Moylar va maxsus suyuqliklar texnologiyasi


NEFTDAN OLINADIGAN MOYLAR



Yüklə 152,81 Kb.
səhifə2/7
tarix23.12.2023
ölçüsü152,81 Kb.
#154895
1   2   3   4   5   6   7
Moylar va maxsus suyuqliklar texnologiyasi-hozir.org

NEFTDAN OLINADIGAN MOYLAR

Distillyat moy fraksiyalaridan qayta ishlab olingan surkov inoylari distillyat moylar deyiladi, gudrondan olinganlari-qoldiq nioylai deyiladi. Boshlang'ich moy fraksiyalaridan moy komponcntlarini olish murakkab ko'p bosqichlijarayondir. Har bir vazifasi moylarni ekspluatatsiya xususiyatini pasaytiradigan gruppalar birikmasidan tozalashdir. Neft fraksiyalaridan hamma kislotali xossaga ega bo'lgan birikmalarni, to’yinmagan uglcvodorodlarni, qisman oltingugurtli va smolali birikmalarni,qisqa yon zanjirli polisiklik aromatik uglevodorodlami, qattiq parafinlarni chiqarib tashlash kerak. Boshlang’ich moy fraksiyalaridan moy komponentlarini olish asosida yuqorida ko'rsatilgan zararli komponentlarni tozalash yotadi. Bu usullar fizik (erituvchilar bilan ekstraksiyalash), eritmadan past haroratda cho’ktirish, frzik-kimyoviy-adsorbsiya, kimyoviy usul Na2SO4 bilan tozalash va gidrotozalashdir.


Qoldiq moylarini ishlab chiqarish distillyat moylarni ishlab chiqarishga nisbatan murakkabdir, chunki gudronda asfalten-smolali birikmalar juda ko'p. Mazutni vakuum ostida haydalgandan keyingi qolgan qoldiqni-gudronni deasfaltizatsiya qilinib undagi bo'lgan smolali-asfaltenlarni chiqarib olinadi.
Deasfaltizat saylab tozalovchi eritmalar-fenol yoki furfurol bilan tozalanadi. Bundan maqsad-qolgan smola-asfaltenlarni va yonbosh zanjiri qisqa bo'lgan politsiklik aromatik uglevodorodlarni ajratib olish.
Selektiv (saylab) tozalangan rafinatdan erituvchilar atseton, dixlor etan yordamida qattiq parafinlarni cho’ktiriladi. Deparafinlangan mahsulotni adsorbsiya yoki gidrotozalash yordamida me'yoriga yetkaziladi. Distillyat moy fraksiyalari, odatda, deasfaltizatsiya qilinmaydi.
Distillyat va qoldiq moylarni umumiy texnologik sxemasishu bilan farq qiladi. Moy fraksiyalari tozalangandan so'ng moylarning rangi o'zgaradi, ular ancha rangsizlanadi. Smolali va polisiklik aromatik uglcvodorodlardan tozalash natijasida moylarni kokslanishi va yopishqoqlik indeksi ortadi. Smola va to'yinmagan uglevodoiodlardan tozalash moyni termo barqarorligini oshiradi. Kislota xususiyatiga ega bo'lgan uglevodorodlardan tozalash esa korroziya aktivligini pasaytiradi va qattiq uglevodorodlardan tozalash qotish haroratini pasaytiradi.
Moylarni tovar holatiga keltirib tayyorlash komponentlarni aralashtirish qurilmasida olib boriladi. Yengil, o’rta va og'ir distillyatlar va qoldiq komponentlar bo'lsa moylarni xohlagan navini tayyorlash mumkin.
Moylarni tozalash jarayonida saylovchi erituvchilaridan foydalanish. Saylovchi yoki selektiv erituvchilar suyuq modda bo'lib ma'lum haroratda aralashmadan faqat ma'lum komponentlarni (boshqalarini eritmasdan va ularda o'zi erimasdan) ajratib beradi. Ba'zan erituvchilar uglevodorodlarni yaxshi eritadilar va keraksiz komponent cho'kmaga tushadi, yengil ajratib olinadi. Deasfaltlash va deparfinlash ana shunga asoslangan.
Boshqa jarayonlarda, buni teskarisi bo'lib, erituvchilar keraksiz komponentlarni eritadi va qimmatbaho komponentlarni deyarli eritmaydi. Bu jarayonlarda fenol vafur furol selektiv tozalashda ishlatiladi. Tozalangan mahsulot va keraksiz komponentlar har bir jarayonda o’z nomiga ega.

Masalan: Deasfaltlashda tozalangan moy fraksiyasi deasfaltizat deyiladi, Smola asfaltenlarni konsentrasiyasi asfalt deyiladi. Deparafinlashda olingan moy rafinat, qattiq uglevodorodlarni konsentrati – gach yoki petrolatum deyiladi. Fenol va furfurol bilan tozalanganda moy rafinat va smolali, asfaltenli politsiklik aromatik uglevodorod konsentrati ekstrakt deyiladi.

Yüklə 152,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə