Mavzu: Xavf guruhidagi bolalarni davlat ta’lim tarbiya, sog’lomlashtirish, muassasalariga joylashtirish masalalari



Yüklə 209,23 Kb.
səhifə5/15
tarix23.12.2023
ölçüsü209,23 Kb.
#155031
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Xavf guruhidagi bolalarni davlat ta’lim

Bolalar uylari
Bolalar uyi etim bolalar, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar hamda psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar uchun davlat ta’lim-tarbiya va davolash-sog‘lomlashtirish muassasasi hisoblanadi. Mazkur muassasa O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufiga kiradi.
Bolalar uyi quyidagi tiplarga bo‘linadi:
a)3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun umumiy tipdagi Bolalar uyi. Mazkur muassasada, zaruriyat bo‘lganda bolalar:
- 4 yoshgacha qabul qilinishi hamda bu erda bola 7 yoshgacha tarbiyalanishi mumkin bo‘lgan psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan guruhlar tashkil etiladi;
b) psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan tipdagi Bolalar uyi. Bu erga bolalar 4 yoshgacha qabul qilinadi hamda ular muassasada 7 yoshgacha bo‘lishi mumkin bo‘lgan. Bu tipdagi muassasaga faqatgina psixofizik rivojlanishida muammolari mavjud bo‘lgan bolalargina qabul qilinadilar.
Bolalar uyining tipi va o‘rinlari soni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Bola Bolalar uyiga bola joylashgan tuman (shahar) hokimining qarori bilan joylashtiriladi. Bolani joylashtirish uchun hokim qarori ilova qilingan holda shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi (viloyat SSB) ning bolani Bolalar uyiga yo‘llash haqidagi yo‘llanmasi asos bo‘lib xizmat qiladi.
Bolalarni muassasaga yo‘llashda yoki ularni muassasada tarbiyalanishi davomiyligini nazorat qilishda quyidagilar inobatga olinadi:

  • Tibbiy xulosaga ko‘ra sog‘lom bo‘lgan bolalar muassasada 0 yoshdan 3 yoshgacha tarbiyalanadi, agarda bolani o‘z oilasiga qaytarish yohud oilaga tarbiyaga berish imkoniyati bo‘lmaganda bu bola XTV tasarrufidagi Mehribonlik uyi va shu kabi etim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar uchun muassasaga o‘tkazilishi shart. Muassasaga o‘tkazilishi uchun muassasa joylashgan tuman (shahar) hokimining qarori va shahar XTMFMTTEB (viloyat XTB) ning yo‘llanmasi asos bo‘lib xizmat qiladi.

  • Tegishli tibbiy xulosalarga ko‘ra bola psixofizik imkoniyati cheklangan bo‘lsa, bunday bolalar muassasaga 0 yoshdan 4 yoshgacha qabul qilinadi. Bolani o‘z oilasiga qaytarish yohud oilaga joylashtirish imkoniyati bo‘lmaganda u 4 yoshga to‘lganida O‘zR Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tasarrufidagi Bolalar Muruvvat uyiga o‘tkazilishi mumkin. Biroq bunday vaziyatda agarda bolaning aqliy imkoniyatlari saqlangan bo‘lsa, uni inklyuziv ta’lim tamoyillariga yondashgan holda XTV tasarrufidagi Mehribonlik uyi kabi muassasaga yo‘llash maqsadga muvofiq.

  • Psixofizik imkoniyati cheklangan va davomiyli davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar Bolalar uyida 7 yoshgacha tarbiyalanishi mumkin. Biroq bunda faqat bolaning davolanish zaruriyati bo‘lgan hollardagina muassasada qolishi masalasini ko‘rish mumkin, aks holatda bolaning tegishli yo‘nalishdagi muassasalarga yo‘llash maqsadga muvofiq.


Kam ta’minlangan oilaning farzandi muassasaga joylashtirilayotganda ilk bolalik davrida bolaning o‘z yaqinlaridan ayrilishi, muayyan ob’ekt bilan hissiy bog‘lanishning uzilishi (yoki buzilishi) uning har tomonlama rivojlanishi uchun salbiy oqibatlarni olib kelishi mumkinligini unutmaslik lozim!Agarda haqiqatda bolani ota-onasining boshpanasi bo‘lmasa, oila moddiy og‘ir tang ahvolda bo‘lsagina muassasaga joylashtirish SO‘NGGI chora sifatida ko‘rilishi kerak. Biroq bunday murojaat bo‘lganda vasiylik va homiylik organi fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va hokimiyat bilan ijtimoiy hamkorlikda bolani o‘z oilasida saqlab qolishga qaratilgan moddiy, iqtisodiy, psixologik va boshqa ko‘mak choralarini ko‘rishi zarur.
Bunday murojaatlar bilan ota-ona vasiylik va homiylik organiga tashrif buyurganida mutaxassis ularga albatta, bolaning ilk bolalik yosh davrilarida institutsional muassasalarga joylashtirilishining bolani ruhiy, ma’naviy rivojlanishiga qanday salbiy oqibatlarni olib kelishi mumkinligi haqida chuqurlashtirilgan maslahat va tushuntirish ishlarini olib borishi SHART!

Ta’kidlash joizki Bolalar uyiga turli ijtimoiy vaziyatdagi bolalarning joylashtirilishi tartibi farqlanishi mumkin.


Agarda bolaga tegishli ma’lumotlar mavjud bo‘lsa yoki bolani Bolalar uyiga joylashtirish zudlik bilan amalga oshirilishi zaruriyati mavjud bo‘lmagan holatlarda bola muassasaga barcha tegishli hujjatlar yig‘ma jildi ilova qilingan holda tuman (shahar) hokimi qarori bilan joylashtirilishi lozim.
Biroq quyidagi holatda bola vasiylik va homiylik organi hamda Bolalar uyi ma’muriyati tomonidan tasdiqlanadigan bitim asosida ham qabul qilinishi lozim. Mazkur bitim asosida Vasiylik va homiylik organi 1 oylik muxlat ichida qonun bilan belgilangan hujjatlarni (hokim qarori bilan) ma’muriyatga taqdim etish majburiyatini oladi. Tashlandiq (topilgan) bolalar Bolalar uyiga ichki ishlar organlarida tuzilgan dalolatnoma yoki Bolalar uyida ichki ishlar organlari xodimi ishtirokida tuzilgan dalolatnoma bo‘yicha, hududiy davolash-profilaktika muassasalarida tashlandiq (topilgan) bolaning sog‘lig‘i holati to‘g‘risida tibbiy dalolatnoma majburiy tartibda tuzilgan, shuningdek, keyinchalik tashlandiq (topilgan) bolani 1 oy muddatga Bolalar uyiga vaqtincha joylashtirish to‘g‘risidagi bitim rasmiylashtirilgan holda qabul qilinadi.
Bolaning topib olinganligi (tashlab ketilganligi)ni aniqlash bo‘yicha dalolatnoma 3 nusxada tuziladi. Dalolatnomaning bir nusxasi hududiy ichki ishlar organida, ikkinchi nusxasi – bolaning shaxsiy hujjatlar yig‘majildida, uchinchi nusxasi – fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida saqlanadi.
Ushbu bitimning bir nusxasi vasiylik va homiylik organida, ikkinchi nusxasi bolaning shaxsiy hujjatlar yig‘majildida saqlanishi kerak.
Vasiylik va homiylik organlari Bolalar uyining tibbiy-ijtimoiy va psixologik-pedagogik xizmati bilan birgalikda tashlandiq bolaning yoshini aniqlaydilar, uning tug‘ilgan sanasini belgilaydilar, unga familiya, ism va ota ismini beradilar hamda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan dalolatnoma asosida bolani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ro‘yxatdan o‘tkazadilar.


Yüklə 209,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə