Mavzu: Xavf guruhidagi bolalarni davlat ta’lim tarbiya, sog’lomlashtirish, muassasalariga joylashtirish masalalari


Voyaga etmaganni Mehribonlik uyiga joylashtirilishini so‘rab yoziladigan ariza namunasi



Yüklə 209,23 Kb.
səhifə10/15
tarix23.12.2023
ölçüsü209,23 Kb.
#155031
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Xavf guruhidagi bolalarni davlat ta’lim

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • F.I.SH.
Voyaga etmaganni Mehribonlik uyiga joylashtirilishini so‘rab yoziladigan ariza namunasi





Olmazor tumani XTMFMTTE bo‘limi mudiri F.I.SHga Olmazor tumani, ...ko‘chasi, ...-uy, ...-xonadonda yashovchi Ravshan AbrorovichAbdullaevdan
(tel. raqami: 000 00 00)


A R I Z A
Olmazor tumani hokimining 2010 yil 15 mayidagi 154-sonli qarori asosida men, Abdullaev Ravshan Abrorovich voyaga etmagan Ismoilova Gulshod SHirinovnaga vasiy etib tayinlangan edim.
Ismoilova Gulshod SHirinovnaning tarbiyasi mening oilamga to‘g‘ri kelmaganligi, va bu xolat voyaga etmaganning o‘zi hamda oila a’zolarim, shu jumladan farzandlarim tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi, oila a’zolari va men tomonimdan ko‘rsatilayotgan tarbiyaviy munosabatlar qizning xulqiga ta’sir qilmayotganligi munosabati bilan yuqorida qayd etilgan qarorning 1-bandiga binoan o‘rnatilgan vasiyligimni bekor qilishingizni hamda voyaga etmaganni Mehribonlik uyiga joylashtirishda amaliy yordam berishingizni so‘rayman.
Voyaga etmaganning otasi vafot etgan. Onasi F.I.SH. Olmazor tumani jinoiy ishlar bo‘yicha sudining 2007 yil 12 aprelidagi hukmi bilan 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Hozir ijro muddatini o‘tamoqda.


F.I.SH. /imzo/
Sana

(Mutaxassis tomonidan arizaning vasiylik va homiylik organida ro‘yxatga olingan raqami, sana qayd etiladi)





2. Gulshodning Mehribonlik uyiga joylashtirilishi bilan bog‘liq talab qilinadigan hujjatlar jildiga shu kungacha Ismailova Gulshod SHirinovnaga tegishli barcha hujjatlar ilova qilinadi. Hujjatlar jildida Gulshod yashagan uyga tegishli barcha hujjatlar(uy chizmasi, uy kitobi, boquvchisini yo‘qotganlik haqidagi nafaqa olishini tasdiqlovchi hujjat) ham ilova qilinishiga e’tibor qaratish lozim.

3. Gulshodga vasiylik tayinlanganligi bo‘yicha hujjatlar jildida qizni Mehribonlik uyiga joylashtirish uchun zarur bo‘ladigan barcha hujjatlarning mavjudligini aniqlash:
- tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
- fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi tomonidan berilgan tug‘ilish to‘g‘risidagi yozuvlar daftaridan ko‘chirma;
- tibbiy xulosalar va dispanserlardan tegishli tibbiy ma’lumotnomalar;
- ta’lim muassasasidan ma’lumoti to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
- ota-ona haqidagi ma’lumotlar (otaning o‘limi haqidagi guvohnoma nusxasi va tuman jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudining onaning jazoni o‘tash muassasasida ekanligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma);
- bolaning turmush sharoiti va tarbiyasi haqidagi tekshiruv dalolatnomasi: mazkur vaziyatda vasiy Abdullaev Ravshanning xonadonida Ismailova Gulshodni yashashi sharoiti to‘g‘risidagi dalolatnoma yangilanadi;
- Gulshodning ota-onasidan qolgan mulk: uy-joyga tegishli hujjatlar nusxalari, xonadonda mavjud texnik uskunalar hamda uy jihozlari ro‘yxati (ro‘yxat Vasiylik va homiylik organi, vasiy yoki homiy, bu holatda muassasa boshlig‘i, tegishli fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakillari, shuningdek vasylikdagi yoki homiylikdagi shaxs hamda qo‘shnilar guvohligida tasdiqlanadi, javobgar to‘g‘risidagi ma’lumot ko‘rsatiladi);
- boquvchisini yo‘qotganlik to‘g‘risidagi nafaqa daftarchasi.

4. Barcha hujjatlarni o‘rganish asosida vasiylik va homiylik organi mutaxassisi tuman hokimi nomiga Ismoilova Gulshodni Mehribonlik uyiga joylashtirish to‘g‘risidagi Toshkent shahar Olmazor tumani Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi Tavsiyanomasini tayyorlaydi.


Yüklə 209,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə