Nosiruddin Burxonuddin Rabg’uziyning “Qisasi Rabg’uziy” asarida nazmiy parchalarning ahamiyati



Yüklə 288,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix23.06.2023
ölçüsü288,64 Kb.
#118734
1   2   3   4   5   6
“Qissasi Rabg‘uziy”dagi she’riy janrlar tavsifi

Navro’zi, buzi, yuzi, yozi, 
tuzi, qo’y-qo’zi, juzi, qo’zi, qunduzi, yulduzi, Rabg’uziy 
so’zlaridan tashkil topgan 
qofiyalar tizimi turkiy til tarovatini ko’rsatuvchi omillardan biri bo’lgan. Maqta’da ilk 
bor taxallus ishlatilgan. Vazn ham o’ynoqi bo’lib, g’azal uchun turkiy 
adabiyotdakeyinchalik eng ko’p qo’llangan vazn- ramal tanlab olingan. 
Kun ha-mal-ga \ kir-di er-sa, \ kel-di o-lam \ nav-ro’-zi, 
-
V - - \ - v - - \- v - - \ - v - 
Fo-i-lo-tun fo-i-lo-tun fo-i-lo-tun fo-i-lun 
Kech-di bah-man \ zam-ha-rir qish\ qol-ma-di qo-\ri, bu-zi 
-
V - - \ - v - - \ - v - - \ - v -
Fo-i-lo-tun fo-i-lo-tun fo-i-lo-tun fo-i-lun 
Ko’rinib turganidek, ramal bahrining rukni foilotun ohanglariga tayanadi. Bir bayt 
(ikki misra) dab u rukn sakkiz marta qo’llangani uchun musamman nomini oladi. 
“Musamman” arabcha so’z bo’lib, sakkiz degan ma’noni bildiradi. Oxirgi rukn 


10 
avvalgilaridan qisqaroq, unda bir hijo kam. Ushbu shakl mahzuf deyiladi. Vaznning 
to’liq nomi ramali musammani mahzufdir.
G’azalning barcha baytlari o’zaro mantiqiy ip (navro’z) bilan bog’langan. Ana shu 
ichki bog’liqlik g’azal yaxlitligini ta’minlagan. Dastlabki bayt umumiy axborot berishga 
qaratilgan. Qishning o’rniga bahorning kelishi ko’rsatilgan. Bunda muallif 
munosabatining ochiq ifodalanishi e’tiborni tortadi. Bahorga nisbatan “olam navro’zi” 
ifodasi qo’llansa, qishga nisbatan “bahman” (ayoz, qahraton, izg’irin) “zamharir” 
(qirovli, qahraton, qattiqsovuq) sifatlashlari tanlangan. Keying baytlar bahorning 
xususiy jihatlarini tasvirlashni ko’zda tutadi. Dastlab dunyoning yangidan chiroy 
ochgani (“tirilur bu yer yuzi”) qalamga olinadi. 
Osmon va yerdagi o’zgarishlarni aks ettirish navbatdagi bayt qamroviga kiradi. 
Unda bulut va daraxtlarning o’ziga xos manzarasi ko’rsatiladi. 
Lola, bulbul, turna, qo’zi
so’zlari bahorning turli belgilarni ifodalash vositasi bo’lgan. “Yer- osmon” zidligi 
asosida bahorning o’ziga xos tasvirini berish keyingi baytda ham davom etadi. Bahor 
osmonida 
qushlarning 
ko’payishi 
qug’u 
(oqqush), 
g’oz, 
qil(qilquyruq), 
qarlug’och(qaldirg’och) vositasida ko’rsatilsa, yerdagi jonivorlar harakatining jonlanishi 
os (oq suvsar), tiyin(olmaxon), kish (qunduzning bir turi), qunduz singari hayvonlar 
timsollari vositasida tasvirlangan. 
Qadimgi turkiy tilda “yig’och”, “og’och” so’zlari, asosan, “daraxt” tushunchasini 
ifodalagan. Navbatdagi baytda tilga olingan “tol yog’och minbarinda” (tol daraxtning 
shoxlarida) ifodasi xuddi shu ma’noni yuzaga chiqaradi. Bu baytda bir qator qushlar 
(to’ti, qumri, bulbul) ning xonishi – sayrashi orqali bahor faslining tarovati yana bir bor 
ta’sirli yo’sinda tasvirlangan. Asar tarkibida o’ttiz ikkita g’azal xususiyatlariga mos 
keluvchi g’azal xarakteridagi she’rlar mavjud. Ularning orasida to’liq mukammmal 
g’azal deb hisoblashimiz mumkin bo’lgan g’azallar ko’pchilikni tashkil qiladi. Asarda 
ayrim matla’siz, hamda maqta’siz baytlar ham uchraydi. Ular qofiyalanish tizimi va 
vazn jihatdan g’azal talablariga javob bo’ladi. Bunday xususiyat aksariyat arabcha 
she’rlarda uchraydi. G’azallarda, asosan, payg’ambarlar madh etilgan bo’lib, Odam, 
Ibrohim, Mustafo, Yaqub, Lut, Jirjis, Ilyos, Yunus, Sulaymon, Dovud, Idris, Nuh, Xud, 
Solih, Is’hoq, Yusuf va boshqa bir qancha paygambarlar g’azallar g’oyasini tashkil 


11 
qiladi. Ga’zallarda payg’ambarlarning qiyinchiliklari, kuch-qudrati, xususiyatlari, ichki 
his-tuyg’ulari kuylangan. 
“Qisasi Rabg’uziy” da birinchi she’r –ilk marsiya o’rin olgan. Bu marsiyani Odam 
Ato o’g’li Hobilning o’limiga bag’ishlab aytadi. «Qissai Qobil va Hobil»da 
tasvirlanishicha, Qobil bilan Iqlimo, Hobil bilan Abudo tug’iladi. Iqlimo go’zal. Abudo 
ko’rksiz edi. Qobilga Abudo beriladigan bo’ldi, u ko’nmadi. Odam ularga qurbonlik 
qilishni, kimning qurbonligi qabul bo’lsa, Iqlimo berilishini aytdi. Hobilning qo’yi 
qabul bo’ldi. Qobil tosh bilan urib Hobilni o’ldirdi. Qarg’alarga qarab, Hobilni yerga 
qo’ydi. Odam ko’mish shundan qoldi. (30- 31- betlar). Asarda keltirilishicha, “Odam 
birla Havvo telim yig’ladilar. Odam ta’ziyat tutub bu she’rni aydi. Yer yuzinda avval 
she’r ayg’an Odam erdi, ul she’r bu turur: 
Tag’ayyarat ul biladu va man alayxa 
Va vajhul arzi mug’ayyirun Masihu 
Faajabahu iblis la’natullohi alayxa 
Tag’ayyara kullu zi- lavnin va ta’min 
Va qad bashashtil vajhil maluhu 
Bi qatli Qobilin Hobilin axaxu 
Fa yo asafa alal- vajxis –sabihi… ”
4
“Qisasi Rabg’uziy” turk badiiy nasrining ilk namunalaridan biri sifatida 
adabiyotimizda o’ziga xos o’ringa ega. Asar tarkibida yuqorida ta’kidlaganimizdek, 
nazmiy parchalarning ilk ko’rinishlari ham asarning taixiy- badiiy-ilmiy qiymatini 
oshiradi. Shunday janrlardan biri musammat janri asar qimmatini yanada oshiradi. 
Musammat janrining ba’zi turlari ilk bor ushbu asarda uchraydi. Musammatlar ko’p 
misrali va ko’p qofiyali band sistemasidan yuzaga keluvchi she’r shakllaridir. Yana ham 
aniqrog’I, g’azal tipida qofiyalanuvchi, har bir bandi 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10 misrali 
bandlardan tashkil topgan she’riy shakllar turkumiga musammat deyiladi. Ularning har 
biri bandlardagi misralar soniga qarab musallas (uchlik), murabba’ (to’rtlik), 
muxammas (beshlik), musaddas (oltilik), musabba’ (yettilik), musamman (sakkizlik), 
4
Nosiruddin Rabg

uziy., Qisasi Rabg

uziy.1-kitob,-Toshkent.: Yozuvchi.,1990.,31-bet. 


12 
mutassa’ yoki tasne’ (to’qqizlik), muashshar yoki mashru’ (o’nlik) nomlari bilan 
ataladilar.
5
Asar tarkibida musammat xarakteridagi she’rlarni jamlaganda, ularning quyidagi 
shakllari aniqlanadi: 

Yüklə 288,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə