatlar shaklida nomoyon 
6
Qarang: Adabiy tur va janrlar.,-Toshkent.: Fan., 1992., 218-bet. 


16 
bo’lgan. Murabba’ haqida so’z ketganda, yuqoridagi asarlar haqida fikr bildiriladi
uning badiiy xususiyatlari izohlanadi. Bular qatoriga “Qisasi Rabg’uziy” asari 
kiritilmaydi. Lekin bu shaklning go’zal namunalari yaratilishiga asos bo’lgan xomaki 
ko’rinishlari bu asarda ham uchraydi. Asar tarkibidagi to’rtliklar arab va turkiy tilda 
yozilgan. Ularning qofiyalanishi turlicha: 
-
a-a-a-b;
-
a-a-b-a;
-
a-a-a-a;
-
a-b-c-d.
Bu ko’nglim murodg’a tekinmak tilar, 
Telim xalqlar aro o’kunmak tilar. 
Kun, oy sajda qilg’ay arig’ yuzga man, 
Bu kun otdin inib yukunmak tilar. 
Yoki
Ko’z ko’rgani jamol ul,
Sevmak ani halol ul. 
Andog’ jamol ko’rubon, 
Kim sevmasa vabol ul. 
Asardagi to’rtliklar murabba’ shaklining shakllanishiga asos bo’la olgan desak xato 
bo’lmaydi.
Musaddas 
(oltilik) xarakteridagi she’rlar—3 ta (arabcha bandlar bir banddan 
iborat). Asar tarkibidagi Odam safiy alayhissalom qissasida bu shaklni yaqqol ko’rish 
mumkin. 
Nafsat tuqa al mushtara 
 
Val mushtari rabbul vara 
Va junanuxu asmanuxu
Val mustafa gulaluxu
Lakin sakkaku Tavratu 
Injilu, Zaburu, Turkanuxu
 


17 
Buning qofiyalanishi a-a-b-b-b-b tarzda. Alisher Navoiyning ijodida a-a-a-a-a-a, b-
b-b-b-b-a (“Jonim o’rtarg’a ul”), Abdulla Avloniy ijodida a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-a-a 
(“Turkiston tuprog’ina xitob”) tarzda qofiyalangan musammatlarni uchratamiz. Arabcha 
yozilgan bu misralar musaddas shakli xususiyatlariga to’liq javob bermaydi. Chunki 
bandlar soni bir nechtani tashkil etishi lozim. Lekin qofiyalanishi jihatidan oltilik shakli 
qofiyalanishiga mos keladi. Qofiyalanish quyidagicha: 
A)
a-a-a-a-a-a; 
B)
a-a-b-b-b-b; 
C)
a-a-a-a-b-a. 


Yüklə 288,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə