Mundarij a kirish I bob IV sinfda o'lchovlarni o'rganishning nazariy asoslari



Yüklə 251 Kb.
səhifə1/13
tarix15.06.2023
ölçüsü251 Kb.
#117297
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Mundarij a kirish I bob IV sinfda o\'lchovlarni o\'rganishning naz


M U N D A R I J A
Kirish
I BOB IV SINFDA O'LCHOVLARNI O'RGANISHNING
NAZARIY ASOSLARI
§ 1.1. Skalyar miqdor tushunchasi
§ 1.2. Miqdorlarni o'lchash tushunchasi va uning xossalari
§ 1.3. 4-sinfda o'tiladigan miqdorlar, ularni o'lchash usullari va o'lchov birliklari
II BOB IV SINFDA O'LCHOVLARNI ORGANISH
METODIKASI

§ 2.1. О`lchovlarni о`rganishning didaktik printsplari
§ 2.2. Uzunlik o'lchovlarini o'rganish metodikasi
§ 2.3. Massa va hajm о'lchovlarini о'rganish metodikasi
§ 2.4. Vaqt о`lchovlarini о`rganish metodikasi
§ 2.5. Yuza о`lchovlarini о`rganish metodikasi


Ill BOB TAJRIBA ISHLARI
§ 3.1. 1-soatlik Yangi pedagogik texnologiya qo'llanilgan dars namunasi
§ 3.2. Misol va masalalar tizimi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
Kirish
Mamlakatimizda mustaqillik qaror topishi bilan xalq ta'limi tizimiga alohida e'tibor berilib, uni isloh qilish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Ma'lumki, boshlang`ich ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining birmuncha murakkab muhim ahamiyat kasb etuvchi, barcha ta'lim bo’g’inlari uchun mustahkam poydevor bo`luvchi mustaqil va majburiy tarkibiy qismi hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi - Mustaqil respublikamizning ravnaqi uchun, kelajagi buyuk davlatni barpo etish uchun har tomonlama kamolotga yetgan, chuqur bilimli mutaxassislar yetishtirish zarur. Ta’lim jarayoni ko’p bosqichli yaxlit tizimga ega bo’lib, uning har bir bosqichi ta’lim oluvchilarning yoshi va o’ziga xos xususiyati ta’lim–tarbya jarayonida intellektual qobiliyatiga bog’liqdir. O’quvchi o’quvchilikka qabul qilingandan boshlab har bir fanning ilmiy–nazariy asoslarini chuqur o’rganish bilan birga kasb tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratildi. Jamiyatning intellektual salohiyotiga mos kelajak avlodni tarbyalash bugungi ta`lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifa bo’lib, bu o’z navbatida ta’lim jarayonida muntazam ravishda innovatsion yondashuvlarni amalga oshirishni talab etadi. Innovatsion yondashuvlar - ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash demakdir. Mazkur bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi ham mana shunda.
Jumladan, «Ta'lim to`g`risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi va ularga mos Davlat ta'lim standartlari ishlab chiqildi.
Ushbu standartda boshlang'ich sinflarda o'quv yuklamasining zarur hajmini belgilab beruvchi shu jumladan, umumiy o'rta ta'lim muassasasi boshlang'ich ta'lim bo'g'ini bo'lgan bitiruvchilarining bilim, ko'nikma va malakalariga qo'yiladigan talablarni mujassamlashtiruvchi davlat me'yoriy hujjati, sifatida boshlang'ich ta'lim Davlat ta'lim standartiga amal qila boshladi.
Davlat Ta'lim Standartlarida miqdorlar va ularni о`lchash bo'yicha quyidagi mavzular va amaliy ishlar ko'rsatiladi: 4-sinf Matematika darsligi:

  1. Uzunlik o'lchovi birliklari - millimetr, santimetr, detsimetr, metr, kilometr va ular orasidagi o'zaro munosabatlarni o'rganish;

  2. Vaqt o'lchov birliklari - minut, soat, sekund, kun, hafta, oy, yil, asr va ular orasidagi munosabatlar;

  3. Massa birliklari - kilogramm, gramm, sentner, tonna va ular orasidagi munosabatlar.

Kesma chizish va uzunligini millimetr, santimetr va detsimetr, metrlarda ifodalash. Kesmalarning uzunliklarini taqqoslash.
O`lchov lentasi yoki ruletka yordamida yo`lak, devor, bino va shu kabilarning uzunligini o'Ichash; shartli ravishda qog'ozda 1, 2, 5 m ni 1 sm ga teng deb olib, to'g'ri chizish va uning uzunligini o`Ichash; 20-30 metrgacha bo`lgan masofani ko'z bilan chamalab о`Ichash; vaqtni minutgacha bo`lgan aniqlikda topish.
4-sinfda o'quvchilar:

  • kattaliklar (uzunlik, massa, vaqt) o`lchovi birliklari jadvalini bilishi va masalalar yechishda bu bilimlarni amalda qo'llashni;

  • narxi, miqdori, qiymati, umumiy massasi kabi miqdorlar orasidagi o'zaro munosabatlarni bilish va bilimlarni matnli masalalarni yechishda qo'llashni uddalay olishlari kerak.

- chizg'ich yordamida kesma uzunligini о`Ichash va berilgan
uzunlikdagi kesmani chiza olishlari kerak.

Yüklə 251 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə