Mavzu: Xavf guruhidagi bolalarni davlat ta’lim tarbiya, sog’lomlashtirish, muassasalariga joylashtirish masalalari



Yüklə 209,23 Kb.
səhifə2/15
tarix23.12.2023
ölçüsü209,23 Kb.
#155031
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Xavf guruhidagi bolalarni davlat ta’lim

Ikkinchidan, mazkur muassasadagi “jamoatchilik hayot tarzi” bolaning individual ijtimoiylashuvi imkonini ta’minlamaydi. Individual mehr va e’tiborga to‘yinmaganlik, ona “tafti”dek mehrli hissiy ob’ektni topa olmaslik, muntazam davom etishi lozim bo‘lgan hissiy muloqotning etishmasligi, o‘z yaqinlaridan ayriliqda uzoqda yashash, ishongan insonlarining uni rad etib tashlab ketishi, natijasiz kechgan umidli kutishlar bolada “hissiy to‘yinmaganlik”, hissiy sovuqqonlik, bemehrlik, shafqatsizlik, beparvolik kabi shaxsning salbiy tavsifnomasi shakllanishiga olib kelishi mumkin. Individual ta’lim-tarbiyaviy nazorat va boshqaruvning etishmasligi bolaning shaxsi va xulqi xususiyatlarida tajovuzkorlik, javobgarlikni his qilmaslik kabi o‘ziga xos salbiy xususiyatlarning shakllanishini ta’minlaydi.
Uchinchidan, bu kabi muassasalarda tarbiyalanish va o‘z oilasidan uzoqda, ayriliqda, hatto kelib chiqishi tarixini bilmay yashash bolalarning mansubligi sohasi rivojlanishida ham qator muammolarning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Bunda bolaning o‘z yaqinlari va qarindoshlari bilan munosabatining uzilishi, ular orasidagi hissiy masofaning uzoqlashishi; bola muassasadan yana oila davrasiga kelib qo‘shilishi davrida yillar davomida munosabatlar orasida paydo bo‘lgan “uzilish”lar, xulq-atvorlardagi tafovutning kattaligi; bolaning muassasaga joylashtirilishi natijasida unda o‘z oila a’zolariga nisbatan yillar davomida shakllangan nafrat tuyg‘usi bolaning o‘z oilasidan ma’nan uzoqlashib ketishi, oilaviy hayot qoidalariga moslashib keta olmasligi, natijada esa o‘zini na oilasi va na qarindoshlari, hatto jamiyatga ham keraksizdek his qilishiga olib kelishi aniq.
To‘rtinchidan, uzoq davr mobaynida o‘z farzandini tarbiyalash, ta’minlash, o‘qitish, u haqida qayg‘urish, unga g‘amxo‘rlik qilish majburiyatidan uzoq bo‘lgan ota-ona va oila a’zolarida ham o‘z ota-onalik majburiyatlaridan ma’nan uzoqlashishi holati sodir bo‘lishi ehtimoli yuqori. Bunday psixologik oqibatlarni bir yildan ortiq davr mobayniga o‘z farzandini Bolalar uyi, Mehribonlik uylariga joylashtirgan ota-ona va boshqa oila a’zolarida kuzatish mumkin.
Bolaning o‘z oilasidan tashqarida tarbiyalanishi uning uchun ko‘pgina yo‘qotishlar bilan kechadi. Quyidagi keltirilgan yo‘qotishlar birgina mansublik sohasining o‘zi bilan bog‘liq yo‘qotishlardir:

  • irsiy, madaniy, tibbiy tarixining yo‘qolishi;

  • rivojlantiruvchi muhitning mavjud bo‘lmasligi: uy, yagona ahamiyatga ega bo‘lgan hissiy ob’ekt sifatida ona mehrining, o‘yinchoqlar, uy hayvonlari, keng jamoatchilik bilan muloqotning tanqisligi (tengdoshlar, kattalar – ona, ota, aka, opa, tarbiyachi, o‘qituvchi, notanish inson, katta jamoa...);

  • geografik va tabiiy, ijtimoiy yo‘qotishlar (bolaning kelib chiqish joyining o‘zgartirilishi);

  • o‘z ota-onasi va yaqin qarindoshlari – oila bilan munosabatning yo‘qolishi;

  • sibling (opa-singilchilik, aka-ukalik munosabatlaridagi) yo‘qotishlar;

  • madaniy, milliy, oilaviy an’analarning yo‘qotilishi;

  • qarindoshlaridan kim bilandir jismoniy, psixologik o‘xshashligini anglash imkoniyatining yo‘qotilishi;

  • ajdodlar shajarasidagi o‘z o‘rnining yo‘qotilishi;

  • oilada tug‘ilish tartibi (ketma-ketligi)ning yo‘qotilishi (katta-kichiklik);

  • tug‘ilish tarixi va ma’lumotlarining yo‘qolishi (yaqinlari, voqealarni xotirlash);

  • diniy qarash va e’tiqodining yo‘qolishi;

  • ba’zan o‘zining haqiqiy ismi va uning kim tomonidan qaysi sabablar bilan qo‘yilganligi haqidagi ma’lumotlarining yo‘qotilishi;

  • o‘zini anglash va o‘zini adekvat baholash imkoniyatining yo‘qotilishi;

  • o‘zini ko‘pchilikning bir qismi sifatida his qilish imkoniyatining yo‘qotilishi1;

  • oilaviy yaxlitlik hissining yo‘qolishi;

  • oila qadriyatining asta-sekin yo‘qolib borishiga olib keladi.

Umumlashtirilgan tarzda yuqorida keltirilgan fikrlar bolaning muassasaga joylashtirilishi qanchalik uning manfaatiga xizmat qilishi yoki qilmasligi borasida mulohazali javob olinishiga sabab bo‘lsa, ajab emas.
YUqorida keltirilgan muammolar, aslida “ijtimoiy etimlikning ikkilamchi muammolari” sirasiga kirib, ular insonning butun hayoti mobaynida o‘z ahamiyatini namoyon qiluvchi ijtimoiy, psixologik muammolardir. Biroq har biri alohida takrorlanmas vaziyat bo‘lib, ularni ehtimol, bola Mehribonlik uyi kabi institutsional muassasaga joylashtirilguniga qadar mahalliy fuqarolarni o‘z-o‘zini boshqarish organlari (hokimiyat, mahalla), hududiy vasiylik va homiylik organlari, xalq ta’limi bo‘limlari, ta’lim muassasasi hamda bolaning qarindoshlari davrasi va ota-onaning hamkorlikdagi sa’y-harakati bilan oldini olish mumkin bo‘lgan bo‘lar edi.
Oilaning tarqalib ketishini oldini olish (er-xotinlarning ajralishi), ota-onalarda bolaning kelgusi hayoti bo‘yicha ularning mas’uliyatlilik darajasini oshirish, o‘zlarining ota-onalik majburiyatlariga nisbatan ongli munosabatni oshirish – bularning barchasi ijtimoiy etimlikni oldini olishning muhim omili hisoblanadi.
Ijtimoiy etimlikning ilk bosqichlarida salohiyatli ijtimoiy, psixologik-pedagogik aralashuvning yo‘lga qo‘yilishi davlatning kelgusida yuzaga kelishi aniq bo‘lgan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy masalalarga oid muammolarining oldi olinishiga xizmat qilgan bo‘lar edi. Zero, muammoning oqibati emas, balki uning o‘zi oldindan bartaraf etilgani ma’qul.
SHuni ham ta’kidlash joizki, bunday oqibatlar, nafaqat Bolalar uyi va Mehribonlik uylarida tarbiyalangan bolalarda, balki institutsional muassasalarning boshqa turlarida tarbiyalangan bolalarda ham kuzatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 3-bobi 24-moddasida “Davlat bolaning oilada bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi sharoitlarni bartaraf qilish, bola oilasidan ajratilgan hollarda esa uni oilasiga tezroq qaytarish bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi”.
Mazkur kafolatning ijrosi ta’minlanishi bo‘yicha tashkiliy tashabbus bo‘yicha mas’uliyat vasiylik va homiylik organiga ham taalluqli. Vasiylik va homiylik organi ushbu maqsadda “kam ta’minlangan” yoki muayyan ijtimoiy qiyinchilikni kechirayotgan fuqaro o‘z farzandini to‘liq davlat ta’minotidagi muassasaga joylashtirish bo‘yicha murojaat qilgan holatida mahalliy fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organi hamda mahalliy hokimiyat bilan hamkorlikda tegishli yordam ko‘rsatilishini ta’minlashi lozim.


Yüklə 209,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə