Moylar va maxsus suyuqliklar texnologiyasi


Merkaptanlar vodorod sul’fid va tegishli uglevodorodlargacha



Yüklə 152,81 Kb.
səhifə5/7
tarix23.12.2023
ölçüsü152,81 Kb.
#154895
1   2   3   4   5   6   7
Moylar va maxsus suyuqliklar texnologiyasi-hozir.org

Merkaptanlar vodorod sul’fid va tegishli uglevodorodlargacha

gidrogenlanadi. H - RH + S2H
sul’fidlar merkaptanlar hosil bo’lish orpqali vodorod sul’fidgacha va tegishli to’yingan uglevodorodgacha gidrogenlanadi:Disul’fidlar ham vodorodsul’fid va to’yingan uglevodorodlargacha gidrogenlanadi: Gidro tozalash jorayonida qo’llaniladigan alyumokobalt molibdenli katalizator yuqori tanlash qobiliyatiga ega. Uning ishtirokida S-S bog’larning uzilishi yoki aromatik halqalarning to’yinish reaksiyalari deyarli sodir bo’lmaydi. S-S bog’larning uzilish reaksiyalarida katalizator yuqori faolligi va yaxshi termik barqarorligi bilan harakterlanadi.
Bu katalizatorning muhim afzalligi uning potensial katalitik zaharlarga barqarorligidir. Bundan tashqari katalizator to’yinmagan birikmalarni to’yintirish, uglerod-azot, uglerod-kislorod bog’larning o’zilish reaksiyalarida ma'qul faollik bilan farq qiladi va amaliyotda barcha neft fraksiyalarini gidrotozalash uchun qo’llaniladi.Alyumonikel molibdenli katalizatorning to’yinmagan birik-malarni to’yintirish reaksiyalarida faolligi kamroq, ammo aromatik uglevodorodlarni to’yintirish jihatidan va azotli birikmalarni gidrogenlash jihatidan. SHu bilan birga u o’zining dastlabki yuqori faolligini tezroq yo’qotadi . Ochiq neft mahsulotlari gidrotozalashining hozirgi zamon katalizatorlari faolligini yo’qotmasdan 3-6 yilgacha ishlaydi.
Ishlagani sari katalizatorda koks ,katalizator massasidan 17-20 % va oltingugurt , katalizator massasidan 0,5-1,5 % to’planadi. Katalizatorning faolligi pasayadi. Bug’ yoki gaz havoli aralashma bilan koks va oltingugurtni kuydirib faollikni tiklash mumkin. Odatda gidrotozalash katalizatorlari uchtadan kam bo’lmagan regenerasiyaga bardosh beradi.Katalizatorning faolligi faol komponent yo’qolganda pasayishi mumkin. Bu harorat 6000C gacha ko’tarilganda va molibden uch oksidining bug’lanishi sodir bo’lganda regeneresiya paytida sodir bo’lishi mumkin. Harorat 760 0C dan yuqori bo’lganda faol alyuminiy oksidi faol bo’lmagan nikel alyuminatiga aylanadi, katalizatorning qizib biriktirilishi sodir bo’lib buning natijasida uning faol yuzasi kamayadi.
Gidrotozalashning eng yaxshi katalizatorlarini “Haldor Topsoe”, “Criterion”, “Chevron” va boshqa shunga o’xshash katalizatorli kompaniyalar ishlab chiqaradilar. Rossiyada uchta katalizatorli kompaniyalar TNK-VR- Ryazanda va OAO NK “Rosneft’” Angarsk va Novokuybishevskda) chet el katalizatorlari bilan raqobat qila oladilar gidrotozalash katalizatorlarini ishlab chiqaradilar.Gidrotozalash jarayoniga ta'sir etuvchi asosiy omillar. Ularga quyidagilar kiradi: katalizatorlarning ta'siri (ilgari ko’rib chiqilgan edi), xom ashyoning xossalari, harorat, bosim, VGS ning aylanib turish karraligi va issiqlik effekti yuqori.
Xom ashyo. Gidrotozalash qurilmasiga kelib tushayotgan xom ashyoda namlikning miqdori 0,02-0,03 % dan oshmasligi kerak. Namlik miqdorining ko’pligi katalizatorning mustahkamligiga ta'sir qiladi, korroziyaning jadallashuvini kuchaytiradi, barqarorlashtirivchi ustunning normal rejimini buzadi. Xom ashyoda mexanik qo’shimchalar bo’lmasligi kerak, chunki ular reaktorga tushib katalizatorda to’planadi va natijada uning ishlash samaradorligi pasayadi. Xom ashyoni havo kislorodi bilan muloqoti hisobiga uning tarkibidagi to’yinmagan va kislorodli birikmalarning.
Ko’p kondensasiyalanishini oldini olish maqsadida gidrotozalash qurilmalarining xom ashyo bilan ta'minlashni to’g’ri oziqlantirishni sxemasi bo’yicha tashkillashtirishni yoki uni oraliq xom ashyo parklarida rezervuarlarda inert gazli “yostiq” ostida saqlash kerak. Xom ashyoni havo kislorodi bilan muloqoti reaktor blokining sistemasida issiqlik almashtirgich, kompressor va reaktorlarda qatlamlar hosil bo’lishiga olib keladi. Harorat gidrotozalash reaksiyasi uchun optimal bo’lib 260-420 0C dagi harorat intervali hisoblanadi. 260 0C dan past haroratda oltigugurtsizlantirish reaksiyasi sekin boradi, 420 0C dan yuqori haroratda krekinglash va kokslanish reaksiyalari kuchayadi. Katalizatorning ishlash qobiliyati susayishining oxirida qurilma ishlab turganda yuqoriroq haroratni saqlab turadilar, chunki haroratning ko’tarilishi katalizator faollining pasayishini qoplaydi.

Bosim sistemada umumiy bosim 2,5 dan 6 MPa gacha bo’lgan bosim optimal bo’lib hisoblanadi, bunda vodorodning parsial bosimi 1,5-3,7 MPa gacha tashkil qiladi. Tozalanayotgan mahsulot qancha og’ir bo’lsa, undagi to’yinmagan uglevodorodlar qancha ko’p bo’lsa, reaktorga kirishdagi vodorod saqlagan gazdagi vodorodning parsial bosimi shuncha yuqori bo’lishi kerak. Vodorodning parsial bosimi oshishi bilan tozalash darajasi yaxshilanadi, koks hosil bo’lishi kamayadi, katalizatorning xizmat qilish muddati oshadi vodorodning sarfi. Gidrotozalashda vodorod gidrogenlash, eritish va puflashga sarflanadi. Gidrogenlashga vodorodning sarfi yuqori darajada xom ashyoga to’yinmaganlar hamda smolalarning miqdoriga bog’liq bo’ladi va to’g’ri haydalgan benzinga 0,1 % dan, kokslash benzini yoki vakuumli gazoylga 1,3 % gacha o’zgaradi. Suyuq mahsulotlarda eritishdagi vodorodni yo’qotishlar tozalanadigan mahsulot moleqo’lyar massasasining va sistemadagi umumiy bosimning ko’tarilishi bilan oshadi.


Gidrotozalash jarayonida toza vodorodni emas balki vodorodning hajmiy miqdori 50-95 % ni, qolgan qismi metan, etan, propan va butan tashkil qilgan gazni qo’llaydilar. Gidrotozalash reaksiyalarning natijasida vodorod yutiladi, uglevodorodni gazlar, vodorodsulfid va suv hosil bo’ladi. SHuning uchun vodorodning vodorod saqlagan gazdagi miqdori reaktorga kirishda chiqishdagiga qaraganda yuqori.

Yüklə 152,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə