Moylar va maxsus suyuqliklar texnologiyasi



Yüklə 152,81 Kb.
səhifə1/7
tarix23.12.2023
ölçüsü152,81 Kb.
#154895
  1   2   3   4   5   6   7
Moylar va maxsus suyuqliklar texnologiyasi-hozir.org


Moylar va maxsus suyuqliklar texnologiyasi


O’BEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAHSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
«Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi» rafedrasi
MOYLAR VA MAXSUS SUYUQLIKLAR TEXNOLOGIYASI

fanidan kurs ishi
Mavzu: Dezil fraksiyasini gidrotozalash qurulmasi.



BAJARDI:


21-16 guruhi tolibi Qurbonqulov. E



Rahbar: Rajabov R.N

Toshkent – 2020 y.

MUNDARIJA:

1. KIRISH

2. TEXNIK QISM (adabiy sharh):

3. TEXNOLOGIK QISM

4. HISOBLASH QISMI (moddiy balans)
5. XULOSA


6. ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH

Neftni qayta ishlash sanoati sohasida Oltiariq, Fargona va Buxoro neftni qaytaishlash zavodlari ishlab turibdi. Fargona zavodi surkov moylari va yonilgi ishlabchiqarishga ixtisoslashgan, ishlab chiqarish boyicha 30 dan ortiq texnologik


qurilmaga ega. Oltiariq neft zavodi esa yonilgi yunalishida, uning asosiy texnologik uskunalari 7 ta. Buxoro neft zavodi yaqinda, ya’ni 1997 yil 22 avgust kuni ishga tushirildi. Neft zavodi tola quvatda ishlaganda ulardan yuqori oktanli benzin, dizel yoqilgisi, koks, parafin, motor moylariga qushilmalar, ichki yonuv dvigatellari uchun motor va surkov moylari (kompressor, turbina, urchuq moylari), kerosin, bitum, mazut kabi neft mahsulotlar olindi.
Gaz sanoati – yoqilgi –energetika majmuasining eng rivojlangan tarmogi.
Uning respublikada qazib olinayotgan yoqilg’i balansidagi hissasi 82,2 % ni tashkil etadi. 1972- yilda Muborak gazni qayta ishlash zavodining birinchi navbatda ishga tushirilib, gazni magistral gazoprovodlarga uzatishdan oldin aralashmalardan tozalash imkoniyatilari yaratildi. Yaqinda Shortanda gaz-kimyo zavodi birinchi mahsulotlarini bera boshladi. Fargona neftni, Muborak gazni qayta ishlash zavodlari va Shortan gaz kompleksida, yiliga 100 ming tonnaga yaqin suyultirilgan gaz ishlab chiqariladi. O`zbekiston Respublikasi mustaqil rivojlanish yo`li bilan dadil ketayapti. Bugun mamlakatimizda makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishildi, tarkibiy o`zgarishlar dasturi amalga oshirilmoqda, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish bilan birga tubdan qayta qurilmoqda, yangi sohalar yuzaga keltirilayapti. Iqtisodiyotni keyingi barqaror va dinamik o`sishi uchun kerakli poydevor va sharoitlar yaratilmoqda.


Prezidentimiz tashabbusi bilan iqtisodiyotni erkinlashtirish, uning barcha sohalarini, jumladan, neft-gaz tarmog’ini yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan qulay sarmoyaviy muhit yaratishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Sohada yangi inshootlarni barpo etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ichki bozorda mahalliy mahsulotlar ulushini ko`paytirish, mahalliylashtirishni kengaytirish, korxonalarni rivojlanishi uchun qulay sharoit, imkoniyat va imtiyozlar yaratilmoqda. Bu o`lkaga tabiat mo`l-ko`l in`omlar berilgan. Amudaryo va Sirdaryo oralig’iga joylashgan O`zbekiston o`z tabiiy – iqlimiy sharoitlari bo`yicha Markaziy Osiyoning eng qulay regionlaridan biridir. O`zbekiston o`ta boy mineral- xom ashyo resurslariga, ham ega. Uning sahnida Mendeleev jadvalidagi hamma kimyoviy elementlar mavjud. Hozirgi vaqtda dunyoda neft’, tabiiy gaz, ko`mir va uran asosiy energiya manbalari hisoblanadi. Tinimsiz qazib olish hisobiga esa ularning zaxirasi yildanyil kamayib bormoqda. Olim va mutaxassislar shu tarzda ishlatilgan taqdirda, dunyodagi neft’ zaxiralari 45-50 yilga, tabiiy gaz zaxiralari 70-75 yilga, tosh ko`mir zaxiralari 165-170 yilga, qo`ng’ir ko`mir zaxiralari 450-500 yilga etishini ta`kidlashmoqda. Shunisi aniqki, bu konlar tugagach, ularni qayta tiklab bo`lmaydi. O`zbekiston qimmatli mineral-xom ashyo resurslariga juda boy bo`lib, uning sarhadlarida Mendeleev davriy jadvalidagi barcha kimyoviy elementlar mavjud. Vatanimiz hozirgi kunda oltin zahiralari bo`yicha jahonda 4 o`rinni, uni qazib olish bo`yicha – ettinchi, paxta tolasi ishlab chiqarish bo`yicha – birinchi, eksporti bo`yicha – ikkinchi o`rinlarni, uran zaxirasi bo`yicha ettinchi va mis zahirasi bo`yicha o`ninchi o`rinlarni egallaydi. O`zbekiston rangli va nodir – er metallari, neft, gaz, qurilish materiallari, fosforitlar, turli tuzlar, kvarts va boshqa foydali qazilmalarni katta zahiralariga ega bo`lib, hozirda ularni qayta ishlashda ko`plab ishlar amalga oshirilmoqda. Neft va gaz sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotining etakchi tarmoqlaridandir. O`zbekiston dunyo mamlakatlari orasida tabiiy gaz qazib olish bo`yicha etakchi o`rinlardan birida turadi. Keyingi yillarda O`zbekiston neft va gaz sanoatida tub o`zgarishlar amalga oshirildi. Mamlakatimiz gaz, polietilen va qayta ishlangan neft mahsulotlarining yirik eksportchisiga aylandi. Neft-gaz sanoati sohasida 2013 yilning o`zida 2,8 milliard AQSH dollaridan ziyod investitsiya o`zlashtirildi. Bu rejalashtirilgan ko`rsatkichlardan 11 foizga ko`pdir. Jahon miqyosidagi loyihalar ishlab chiqilib, hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etilmoqda. Masalan, jahon neft-gaz sohasidagi eng yirik loyihalardan biri Surg’il koni negizida bunyod etilayotgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasidir. Janubiy koreyalik hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan ushbu loyihaning umumiy qiymati 3,9 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Uning amalga oshirilishi yiliga 4,5 milliard kub metr tabiiy gazni qayta ishlash hisobidan 3,7 milliard kub metr gaz, 387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen, 102 ming tonna piroliz benzini va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi.
Ozbekiston Mustaqillikka erishgach, mamlakatning neft va gaz mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini uz resurslari hisobga qondirish dolzarb masala bo’lib qoldi. O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, neft­-gaz sanoati sohasida ham qator o’zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 iyundagi «Neft­-gaz sohasining boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» gi qarori bilan “O’zbekneftgaz” aktsiyadorlik jamiyati faoliyati takomillashtirildi. Keyingi ikki yilda sohada amalga oshirilgan islohotlar natijasida gaz qazib chiqarish hajmi 10 foizga ortdi, aholiga tabiiy gaz 15 foiz va suyultirilgan gaz 1,6 barobar koʻp yetkazib berildi. Shu davrda neftni qayta ishlash zavodlarida qoʻshimcha 204 ming tonna neft mahsulotlari ishlab chiqarilib, ichki bozorda benzin, dizel yoqilgʻisiga boʻlgan talab qondirib kelinmoqda. Shoʻrtan va Ustyurt gaz-kimyo majmualarida joriy yilning oʻzida gazga nisbatan qoʻshilgan qiymati 4 barobar koʻp boʻlgan qariyb 700 million dollarlik polietilen va polipropilen ishlab chiqariladi. Neft-gaz sohasini yanada rivojlantirish maqsadida 2030-yilgacha geologiya-qidiruv ishlari olib borish, uglevodorodlarni qazib chiqarish va chuqur qayta ishlash boʻyicha umumiy qiymati 36,5 milliard dollarlik 30 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish belgilangan. Uglevodorodlar zaxirasini koʻpaytirish boʻyicha aniq choralar koʻrilmasa, yaqin 10-15 yilda mavjud zaxira 2 barobarga kamayadi.
Shu bois, yigʻilishda “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati rahbariyatiga geologiya-qidiruv ishlari va qazib olish hajmini oshirish, konlarni modernizatsiya qilish va yangilarini ochish, neft-gaz xomashyosini chuqur qayta ishlash, investitsiyalarni koʻpaytirish boʻyicha topshiriqlar berildi. Jahon tajribasi asosida bu ishlarga investorlarni kengroq jalb etish, davlat va investorlar manfaatini himoya qilishni taʼminlaydigan yangi mexanizmlar ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi. Shuningdek, 2017-2021 yillarda uglevodorod xomashyosini qazib olish dasturining ikkinchi bosqichini amalga oshirish va uni moliyalashtirish boʻyicha joriy yil yakuniga qadar takliflar kiritish topshirildi. Magistral gaz quvurlari va gaz taqsimot tizimining asosiy qismi taʼmirtalab holga kelgan. Kelajakda isteʼmolchilarni kafolatlangan tabiiy gaz bilan taʼminlash maqsadida magistral gaz transport tizimini modernizatsiya qilish hamda gaz oqimini boshqarish (SCADA) tizimini joriy etish boʻyicha 1,6 milliard dollarlik loyiha amalga oshiriladi.
Uglevodorod xomashyosini qazib olishni ko’paytirishning 2021 yilgacha bo’lgan dasturi va uni amalga oshirish mexanizmlari tasdiqlandi.
Mamlakatimizda yer osti boyliklari ko’p. Ularni o’zlashtirish va qayta ishlash bo’yicha yangi tizim yaratildi.
Geologiya-qidiruv ishlari davlat dasturiga muvofiq, yangi konlar ochish orqali 2020 yilda tabiiy gaz zaxirasini 57 milliard kub metrga, neft­ va kondensat zaxirasini 3,6 million tonnaga ko’paytirish rejalashtirilgan. Joriy yilda 63 milliard kub metr tabiiy gaz, 3 million tonna neft­ va kondensat qazib olishni ta’minlash uchun 255 ta yangi quduq va 26 ta yangi texnologik ob’ektni qurish ishlarini yakunlandi.
“O’zbekneftgaz” AJ tomonidan 2 milliard 756 million dollarlik 24 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu mablag’lar Jizzax neftni qayta ishlash zavodini bunyod etish va zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash, Qandim gazni qayta ishlash kompleksining 2-navbati va Qandim konlar guruhini jihozlash, Sho’rtan gaz-kimyo majmuasida sintetik suyuq yoqilg’i ishlab chiqarish, Surxondaryodagi “Mustaqillikning 25 yilligi” konida qidiruv ishlarini olib borish va texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish kabi loyihalarga yo’naltiriladi. Mazkur 24 yirik loyihaning 9 tasi bu yil amalga oshirildi.
Sohaning logistika yo’nalishlarini diversifikatsiya qilish, xomashyo importi va mahsulot eksporti narxlarining arzonroq bo’lishini kafolatlaydigan transport yo’laklari va tariflarini aniqlash, energiya iste’molini tejash va muqobil energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratilmoqda.
Xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda yuqori va o’rta bosimli gaz taqsimot tizimini rivojlantirish, shuningdek, iste’molchilarning energiya resurslaridan samarali foydalanish madaniyatini oshirish yuzasidan kupgina tadbirlar amalga oshirilmoqda. Neft­-gaz sohasini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini ishlab chiqildi, “O’zbekneftgaz” aktsiyadorlik jamiyatining kredit reytingini aniqlash ishlarini jadallashtirish bo’yicha ham vazifalar amalga oshirilmoqda.


Yüklə 152,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə