Moylar va maxsus suyuqliklar texnologiyasi


Distillyatlarni gidrotozalashning sanoat qurilmalari



Yüklə 152,81 Kb.
səhifə6/7
tarix23.12.2023
ölçüsü152,81 Kb.
#154895
1   2   3   4   5   6   7
Moylar va maxsus suyuqliklar texnologiyasi-hozir.org

Distillyatlarni gidrotozalashning sanoat qurilmalari
Jarayonning vazifasi hozirgi zamon talablarining darajasiga javob beradigan geteroatomli birikmalar ayniqsa, oltingugurtli dan tozalashni o’tkazish. Distillyatlarni gidrotozalash qurilmasi quyidagi bloklarni o’z ichiga oladi, ular quyidagilar: reaktorli, VSG ni ajratish bilan gaz mahsulotli aralashmani separasiyalash, VSG ni vodorod sul’fiddan tozalash, kompressorli, gidrogenizatni barqarorlashtirish. Mazkur bobda misol tariqasida dizelfraksiyalar, vakuumli distillyat va parafinni gidrotozalash qurilmalarining tavsifi berilgan. Gidrotozalashning boshqa qurilmalari ko’rib chiqilmaydi, chunki ular asosan ko’rib chiqilganlar bilan bir xil.
Jarayon qo’zg’almas qatlamdagi alyumokobalt molibdenli katalizatorlar ishtirokida o’tkaziladi.
Xom ashyo 1-nasos yordamida berilib, 16-kompressordan kelayotgan vodorod saqlovchi gaz bilan aralashtiriladi. Aralashma 6-chi va 4-chi issiqlik almashtirgichlarda isitilgandan, so’ng 2-quvurli pechga va aralashma 380 - 4250C temperaturada 3-reaktorga tushadi. Aralashmani reaktorga kirish va chiqishdagi temperaturalar farqi 100C dan oshmasligi kerak.Reaksiya mahsulotlari 4, 5 va 6-chi issiqlik almashtirgichlarda 1600C gacha sovitiladi, bir vaqtda gaz xom ashyo aralashmasi, shuningdek, barqarorlashtirish kolonnasi xom ashyosi isitiladi. Gaz mahsulotli aralashmani keyingi sovutish 7- havoli sovutish jihozida, soviguncha (taxminan 380C gacha) 8-suvli sovutgichda amalga oshiriladi.
Beqaror gidrogenizat yuqori bosimli 9-seperatorda sirkulyalanuvchi gazdan ajratiladi. Gidrogenizat seperator pastidan chiqariladi, 10-issiqlik almashtirgichdan o’tishda 2400C gacha isitiladi, so’ngra 5-issiqlik almashtirgichga va 11-barqarorlashtiruvchi kolonnaga kiritiladi. Ayrim qurilmalarda gaz mahsulotli aralashmalar uchun yuqori temperaturali separaciyalash o’tkaziladi. Bunday hollarda aralashma 210 - 2300C temperaturada yuqori bosimlda qizdiriluvchi seperatorda ajratiladi, ya'ni separatorda ajratiladigan suyuqlik barqarorlashtirish kolonnasiga yuboriladi. Sirkulyatsiyalanuvchi vodorod saqlovchi gaz 18-absorberda vodorod sulfiddan monoetanolaminning suvli eritmasi yordamida tozalanib, 16- kompressor orqali tizimga qaytariladi.
Suv bug’i 11-kolonna pastiki qismidan kiritiladi. Benzin bug’lari, gaz va suv bug’lari 1350C temperatura atrofida kolonna yuqorisidan chiqib, havoli sovutkich 12 ga tushadi, so’ngra 13-separatorda gazning suyuq aralashma qismi ajratiladi. Separatorda ajralgan benzinning bir qismi 15-nasos yordamida 11- kolonna yuqorisiga «to’yintirish» sifatida qaytariladi. Balans miqdori esa qurilmadan chiqariladi. Uglevodorod gazlari 22- absorberda vodorod sulfiddan tozalanadi. Gidrogenizat 11-kolonna pastidan chiqariladi va 10-issiqlik almashtirgich- da, 4-havoli sovitkichda sovitilib, 500C temperaturada qurilmadan chiqariladi






Yüklə 152,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə