Moylar va maxsus suyuqliklar texnologiyasi


Ichki (oraliq) rafinatlarni quyidagi texnologik usullar bilan ajratib olinadi



Yüklə 152,81 Kb.
səhifə4/7
tarix23.12.2023
ölçüsü152,81 Kb.
#154895
1   2   3   4   5   6   7
Moylar va maxsus suyuqliklar texnologiyasi-hozir.org

Ichki (oraliq) rafinatlarni quyidagi texnologik usullar bilan ajratib olinadi.
1. Ekstrakt eritmasining haroratini pasaytirish bilan.
2. Ekstrakt eritmaga suv qo'shish bilan.
3. Ekstrakt eritmaga yana ekstrakt qo’shish bilan.
4. Yuqori haroratda erituvchini yangi miqdori bilanyuvish.
Buning natijasida birinchi uch usulni qo'llaganda erituvchini selektivligi ortadi va ekstrakt eritmadan oraliq rafinatni ajratib olinadi. To'rtinchi usulda esa moy gach va petrolatumdan ajratib olinadi. Qoldiq moylarni gudron va yarim gudronlardan ishlab ihlqarlladi. Bu fraksiyalarda ayniqsa smolali neftlardan olingan Iki'Isii, 50 % gacha smola va asfalten bo'ladi. Smola asfaltenli biilkmalaming murakkabligi selektiv erituvchhii qo‘llashga yo‘l iKMinaydi. Shuning uchun moyni qimmatbaho uglevodorodlari ti« hun erituvchi tanlanadi. Smola-asfaltenli birikmalar erituvchida ili’Varli erimasdan cho‘kmada qoladi. Erituvchi sifatida suyuq holida ishlatiladi.
Texnik adabiyotda “gidrogenizasion” atamasi turli jarayonlar uchun qo’llaniladi. Bu gidrotozalash, gidroboyitish, gidrooltingugurtsiz-lantirish, gidrodeparafinlash, gidroizomerlash, gidrodearomatlash, gidrogenlash, gidrokre- king, gidrokonversiya, gidrodemetallash, va boshqalar. Haqiqatda bu jarayonlarning barchasini ikki guruhga: gidrotozalash va gidrokrekingga bo’lish mumkin. Hammasi tushunarli bo’lganday: gidrotozalash bu gidrogenizasion jarayon bo’lib neft fraksiyalarini yoki qoldiqlarini zararli qo’shimchalar bo’lgan oltingugurt, azot, kislorod, to’yinmagan va Ko’phalqali aromatik uglevodorodlar, og’ir metallardan tozalashga ko’maklashadi, gidrokreking esa nafaqat neft fraksiyalarini zararli qo’shimchalardan tozalashga, balki uglevodorodlarning parchalanishi, destruksiyasiga ko’maklashadigan gidrogenizasion jarayondir. Ammo gidrotozalashda ham uglevodorodlarning destruksiyasi sodir bo’ladi, ammo katta bo’lmagan miqdorda. SHuning kelishganlaricha, agar dastlabki xom ashyoning destruksiya (konversiya) si 10 % (mas.) dan kam bo’lsa, bunday gidrogenizasion jarayon gidrotozalash deb ataladi. Agar konversiya 10-50 % (mas.) tashkil qilsa unda bunday jarayon yengil gidrokreking deb, agar 50 % (mas.) dan ko’p bo’lsa- chuqur gidrokreking deb ataladi (pastdagi sxemaga qarang).
Gidrotozalash jarayonlarini o’z navbatida distillyatlarni, neft qoldiqlarini gidrotozalashga va ikkilamchi kelib chiqishli distillyatlarni gidrogenlashga bo’ladilar .Neft qoldiqlarini gidrotozalash distillyatlarning gidrotoza-lashidan shu bilan farq qiladikim oltingugurt, azot, kisloroddan gidrotozalash bilan bir qatorda xom ashyoning demetallanish jarayoni boradi, ya'ni xom ashyoni undagi bo’lgan nikel, vanadiy va boshqa shunga o’xshagan og’ir metallardan tozalash. Ikkilamchi kelib chiqishi distillyatlarga bosim ostida termik kreking, kokslash, piroliz, katalitik kreking jarayonlarining benzinli, kerosin- li, dizelli va vakuumli fraksiyalari kiradi, ya'ni ko’p miqdorda to’yinmagan va aromatic uglevodorodlarni oladigan jarayonlar hisoblanadi.

TEXNOLOGIK QISM



Neft xom ashyosi deganda barcha distillyatli neft fraksiyalari va qoldiqlarini ko’zda tutadilar.Neft xom ashyosining oltingugurt, azot-kislorod saqlagan birikmalar, olefin va metallardan tozalash zarurligi neftni qayta ishlashda turli tozalash jarayonlarini yaratishni belgiladi. Vodorod va katalizator ishtirokida yuqori harorat va bosimda boradigan jarayonlar eng samarali bo’lib hisoblanadi. Hozirgi vaqtda faqat shu jarayonlar tovar mahsulotlarda geteroatomli birikmalar va to’yinmagan uglevodorodlar miqdori bo’yicha hozirgi talablarga to’g’ri keladigan neft mahsulotlarini olishga imkon beradi.
Neft xom ashyosini gidrotozalash jarayonining ximizmini ko’rib chiqamiz, bunda tozalashda metallar og’ir qoldiqlarda asosan koks va katalizatorlarda to’planib ularni zaharlanishiga e'tibor berish kerak. Gidrotozalash jarayonlarining ximizmi C-S, C-N, C-O va C-Me, S- oltingugurt, N-azot, O-kislorod, Me-metall, S-uglerod, bog’larning destruksiyalanishiga olib keladi va S-S bog’larga deyarli tegmaydi. Neftdagi oltingugurtli uglevodorodli birikmalar orasida merkaptanlar esa oson gidrogenlanadi, so’ngra sul’fid, disul’fid, tiofen, tiofan va nihoyat benz lar gidrogenlanadi.Geteroatomli birikmalar uglevodorodlarga qaraganda gidrogenolizga tezroq uchraydi, shuning uchun genroatomlar xom ashyodan vodorod sul’fid, ammiak va suv holida chiqarib yuboriladi. Oltingugurt eng oson ajralib chiqadi so’ngra kislorod turadi, azot eng barqaror metallar uglevodorodlardan chiqarilganda ular katalizatorni qoplab uning faolligini pasaytiradilar yoki jarayonning og’ir mahsulotlarida to’planadi.


Yüklə 152,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə