Mavzu: Modal so'zlarning stilistik xususiyatlari Reja: Kirish 1-bob. Modallik


Modal so’zlarning stilistik xususiyatlari



Yüklə 64,37 Kb.
səhifə9/12
tarix18.05.2022
ölçüsü64,37 Kb.
#87265
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Modal so\'zlarning stilistik xususiyatlari

Modal so’zlarning stilistik xususiyatlari
1. Umuman, modal so’zlar gapning kesimi yoki umuman gap mazmuniga qo’shimcha ma’no kirituvchi vosita sifatida, so’zlovchining voqyelikka munosabatini, uning baholashini ifodalovchi, o’rni bilai emosional munosabatini bildiruvchi tasviriy vosita sifatida namoyon buladn. Bu modal so’zlarning birinchi va eng umumiy stilistik belgisi deb qaralishi kerak.

2. Modal so’zlarda sinonimik munosabat anchagina taraqqiy etgan. Birgina modallikni ifodalash uchun turli formadagi bir-biriga yaqin ma’no anglatuvchi modal so’zlardan foydalanish mumkin.


Masalan, ayrim farqli ottenkalardan qat’iy nazar, maxsus leksik va grammatik qurshov vositasida imkoniyat yaratilganda, fikrning tasdig’ini, ishonchni bildiruvchi modal so’zlardan albatta, shubhasiz, shaksiz, so’zsiz kabilarni o’zaro, haqiqatan, darhaqiqat kabilarni o’zaro hamda mayli va xo’p kabi modal so’zlarni o’zaro sinonimlar sifatida biri o’rnida ikkinchisini ishlatish mumkin.
Xuddi shunday holatni modal so’zlarning boshqa semantik gruppalarida ham ko’ramiz. Masalan, noaniqlik, taxmin, gumon bildiruvchi ehtimol, balki, mabodo so’zlari, chamasi va aftidan so’zlari o’zaro lozimlik, zaruriyat, yuklash ma’nosini bildiruvchi kerak, lozim, zarur kabi modal so’zlar o’zaro sinonimik munosabatga kirishishi mumkin.
3. Modal so’zlar funksional differensiallikka ham ega. Masalan, ayrim modal so’zlar hamma nutq ko’rinishlarida ham befarq ishlatilaversa (albatta, ehtimol, balki, mayli, birinchidan), ikkinchi bir xillari ko’proq og’zaki so’zlashuv nutqiga xosligi (sheqilli, rostdan ham, har qalay, hoynahoy, chindan, aytganday, aytmoqchi kabilar) bilan xarakterlanadi, ravshanki, lozim, binobarin, dastavval, filhaqiqat, bil’aks tipidagi modal so’zlar ilmiy stilda, beshak, g’olibo, darkor, shoyad kabi modal so’zlar ko’proq poetik nutqda ishlatiladi.
Umuman, modal so’zlar ko’proq og’eaki nutqda, xususan dialogda ko’p ishlatiladi. Badiiy adabiyot tilida ham ko’pincha obrazlar nutqini individuallashtirishda og’zaki so’zlashuv nutqi elementlari sifatida ishlatiladi.


Yüklə 64,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə