3 Moyli urug‘larni saqlash



Yüklə 292,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/14
tarix22.09.2023
ölçüsü292,41 Kb.
#122812
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
3 Moyli urug‘larni saqlash



III-mavzu: URUG’LARNI SAQLASH JARAYONIDA RO’Y 
BERADIGAN JARAYONLAR 
Reja: 
1.Saqlanadigan moyli urug’larning tavsifi 
2.Urug’ va uning tarkibidagi moyning sifatli saqlanishiga ta‘sir etuvchi 
faktorlar. 
2 Moyli xom ashyoni saqlashda ro’y beradigan jarayonlar. 
2.1.Namlikning ta‘siri. 
2.2.Nafas olish jarayoni. 
2.3.Mikroorganizmlar ta‘siri. 
2.4.Haroratning ta‘siri. 
2.5.Atmosfera ta‘siri. 
3.O’z-o’zidan qizish jarayoni. 
4.Urug’larning yetilishi. 
Adabiyotlar:
1,2,3,4,5
 
Tayanch so’z va iboralar: 
fermentlar, mikroorganizmlar, tinim davri; aerob 
va anaerob nafas olish, kritik namlik.
1.Saqlanadigan moyli urug’larning tavsifi 
Yog’-moy sanoati korxonalarida xom ashyo sifatida ishlatiladigan moyli xom 
ashyolar mavsumiy bo’lib, ular dalalarda yig’ishtirilgandan so’ng, 2-3 oy ichida 
korxonada keltiriladi. Korxonada bir yilda ishlatiladigan xom ashyoning 30-90 
foizini 2-3 oy ichida qabul qilinadi. Bu xom ashyoni korxona yil davomida qayta 
ishlaydi. Moyli urug’ tirik organizm bo’lganligi sababli yig’ishtirilib olingandan 
so’ng ham uning tarkibidagi zaxira moddalar hisobidan nafas olish, yetilish va
boshqa tabiiy jarayonlar sodir bo’ladi. 
Moyni qayta ishlovchi va moyli xom ashyolar tayyorlovchi korxonalarga 
-sifati turli-tuman bo’lgan urug’lar; 
-daladan toza yig’ishtirilgan iflos va nam, turli darajalarda sifati turli tuman 
bo’lgan urug’lar; 
-talab qilingan sifatdagi yig’ishtirilgandan keyin yetilishdan utgan, turli 
ifloslik va namlikdagi urug’lar; 
-standartga tug’ri kelmaydigan urug’lar; 
-kamchiligi bor urug’lar olib kelinadi. 
Yaxshi sifatli toza yig’ishtirilgan va yetishtirilgan urug’lar saqlanadigan va 
uzoq muddatda saqlashga chidamli bo’ladi. 
Kamchiligi bor, zararkunandalar bilan zararlangan va boshqa urug’lar yaxshi 
sifatli urug’lardan alohida saqlanadi va imkoniyat bo’lishi bilan birinchi navbatda 
qayta ishlanadi. 
Ko’p miqdordagi urug’ning kam xarajat qilib sifatini buzmasdan saqlashni 
tashkil etish uchun, urug’ning xususiyatlari va unga ta‘sir etadigan faktorlar 
tug’risidagi tushunchaga ega bo’lishi zarur. 
Urug’ massasi tarkibida turli o’lchamdagi moyli urug’, turli o’lchamdagi
mineral, 
organik 
va 
begona 
o’simliklar 
urug’i; 
mikrooganizmlar 
va 


zararkunandalar; urug’lar orasida havo bo’ladi. Bunday moddalarning urug’ 
tarkibida bo’lishi, bu urug’ni saqlashga tayyorlashda e‘tiborga olinishi talab etiladi. 

Yüklə 292,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə