Mavzu: Xavf guruhidagi bolalarni davlat ta’lim tarbiya, sog’lomlashtirish, muassasalariga joylashtirish masalalari


To‘liq davlat ta’minotidagi muassasalarga qanday vaziyatdagi bolalar joylashtiriladi?



Yüklə 209,23 Kb.
səhifə4/15
tarix23.12.2023
ölçüsü209,23 Kb.
#155031
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Xavf guruhidagi bolalarni davlat ta’lim

To‘liq davlat ta’minotidagi muassasalarga qanday vaziyatdagi bolalar joylashtiriladi?

To‘liq davlat ta’minotidagi ta’lim-tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish muassasalariga etim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar joylashtiriladi.


Mehribonlik uyi, Bolalar shaharchasi, Oilaviy bolalar uylari O‘zR Xalq ta’limi vazirligi tasarrufida,SOS-Bolalar mahallalari esa SOS–O‘zbekiston Bolalar mahallalari Uyushmasi tasarrufidabo‘lib, u erga 3 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’lim va tarbiya olishini ta’minlash hamda ijtimoiy himoyalash maqsadida joylashtiriladi.
Kam ta’minlangan va ko‘p bolali oila farzandlari faqat Mehribonlik uyi yoki Bolalar uyiga bir yilgacha bo‘lgan davrgagina joylashtiriladi. Zaruriyat tug‘ilganda bu muhlat cheklangan holda uzaytirilishi mumkin. Bu muhlatdan ko‘p yillarga bolaning ota-ona g‘amxo‘rligisiz muassasada tarbiyalanishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim!
Kam ta’minlangan oila ota-onalari farzandini iqtisodiy qiyinchiliklar sababli bir yilga Bolalar uyi yoki Mehribonlik uyiga joylashtirish bilan murojaat qilganda vasiylik va homiylik organi mazkur masalani tuman (shahar) hokimiyatidagi Voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya muhokamasiga qo‘yishi lozim. Komissiya o‘z tarkibidagi vakolatli davlat organlaridan bo‘lgan vakillar ishtirokida oilani qo‘llab-quvvatlovchi chora-tadbirlarni ko‘rishlari lozim.
Bolani ota-onasining ajralganligi va boshqa oilalari borligi uni bu kabi muassasalarga joylashtirish uchun asos bo‘la olmaydi. CHunki bu holatda bolaning ota-onasi tirik hamda vasiylik va homiylik organi ularni o‘z ota-onalik majburiyatlarini bajarishlariga (tarbiyalash va g‘amxo‘rlikka chaqirish, aliment undirish va sh.k.) jalb qilish yoxud qarindoshlarni yordamga jalb qilish choralarini ko‘rishi lozim. Albatta, hujjatlarda ota-onasining voz kechganligi yoki ularning bolani tarbiyalashga qodir emasliklarini aks ettiruvchi tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lishi lozim.
Belgilangan normativ-huquqiy hujjatlarga binoan Bolalar shaharchasi, SOS-Bolalar mahallalari, Oilaviy bolalar uylariga kam ta’minlangan va ko‘p bolali oila, ajrashgan oila farzandlarini joylashtirish MUMKIN EMAS!


Yüklə 209,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə