Mavzu: Xavf guruhidagi bolalarni davlat ta’lim tarbiya, sog’lomlashtirish, muassasalariga joylashtirish masalalari



Yüklə 209,23 Kb.
səhifə8/15
tarix23.12.2023
ölçüsü209,23 Kb.
#155031
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Xavf guruhidagi bolalarni davlat ta’lim

Bolalar shaharchasi7
Bolalar shaharchasi ota-onasining qaramog‘isiz qolgan bolalarning yashashga va oilada tarbiyalashga bo‘lgan huquqlarini ro‘yobga chiqarish, shuningdek, ijtimoiy moslashish va jamiyatga integratsiyalash uchun ularni ma’naviy-axloqiy, mehnat tarbiyasi va ta’lim olishini har tomonlama ta’minlash maqsadida tashkil etiladigan to‘liq davlat ta’minotidagi ta’lim-tarbiya muassasasidir.
Bolalar shaharchasiga bola u yashab turgan (joylashgan) tuman (shahar) hokimining qarori hamda viloyat XTBning yo‘llanmasi bilan joylashtiriladi.
Bolalar shaharchasida bolalarning hayot tarzi kichik guruhlar shaklida oiladagiga yaqinlashtirilgan sharoitlarda tashkil etiladi. Mazkur muassasada kamida 12 ta oila tashkil etilib, uning har birida 6 dan 8 nafargacha bolalar tarbiyalanadi. Biroq bolalarning muassasadagi umumiy soni 140 dan oshmasligi lozim.
Bolalar shaharchalari ota-ona qaramog‘isiz qolgan va to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan bolalar uchun tarbiya muassasalarining yanada mukammallashgan turi sifatida, shu jumladan Mehribonlik uylarining Bolalar shaharchalariga bosqichma-bosqich aylantirishi hisobiga tashkil etiladi. Masalan, Guliston, Andijon, Xiva shahrilarida barpo etilgan Bolalar shaharchalari ham ilgarigi Mehribonlik uylarining yopilishi hisobiga faoliyatini olib bormoqda.
Mazkur muassasaga kam ta’minlangan va ko‘p bolali oila farzandlarini joylashtirish mumkin emas.

Oilaviy bolalar uyi
Oilaviy bolalar uyi ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar uchun to‘liq davlat ta’minotidagi tarbiya muassasasi hisoblanadi.
Oilaviy bolalar uyi nikohdagi er-xotinning arizasiga ko‘ra tuman (shahar) hokimining qarori asosida qonun bilan o‘rnatilgan tartibda tashkil etiladi. Mazkur shaxslardan biri keyinchalik shu muassasaning rahbari, boshqasi esa tarbiyachi ota yoki onasi hisoblanadilar.
Oilaviy bolalar uyi aholining umumiy yashash joylarida, mahallalardagi xonadon sharoitida barpo etiladi.
Bolalar oilaviy bolalar uyiga tuman (shahar) hokimining qarori hamda vasiylik va homiylik organining tegishli yo‘llanmasi asosida beriladi.
Mazkur muassasaga kami bilan 5 ta, ko‘pi bilan esa 10 nafar bola tarbiyalanish uchun beriladi. Biroq Oilaviy bolalar uyidagi bolalarning, shu jumladan, nikohdan o‘tgan er-xotinning qaramog‘idagi o‘zining va farzandlikka olgan bolalarining umumiy soni 12 nafardan oshmasligi kerak.
Mazkur muassasaga tibbiy xulosaga asosan sog‘lom0 yoshdan (tug‘ilgandan) 18 yoshgacha bo‘lgan bolalargina joylashtiriladi. Bolalarning 18 yoshga to‘lishi yoxud boshqa sabablar bo‘yicha Oilaviy bolalar uyidan ketishiga qarab, muassasaga yangi bolalar olinishi mumkin.
Muassasa tarbiyachi ota-onasi bilan qarindoshlik munosabatlari mavjud bo‘lgan bola Oilaviy bolalar uyiga berilishi mumkin emas.
Oilaviy bolalar uyiga berilgan bolani farzandlikka olish yoki uni o‘z ota-onalariga yoxud qarindoshlariga qaytarish hokimning qarori bilan amalga oshiriladi.
Oilaviy bolalar uyining tarbiyalovchi ota-onasi bolalarning mol-mulkini, jumladan, uy-joyini joylashgan joydagi vasiylik va homiylik organlari bilan birgalikda yilda 2 marotaba mol-mulkdan foydalanishi va saqlanishi ustidan nazorat qilinishini ta’minlaydilar.
Vasiylik va homiylik organi Oilaviy bolalar uyiga tarbiyalash uchun berilgan bolaning tinch-xotirjamligi, sog‘lig‘i (sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda) va kamol topishi, uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini xar oyda nazorat qiladilar.

Voyaga etmagan etim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim-tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish muassasasiga topshirilganda vasiylik va homiylik organi:


a) shaxsiy hujjatlar yig‘majildidagi hujjatlar ro‘yxatini, shuningdek vasiylik va homiylik organining rahbari hamda etim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan muassasa tomonidan imzolanadigan shaxsiy hujjatlar yig‘majildini topshirish dalolatnomasini tuzadi;
b) shaxsiy hujjatlar yig‘majildida saqlanayotgan hujjatlarni etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan muassasa rahbariga ro‘yxat bo‘yicha topshiradi;
v) vasiylik yoki homiylikdagi shaxsni etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan muassasaga yuborish hamda shaxsiy hujjatlar yig‘majildini topshirish dalolatnomasi va hujjatlar ro‘yxatini saqlaydi8.
SHuni ta’kidlash joizki, etim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar uchun to‘liq davlat ta’minotidagi muassasada tarbiyalanayotgan bolani uning ota-onasi, uning qarindoshlari va boshqa tanishlari kelib xabar olib turishlari mumkin. Bu bolaning manfaatlari yo‘lida yo‘l qo‘yilishi zarur bo‘lgan harakatlar sifatida ko‘rilishi maqsadga muvofiq.
SHu bilan birga bola manfaatlari yo‘lida shu insonlarning bolani dam olish kunlari, bayram, ta’til vaqtida uyga bir necha kunga olib ketishlarini ta’minlash ham vasiylik va homiylik organlari hamda muassasa ma’muriyati zimmasidagi vakolatlardan biridir.
Bu maqsadda fuqaro bolani uyiga bir necha kunga olib ketishga ruxsat berilishini so‘rab vasiylik va homiylik organiga murojaat qilishi lozim. Vasiylik va homiylik organi o‘z navbatida fuqaroning yashab turgan joyiga chiqib, uning yashashi sharoitlarini o‘rganib, mahallaning fuqaro va uning oilasi haqida bergan ijobiy ma’lumotnoma hamda tavsifnomasiga asoslangan holda bolani uyga olib ketib turish mumkinligi haqida o‘z Xulosasi asosidagi ruxsatnomani berishi lozim.

Yüklə 209,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə