Mavzu: Modal so'zlarning stilistik xususiyatlari Reja: Kirish 1-bob. Modallik



Yüklə 64,37 Kb.
səhifə8/12
tarix18.05.2022
ölçüsü64,37 Kb.
#87265
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Modal so\'zlarning stilistik xususiyatlari

Ajabo, menga «ketdikmi?» – dedi-ya, axir, indamay ketaverishi ham mumkin edi-ku, men kim bo’libman! (Sh.Otaboyev). Xayriyat, – dedi o’ziga-o’zi Saltanat, – axir tong ottirdim-a (R.Fayziy). Afsuski, yoshlik damlar o’tdi – kishan bo’ynida (H.Olimjon). Koshki, ko’rgilik va azoblarimiz shu yerda qolsa (Zulfiya). Yaxshiyamki, qalamga yorman, so’zlab turar bor dilimni ul (Zulfiya).
4. So’zlovchining fikrni ifodalash formasi va u orqali voqyelikka munosabatini bildiruvchi modal so’zlar. Bu gruppaga kiruvchi modal so’zlarning ba’zilari fikrni yakunlash, umumlashtirish xulosa va natija chiqarish kabi ma’nolarni anglatish uchun xizmat qiladi. Shu modal so’zlar orqali odatda aytilgan, bajarilgan, bo’lib o’tgan yoki bajarilmagan harakatga, voqyeaga so’zlovchining munosabati ifodalanadi. Misollar: Demak, kechagi sichqon ushlagan qushdan ko’ra katta qushlar ham bo’lar ekan, – deya o’zicha hayollandi (O.Husanov). Shunday qilib, quriydir hayot, shunday qilib, mardikor, batrak ajralishdi parcha nonidan (H.Olimjon). Ko’rinadiki, adabiyotning partiyaviyligi uning keng mehnatkashlar ommasiga xizmati bilan belgilanadi (J.Hojimatov). Nima gap bo’lganligi ma’lum emas, hullas, ahvol jiddiy edi (A.Muxtor). Umuman, hyech narsam yo’q mening!.. (Zulfiya). Binobarin, Kumush Toshkentga kelib, kundosh zahridan o’lmas («Adabiyotshunoslikka kirish»).

Umumiy ma’nolari bilan bir-birlariga yaqinlashadigan bu gruppadagi boshqa ba’zi bir modal so’zlardan bayon qilinayotgan fikr tartibi, ularning izohlanishi, bir fikrning ikkinchisiga qarama-qarshi qo’yilishi kabi ma’nolar anglashiladi. Misollar keltiramiz: Avvalo, bolalarim, yurak quli bo’lmanglar, aql quli bo’linglar! (Zulfiya). Badiiy asar uchun mavzu tanlash, birinchidan, yozuvchining sinfiy pozisiyasiga, ikkinchidan, hayotning qaysi sohasini yaxshi bilishiga bog’liq («Adabiyotshunoslikka kirish»). Chunonchi, men bolsheviklarni, ularning programmalari, konsepsiyalarini yomon ko’raman (K.Quliyev). Masalan, tabiat hodisalaridagi ritmni olaylik («Adabiyotshunoslikka kirish»). Aksincha, yengamiz, jilovdorimiz jonajon partiya bo’lgani uchun (T.Yo’ldosh). Bil’aks qochib o’tirmas edim o’limdan («Sharq yulduzi»). Holbuki, Abdullaning o’zi ham Dilbarning baxtiyor bo’lishini istardi (A.Fayziy). -E, mana fakt! -Xo’jamqul cho’ntagidan xat olib stolga urdi. Vaholanki, o’sha xatni ham Mavlonxo’jayev uyushtirgan edi (Yo.Shukurov).


5.Zaruriyat, lozimlik, yuklash ma’nosini anglatadigan modal so’zlar. Bunda so’zlovchi ma’lum bir ishning bajarilishi lozimligini ta’kidlaydi, shu ishni bajarishni boshqa shaxsga yuklaydi. Ba’zan esa bu umumshaxs ma’nosida bo’ladi. Shaxs modal so’z emas, balqi harakatni bildiruvchi fe’l orqali ifodalanadi. Misollar: -Bu masalada jiddiy va uzoq tekshirish o’tkazish kerak, -dedi oxirida, -Dilmurod va Baxtigulning o’zidan so’rab bilmoq lozim (M.Xalil). Yig’sin oqsoqollarni, bu ish bir yoqlik bo’lishi kerak, albatta bir yoqlik bo’lishi kerak! Tushunishlari lozim (Zulfiya).
Bu gruppadagi modal so’zlardan kerak lozimlik ma’nosidan tashqari – sa affiksi bilan birgalikda kelganda gumon, taxmin ma’nosini ham bildiradi: a) lozimlik, yuklash ma’nosi. Uni ko’z oldiga keltirish uchun, albatta, borib ko’rish, soatlab tiqilib turish kerak (A.Muxtor).
Kerak qattiq dushmanlarga boshlamoq hujum,
Kerak, ortiq zuluklarni yerdan haydamoq (H.Olimjon);
b) gumon, noaniqlik ma’nosi. Siz xo’jayindan yillik haq olsa ngiz kerak? – Yormatning og’ziga qaradi Yo’lchi (Oybek). Bu vaqtlarda yoshim to’rtdan oshmagan bo’lsa kerak (Oybek).

Mazkur klassifikasiya ma’lum darajada shartli hisoblanadi. Chunki, unda asli modal so’z bo’lmasdan, faqat modal so’z funksiyasida kelgan so’zlar ham tahlil etiladi. Bundan tashqari, bir semantik gruppaga kiritilgan ayrim modal so’zlar kontekst va intonasiya bilan bog’liq ravishda ikki gruppa uchun xos bo’lgan ma’nolarni ifodalashi ham mumkin. Misol sifatida yuqoridagi lozimlik modalligini bildiruvchi kerak so’zi – s a affiksi bilan birlikda gumonlik ma’nosini anglatishini ko’rsatish mumkin.

Modal so’zlarning morfologik jihatdan o’zgarmasligi to’g’risida so’zladik.
Modal so’zdar struktural jihatdan ham bir necha xil ko’rinishga ega. Ularning ko’pchiligi o’zak holida bo’lib, morfemalarga ajralmaydi: albatta, to’g’ri, mayli, xo’p, ehtimol, balki, mobodo, zero, afsus, koshki, xayriyat, ajabo, vaholanki, xullas, xolos, avvalo, chunonchi, masalan, lozim, kerak kabilar.
Lekin shunday modal so’zlar ham borki, ularda o’zak morfemalardan tashqari affiksal morfemalar ham ajratilishi mumkin: aytgancha, aksincha, ayt+ish+lari +cha, menimcha, chamamda, birinchidan, aftidan, jumladan, chamasi, darhaqiqat, darvoqye, ,dastavvad afsuski, ma’lumki, ravshanki, demak, aniq+rog’+i, aytganday, shubhasiz, haqiqatan, umuman, so’ngra kabilar.
Keltirilgan misollar sostavidagi affiksal morfemalar olib tashlansa, uning qolgan qismi mustaqil so’z sifatida ishlatilaveradi. Demak, bu so’zlarda modallik xususiyatining hosil bo’lishida affikslar hal qiluvchi rol o’ynaydi. Ammo shuni esdan chiqarmaslik kerakki, bu modal so’zlar sostavidagi affikslar qotib qolgan, endi ular so’z yasovchi so’z o’zgartuvchi yoki forma yasovchi, deb qaralmaydi. Ana shu xususiyati bilan modal so’zlar sostavidagi mazkur affikslar hozirgi o’zbek tidida aktiv qo’llanishdagi – cha, – si, – da, – dan tipidagi affikslardan farq qiladi, Misollar asosida qiyos qilaylik: Uning charchaganini aftidan bilib oldim. Aftidan, u juda charchagan, Birinchi gapdagi aftidan so’zi sostavidagi affiks turlovchi – so’z o’zgartuvchi affiks, ikkinchi gapda esa u bunday

xususiyatini yo’qotgan va «aft» so’ziga tamoman singib ketgan. To’g’ri, ikkinchi gapda ham charchaganlik aftidan ma’lum ekanligi ottenkasi bor, aslida shunday bo’lgan ham, lekin hozir bu o’rinda u noaniqlik bildiruvchi modal so’zga aylangan. Hatto bugungi kunda ayrim modal so’zlar sostavidagi affiksal morfemalar ilg’ab olinmaydi. Masalan, haqiqatan, umuman, so’zlari arab tilida tushum kelishigidagi forma hisoblansa ham, ular o’zbek tilida tub negiz sifatida qaraladi.


Shubhasiz, so’zsiz, sheqilli so’zlarini olaylik. Bu so’zlar aslida –siz, va –li affikslari vositasida yasalgan sifatlardir. Ammo hozir –siz va –li affikslari modal so’zlar sostavida so’z yasovchilar sifatida ajratilmaydi. Chamasi, yaxshisi, mazmuni tipidagi egalik affikslari to’g’risida ham shu gaplarni aytish mumkin.
Modal so’zlarning ayrimlari qo’shma so’zlarga teng bo’lsa (holbuki, hoynahoy, ishqilib), ikkinchi bir xillari struktural turg’un so’z birikmalariga teng keladi (uning fikricha, bir tomondan, harnechuk, haqiqatan ham, chindan ham, aniqroq qilib aytganda, boshqacha aytganda, rostini aytsam).
Modal so’zlarning ba’zilari qisqargan holatda (usechennaya forma) ishlatiladi. Bu holat ko’proq poetik nutq uchun xosdir:
Lekin, albat, xalqi bo’lmoq emas farz,
Xo’sh, qandayin fikr berar eding san? (H.Olimjon).

Meni izlab olam kezajak.


Huzurimga albat kelajak (B.Nazarov).

odal so’zlar gap sostavida kelganda gap bo’laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaydi. Modal so’zlarning bu xususiyatiga qarab, ular gap bo’laklari bilan hyech qanday aloqaga kirishmaydi, deb xulosa chiqarish ham to’g’ri emas. Ular to’liq gap yoki uning biror bo’lagi orqali ifodalangan fikrga munosabatini bildiradi. Demak, modal so’z o’zi ishlatilgan gapdagi boshqa so’zlar bilan fikriy aloqada bo’ladi. Agar shunday bo’lmasa, bu modal so’zga ehtiyoj ham bo’lmas edi.


Sof modal so’zlar asosiy holatlarda gapda kirish bo’lak vazifasichi bajaradi: Ra’no jiddiy ravish bilan: – Albatta siz bizga mehmonsiz (A.Qodiriy). Darhaqiqat, eru xotin oralarida o’tgan ikki kalima so’z shu oilada o’sgan Ra’noning istiqbolini ochiq

belgilar edi (A.Qodiriy).


Mayli, Sovet sharqi erkin qizining
Javobin eshitsin xalqlar va jahon (Zulfiya).
Modal so’zlar substantivasiyalashganda otlar kabi kelishik, egalik affikslarini qabul qila oladi. Endi ular otlar kabi gapning bosh yoki ikkinchi darajali bo’lagi vazifasini bajarishi mumkin. Misol: U damlarda balki darslarda g’arq bo’luv, balki tog’ toshlari orasida yanchilib ketuv ehtimolidan uzoq emasdir (H.Olimjon).
Modal so’zlar dialogik nutqda oldingi replikaga javob bo’lib, so’z-gap tarzida ko’rinadi:
– Ma’qul, agar bu kun domlaga uchrashsam, javobini ertaga olaman, deyaymi?
Albatta. (A.Qodiriy).
Xudo xohlasa, sizlarni qiynamay to’yni ham o’zimiz qilib beramiz.
Albatta! – dedi kirib gapni eshitib turgan Adolat. (Yo.Shukurov).
Modal so’zlardan ba’zilari, xususan, lozimlik, zaruriyat kabi ma’nolarni anglatuvchi modal so’zlar sostavli kesimning tarkibiy qismi ham bo’lib kela oladi. Misollar: Azizlar, gohi-gohi yig’lamoq kerak, do’stlarning vaslidir ming dardga da’vo (T.Norov). Fursatni boy bermay, tezroq quvish kerak (Zulfiya). Chol birdan g’oyib bo’lgan qayiqni hovliqib qidirayotgan bo’lsa kerak (A.Muxtor).
Modal so’zlar ba’zan sintaktik butunlikning hosil qilinishida muhim vosita hisoblanadi. Bunday vaqtda ular, odatda, bog’lovchi vazifasini bajaradi: qanday kishi, o’y-fikri nimada, xulqi qanaqa, balki yuragida dardi bor, balki bir yengiltakdir (A.Muxtor). Bugun bo’lsa mana, obkomning sekretarini ochiqdan-ochiq byurokrat deb atadilar, balki to’g’ridir, balki noto’g’ridir (A.Muxtor). Bu o’rinda balki so’zi ehtimol so’zi bilan sinonimik munosabatda bo’ladi.


Yüklə 64,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə