Mavzu: Xavf guruhidagi bolalarni davlat ta’lim tarbiya, sog’lomlashtirish, muassasalariga joylashtirish masalalari


Voyaga etmaganlarni davlat ta’lim-tarbiya va davolash-sog‘lomlashtirish muassasalariga joylashtirish amaliyoti namunalari



Yüklə 209,23 Kb.
səhifə9/15
tarix23.12.2023
ölçüsü209,23 Kb.
#155031
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Xavf guruhidagi bolalarni davlat ta’lim

Voyaga etmaganlarni davlat ta’lim-tarbiya va davolash-sog‘lomlashtirish muassasalariga joylashtirish amaliyoti namunalari


8-vaziyat.
Ismoilova Gulshod SHirinovna 2000 yil 20 iyunida tug‘ilgan. Oila noaxloqiy hayot tarzini kechirar, er-xotin spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygan edi. 2007 yili oilaviy kelishmovchiliklar vaqtida spirtli ichimlik ta’sirida uning otasi xotini, ya’ni Gulshodning onasi tomonidan qasddan o‘ldiriladi. Onaning ustidan qasddan qilgan jinoyati uchun jinoiy ishlar bo‘yicha sud hukmiga ko‘ra 15 yil ozodlikdan mahrum etish to‘g‘risida qaror chiqariladi.
Gulshod shu yildan boshlab ota tomonidan buvi bo‘lmish Roziya xola vasiyligida tarbiyalanadi. Roziya xola ham 2010 yili xastaligi tufayli vafot etadi.
Qizning ota-ona tomonidan boshqa qarindoshlari bo‘lmaganligi tufayli yoqimtoy qizning tarbiyasi bilan vaqtincha Roziya xolaning qo‘shnisi shug‘ullanib turadi. Roziya xolaning qo‘shnisi Abdullaev Ravshan Abrorovich o‘z oilasiga ega bo‘lib, uning 4 nafar voyaga etmagan farzandi bor. U oilasi bilan kelishgan holda qizni o‘z vasiyligiga oladi. Garchand barcha oila a’zolari qizni oilaga moslashib ketishi uchun zarur bo‘lgan sharoitni ta’minlashga harakat qilmasin, qizni ta’lim-tarbiyasini amalga oshirishda qator qiyinchiliklarga duch keladilar.
Qiz buvisi vafot etganida 10 yoshda edi. SHu yoshda u buvisiga yordam berish uchun ko‘chada tilanchilik qilishga birmuncha o‘rgangan edi. Abdullaev Ravshanning barcha urinishlariga qaramay, Gulshod tilanchilik odatini tashlamas, ko‘chada daydilik qilib yurar va toksikomaniya bilan ham shug‘ullanishni odat qila boshladi. Gulshod asta-sekin bir necha kun uyga kelmaydigan odat ham chiqardi. Uni topish uchun bir necha bora IIB tomonidan qidiruv ham e’lon qilindi. SHundan so‘nggina Abdullaev Ravshan uni ustidan vasiy etib tayinlanganlik to‘g‘risidagi qarorning bekor qilinishini va uni Mehribonlik uyiga joylashtirilishini so‘rab, Olmazor tumani vasiylik va homiylik organiga murojaat etadi.
Qiz topilgach tuman prokuraturasi tomonidan ham Gulshodni Mehribonlik uyiga joylashtirilishi maqsadaga muvofiqligi tasdiqlanadi.

Mazkur vaziyatda quyidagi bir necha e’tiborga molik xolatlarni ajratishimiz mumkin:



  • ota o‘lgan: bu vaziyatda qiz yarim etim mavqeiga ega bo‘lib, u boquvchisini yo‘qotganligi bo‘yicha nafaqani oladi;

  • ona esa jazoni o‘tash muassasasida: qiz ijtimoiy etim mavqeiga ega;

  • uning qarindoshlari mavjud emas;

  • otadan mulk sifatida 2 xonalik uy qolgan;

  • bir necha bora vasiylik o‘rnatilgan: ikkinchi urinish va bolaning umumiy hayoti tarzidan kelib chiqish mumkinki, ijtimoiy pedagogik qarovsizlik natijasida uning xulqida og‘ishish alomatlari kuzatilmoqda.

Gulshodni Mehribonlik uyiga joylashtirish masalasi O‘zR VMning 2008 yil 17 oktyabrdagi 230-sonli Qaroriga ilova “Mehribonlik uyi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga ko‘ra amalga oshiriladi.



1. Ushbu vaziyatda vasiy etib tayinlangan Abdullaev Ravshanning Ismailova Gulshod SHirinovna ustidan o‘rnatilgan vasiylikni bekor qilinishini hamda qizni Mehribonlik uyiga joylashtirilishini so‘rab yozgan arizasi asosida qizni Mehribonlik uyiga joylashtirish masalasi o‘rganiladi.


Yüklə 209,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə