Leonardo Di Kaprioning "Titanik" filmida kiygan kostyumi sizga 150. 000 yevroga (boshlang’ich narx) tushadi



Yüklə 1,24 Mb.
tarix24.12.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#158919
narx siyosati


NARX
SIYOSATI
Leonardo Di Kaprioning "Titanik" filmida kiygan kostyumi sizga 150.000 yevroga (boshlang’ich narx) tushadi.
1 yevro = 13 005
2011-yilda katta ekranlarga chiqqan Marvelning “Birinchi qasoskor” filmini suratga olishda foydalanilgan Kapitan Amerikaning qalqoni ham bor. Boshlang'ich narxi 50-100 ming yevro bo’lishi kutilmoqda.
AUKSIONLAR
Daxshatlar qiroli Stivine Kingning “The Shining” asari asosida su’ratga olingan shu nomli filmning orginal ssenarisini ham topish mumkin. Sizdan bor yo'g'i 30-60 ming yevro talab qilinadi xolos.
Star Wars franshizasi muxlislari C-3POning boshini xarid qilishlari mumkin. Boshlang’ich narx 500.000-1.000.000 funt sterling atrofida.
1 funt sterling = 14 915
MANTIQ
Bu tajribani De Bono «Think! Before it’s too late»da keltiradi.
Avstraliyada 5 yoshli bolaga o‘rtoqlari ikkita tanga taklif qilishadi. Biri katta 1$ lik ikkinchisi kichkina $2 lik. Bola katta tangani tanlaydi. Keyinchalik o‘rtoqlari doim shu tajribani qo‘llab uning ustidan kulib yurishadi.
Kuzatuvchilar keyichalik bolaga $2 lik tanga hajmi kichkina bo‘lgani bilan qiymati baland ekanligini tushuntirishadi. Bola esa buni bilishini, lekin $2 lik tangani tanlasa o‘rtoqlari unga boshqa bu tajribani taklif qilmasliklari mumkinligini aytadi. Bir muncha pul jamg‘arib qo‘ygan bo‘ladi.
Canva.com
2007-yilda Melani Perkins Gʻarbiy Avstraliya Universitetining grafik dizayn fakultetiga o‘qishga kiradi. Talaba qizga pul yetishmas va u kun ko‘rish uchun grafik dizayn bo‘yicha repetitorlik qilardi. Bu repetitorlik faoliyati unda kelajakda milliarderga aylanish uchun imkon yaratdi. U o‘quvchilari bilan ishlagan sari Photoshop kabi grafik dizayn bo‘yicha o‘nlab programmalar oddiy foydalanuvchilar va marketologlar uchun juda murakkab ekanligini tushunib yetdi. Shuningdek bu programmalar ishlashi uchun kuchli kompyuter ham kerak edi.
Shunda Melanida veb dizaynerlar uchun ishlatilishi oddiy bo‘lgan, onlayn ishlaydigan xizmat yaratish fikri paydo bo‘ldi. U o‘zi bilan bir Universitetda o‘qiydigan Kliff Obrext bilan g‘oyani amalga oshirishga kirishdi. Lekin, loyihaga investor topish qiyin bo‘ldi. Melani qo‘l siltamasdan yillar davomida harakat qildi va o‘z resurslaridan loyihani yaxshilashda davom etdi. Loyihaning ilk ko‘rinishi paydo bo‘lganda ilk marotaba 10000 dollarlik investisiya jalb qilishga erishishdi.
2013-yilda bor standart namunalar bilan oddiy posterlar yaratish imkoniyatini beradigan Canva xizmati ishga tushdi. Canva.com saytida asosiy funksiyalar bepul bo‘lib, ba’zi bir murakkab narsalar uchun oylik abonent to‘lovi joriy qilindi. Birinchi yildayoq loyihadan bepul foydalanuvchilar soni 600 mingtaga yetdi.
Endi investorlar loyihaga ishonib boshlashdi va asta-sekinlik bilan 250 ming dollardan boshlab 250 million dollargacha investisiya qilgan fondlar bo‘ldi.
2021-yilga kelib kompaniyaning umumiy bahosi 15 milliard dollarga yetdi. Kompaniyaga qilingan umumiy investisiyalar 370 million dollardan iborat. Bugungi kunda xizmatdan Fortune 500 ro‘yxatiga kirgan dunyoning eng yirik kompaniyalarining 85 foizi foydalanadi.
"Velosiped - bu sayyoraning sekin o'limi."
"Bir bankir iqtisodchilarni quydagi gaplari bilan o'ylashga majbur qilgan ekan:
- Velosipedchi mamlakat iqtisodiyoti uchun falokat:
u mashina sotib olmaydi va sotib olish uchun qarz olmaydi. U sug'urta polislarini to'lamaydi. Yoqilg'i sotib olmaydi, mashinaga xizmat ko'rsatish uchun pul to'lamaydi va hech qanday ta'mirlash ham kerak emas. U pullik avtoturargohlardan foydalanmaydi. Kattaroq avtohalokatga ham uchramaydi. U uchun ko'p liniyali avtomobil yo'llari kerak emas.
U semirib ketmaydi.
Sog'lom odamlar iqtisodiyot uchun hech qanday foyda keltirmaydi. Ular dori sotib olishmaydi. Ular kasalxonaga yoki shifokorlarga borishmaydi.
Ular mamlakat yalpi ichki mahsulotiga hech qanday hissa qo'shmaydi.
"Aksincha, McDonald turgan bitgani "foyda". Har bir yangi McDonald's do'konida kamida 30 ta ish o'rni yaratilishidan tashqari, yana 10 kardiolog, 10 stomatolog, 10 dietologga ham ish o'rini yaratiladi."
Aql bilan tanlang: velosipedmi yoki McDonald'smi? Bu haqida o'ylash kerak." ~ Emerik Sillo
Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə