Mundarij a kirish I bob IV sinfda o'lchovlarni o'rganishning nazariy asoslari



Yüklə 251 Kb.
səhifə2/13
tarix15.06.2023
ölçüsü251 Kb.
#117297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Mundarij a kirish I bob IV sinfda o\'lchovlarni o\'rganishning naz

Miqdorlarni o`ganishni ahamiyati - boshlang'ich sinflarda miqdorlarni o'rganishning ahamiyati juda katta, chunki miqdor tushunchasi matematikaning muhim tushunchalaridandir. Har bir o'rganilayotgan
miqdor atrof- muhitdagi real ob'ektlarning biror umurnlashgan xossasidir. O`lchashga doir mashqlar fazoviy tasavvurlarni rivojlantiradi, o'quvchilarni hayotda keng qo'llaniladigan zarur amaliy malakalar bilan qurollantiradi. Demak, miqdorlarni o'rganish ta'limni hayot bilan bog’lovchi vositalardan biridir.
Mavzuning mazmun-mohiyati shundaki, o'quvchilar ongida miqdorlar tushunchasini tarkib toptirish va miqdorlarni o'lchash ko'nikma va malakalarini hosil qilish yo`llarini tahlil qilishdir.
Bitiruv malakaviy ishning predmeti – Boshlang`ich sinflarda matematika darslarida о`rganiladigan miqdorlar, ularning turlari hamda ularni o'lchash haqidagi bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirishning pedagogik asoslari va ularni amaliyotga joriy qilish yo`llari.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi – IV sinf o’quvchilarining o`lchovlarni o`rganishga doir bilimlarini shakillantirishning nazariy va uslubiy asoslarini ishlab chiqishdan iboratdir.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari:
1) Boshlang’ich sinflarda matematika darslarining tashkil etilishini kuzatish va tahlil qilish;
2) O’quvchilarning o`lchovlar va ularni o`lchash yuzasidan olgan bilim, ko’nikma, malakalarini aniqlash.
3) IV sinfda o`lchovlarni o’rganish va o`lchov malakalarini shakllantirishning yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullarini joriy qilish.
Bitiruv malakaviy ishining metodlari:
Tadqiqot muammosiga oid pedagogik- psixologik va metodik adabiyotlar mazmunini o’rganish, nazariy jihatdan tahlil qilish, boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishda zamonaviy texnologiyalarni qo’llash holatini o’rganish, pedagogik kuzatuv, suhbat, pedagogik tajriba va h.k.
Bitiruv malakaviy ishning gipotezasi - Agar boshlang'ich ta'limning 4-sinf matematika kursidagi miqdorlar va ularni o'lchash davr talabi, fan texnika rivojlanish, ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda uslubiy - pedagogik va ilg’or pedagogik texnologiyalarga tayanib boyitiladi, bundan hosil bo'ladigan o'quv metodik majmualar o'quvchi shaxsiga nisbatan rivojlantiruvchi xarakter kasb etadi, ta'limning samaradorlik darajasi ortadi hamda ta'lim jarayonini muntazam tarzda rivojlantiruvchi omil bo`lib xizmat qiladi.
Matematika bolalarda tafakkur, diqqat, xotira, ijodiy tasavvur etish, kuzatuvchanlikni rivojlantirishga imkon beradi. Shuningdek, matematika o’quvchilarning mantiqiy fikrlash malakalarini oshirish, ularning og’zaki fikrlarini aniq va to’g’ri, tushunarli bayon etish uchun zamin hozirlaydi. O’qituvchining vazifasi – bolalarga matematikani o’qitishda bu imkoniyatlardan samarali foydalana olishdan iborat.
Boshlang’ich sinflarda matematikani o’qitishga haftasiga 5 soatdan vaqt ajratiladi. O’quv materialini sinflarga taqsimlashda o’rganilayotgan sonlar va ular bilan arifmetik amallarni bajarish doirasi asta-sekin kengaytirib borilishi nazarda tutiladi.



Yüklə 251 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə