Mavzu: Modal so'zlarning stilistik xususiyatlari Reja: Kirish 1-bob. Modallik


Modal so'zlarning stilistik xususiyatlari



Yüklə 64,37 Kb.
səhifə6/12
tarix18.05.2022
ölçüsü64,37 Kb.
#87265
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Modal so\'zlarning stilistik xususiyatlari

Modal so'zlarning stilistik xususiyatlari
Quyidagi misollarga e’tibor bering: Eshmamat aka, albatta, istagiga yetadi (H.Olimjon). Endi, shaksiz, o’ylamoq, fikr etmoq darkor, otam shuni xohlaydi, shudir xohishim (Zulfiya). Havliqib qolganidan Orif akani quchoqlab olmoqchi ham edi, sheqilli, o’zini bosib, qo’pol qo’llarini uzatib qo’ya qoldi (A.Muxtor). Ehtimol, shuning uchundir, telegramma meni taajjublantirib qo’ydi (Q.Quliyev).
Bu gaplar sostavida ishlatilgan albatta, shaksiz, sheqilli, ehtimol so’zlari boshqa so’zlar bilan grammatik jihatdan bog’lanmagan. Shuning uchun ularning tushirilib qoldirilishi gap strukturasiga ta’sir ham qilmaydi. Xo’sh, bu so’zlar gap sostavidagi boshqa so’zlar bilan grammatik jihatdan bog’lanmasa, gan strukturasiga ta’sir qilmasa, ularning ayni paytda ishlatilishiga qanday zarurat tug’ildi?
Inson bir-biri bilan kommunikativ munosabatga kirishganda, monologik yoki dialogik nutqda ma’lum voqyea-hodisa to’g’risida axborot berish bilangina cheklanmaydi, balki ba’zan shu voqyea-hodisaga o’z munosabatini ham (gap mazmuni orqali) ifodalaydi. Bu, bir tomondan, yuqoridagi kabi gap mazmunining obyektiv borliqqa munosabatini bildiruvchi maxsus so’zlar yordamida yuz bersa, ikkinchi tomondan, shunday munosabatning ifodalanishida intonasiya katta ahamiyat kasb etadi.
Keltirilgan misollardagi birinchi gapni albatta so’zi bilan birlikda va uningsiz ishlatilgan holatini chog’ishtirib ko’raylik: Eshmat aka istagiga yetadi – oddiy xabar // Eshmat aka, albatta, istagiga yetadi – xabar qat’iy ishonch ottenkasiga ega. Ikkinchi gapdagi bu ottenka birinchi gapda yo’q.
Yoki quyidagi gaplarda intonasiya turli xil ma’nolarni, subyektning o’z nutqiga, voqyea-hodisaga munosabatini ham ifodalaydi: O’zdi::ng! (Masalan, chopishda Borzovdan o’zding –emosiya); O’:zding!? (Borzovdan o’zib bo’psan – inkor ma’nosi); O’zding (erkin intonasiya-oddiy xabar, konstatasiya – Borzovdan o’zding, endi Kitdan o’zishing kerak) kabi.
So’zlovchining o’z nutqiga, uning mazmuniga, shu orqali obyektiv borliqqa munosabati modallik kategoriyasi termini bilan ataladi.
Modallik terminga G.A.Nechayev shunday izoh beradi:

“Modalnost (ot lat. Modus – mera) – odna iz osnovnыx kategoriy yazыka, vыrajayuщaya razlichnыmi grammaticheskimi i liksicheskimi sredstvami otnosheniya govoryaщyego k soderjaniyu vыzkazыvaniya i otnosheniye soderjaniya vыskazыvaniya k obyektivnomu deystvitelnosti. Osnovnыye grammaticheskiye sredstva vыrajeniya modalnosti – formы nakloneniya, leksicheskiye sredstva – modalnыye slova i modalnыye chastisы. Odna iz sredstv vыrajeniya modalnosti – intonasiya» (26, 90-91).


Bu izohda masalaga bir tomondan yondashish ko’zga tashlanadi. Eng avvalo, modallik tushunchasining ilmiy asarlarda ikki xil talqin qilinishini tan olish kerak: obyektiv modallik va subyektiv modallik*. Ya’ni har qanday gapda voqyelikka munosabat seziladi. Shuning uchun ham gaplar darak, so’roq, buyruq, undov gaplar tarzida klassifikasiya qilinadi. Ammo ularda voqyea-hodisa so’zlovchi tomonidan baholanmaydi, balki fakt konstatasiya qilinadi (albatta, maxsus intonasiya esdan chiqarilmasligi kerak). Bunday modallik obyektiv modallik deyiladi.
Ammo so’zlovchi ko’pincha biror voqyea-hodisa haqida xabar berar yoki informasiya olar ekan, uni ma’lum pozisiyadan turib baholaydi, unga o’zining subyektiv munosabatini bildiradi. Bu esa subyektiv modallik hisoblanadi. Modallikning bu xususiyatlari G.A.Nechayev izohida o’z aksini topmay qolgan. Agar bu tomonlari hisobga olinganda, modallikni ifodalovchi grammatik vositalar qatoriga fe’lning mayl formalaridan tashqari, ot va sifatlardagi subyektiv baho formalari ham kiritilgan bo’lardi. (Mayl formalarining obyektiv modallik va subyektiv baho formalarining subyektiv modallik ifodalash xususiyatlarini hisobga olgan holda).
Modalllik, eslatganimizdek, fonetik (intonasiya), morfologik, sintaktik (baxtga qarshi, aytishlariga qaraganda), leksik yo’llar bilan ifodalanadi.
Biz bu o’rinda modallikning leksik yo’l bilan ifodalanishi to’g’risida, aniqrog’i, modal so’zlar, ularning turli xil leksik va grammatik xususiyatlarini yoritishga harakat qilamiz.
Rus tilshunosligida modal so’zlar masalasiga asrimizning boshlaridanoq e’tibor berila boshlagan. Modallik kategoriyasi modal so’zlar to’g’risidagi birinchi qimmatbaho fikrlarni D.V.Shcherba (457, I.I.Meshchaninov (22,186) asarlarida uchratamiz.
___
* Xuddi shu ma’noda tilshunoslikda boshqa terminlardan ham foydalaniladi: real va noreal (A.B.Shapiro), to’g’ri va bilvosita (V.F.Shabalina) tashqi va ichki (T.V.Borisova), birinchi tip va ikkinchi tip modallik (L.S.Yermolayeva), birlamchi va ikkilamchi modallik (D.I.Ganich) kabi.

Modallik kategoriyasi va modal so’zlarni rus tilshunosligida har tomonlama keng, ilmiy tahlil qilgan olim akad. V.V.Vinogradovdir (5). V.V.Vinogradovdan keyin bu masala ko’pgina ilmiy maqolalar va dissertasiyalarning obyekti bo’ldi (7;3).


Turkologiyada «modal so’zlar» terminini ishlatgan va bu gruppa so’zlar haqida maxsus fikr bergan olim N.K.Dmitriyevdir (10).
Ulug’ Oktyabr revolyusiyasigacha yashab ijod etgan turkologlar asarlarida slavyan tillari mutaxassislarida bo’lgani kabi, modal so’zlar ravishlar ichida tahlil qilingan edi (9,178; 16,327; 39,88; 40,130; 37,82).
Akad. V.V.Vinogradov aytganidek, haqiqatda ham ilgari ravish kategoriyasi «o’zgarmaydigan» deb nomlanuvchi so’zlar uchun tashlab qo’yiladigan joy vazifasini bajargan (5).
O’zbek tilshunosligi tarixiga nazar tashlasak, bu yerda ham to 30-yillargacha modal so’zlar goh ko’makchilar va undovlar qatorida, goh bog’lovchilar, yuklamalar ichida, goh esa umumturkologiya va rus tilshunosligidagi singari ravishlar ichida qarab kelindi (28; 14,24; 44; 31,61; 19). 1936 yildan boshlab o’zbek tilshunosligida boshqa bir tendensiya hosil bo’ladi, ya’ni o’zbek tili bo’yicha yozilgan asarlarda modal so’zlar kirish so’zlar sifatida klassifikasiya qilinib, endi morfologiyada emas, balki sintaksisda o’rganila boshlanadi (32,38-40; 48; 21).
O’zbek tilshunosligiga «modal so’zlar» terminini olib kirgan ham, modallik tushunchasi hamda so’zlarni birinchi marta keng ilmiy tahlil qilgan olim ham Sh.U.Rahmatullayevdir. 1953 yili Sh.U.Rahmatullayevning “O’zbek tilida modal so’zlar» nomli broshyurasi nashr etildi. Bu asarning asosiy qism O’zbekiston Fanlar Akademiyasi tomonidan 1957 yilda nashr etilgan «Hozirgi zamon o’zbek tili» nomli kitobga kiritildi. 1975 yili nashr etilgan «O’zbek tili grammatikasi»ning akademik nashrida ham «Modal so’zlar» bo’limi shu avtor tomonidan yozildi. Bu asarda avtor oldingi fikrlarining ba’zi o’rinlariga o’zgartirishlar kiritdi.
Sh.U.Rahmatullayevning modal so’zlar to’g’risidagi broshyurasi chiqqandan so’ng va uning 1957 yili «Hozirgi zamon o’zbek tili» kitobiga kiritilishidan so’ng va kategoriya so’zlarga nisbatan o’zbek tilshunoslarining ba’zilarida qiziqish uyg’ona boshladi. Bulardan keyin nashr etilgan darslik va qo’llanmalarda modal so’zlar endi alohida so’zlar razryadlari sifatida ajratila boshlandi. Jumladan, U,Tursunov va J.Muxtorovlar 1960 yil nashr etilgan “Hozirgi zamon o’zbek tili” nomli asarida modal so’zlarni maxsus so’z turkumi sifatida ajratdilar (42,22).

Shu prinsip ularning Sh.U.Rahmatullayevning soavtorligi va mas’ul redaktorligida nashr etilgan «Hozirgi o’zbek adabiy tili» nomli asarida davom ettirildi (43,98-100).


M.Mirzayev, S.Usmonov, I.Rasulovlarning «O’zbek tili» nomli asarida modal so’zlar yuklamalar bilan birlashtirib beriladi (23.160-163). Fikrimizcha, yuklamalarning ayrimlari modal munosabatlarni bildirsalar-da, ularni modal so’zlar bilan birlashtirish to’g’ri qyelmaydi.
O’zbek tilshunosligida modal so’zlarning ba’zi xususiyatlari haqida alohida maqolalar yozildi (29; 33; 34; 35), modal so’zlarning leksik-semantik va grammatik xususiyatlari, ularning boshqa tillardagi modal so’zlar bilan chog’ishtirib o’rganish to’g’risida dissertasiyalar yozildi (17; 36).
Modal so’zlar to’g’risida o’zbek tilshunosligida maydonga kelgan asarlarning hammasida ham endi ular aloxida leksik-grammatik razryadlar sifatida talqin qilinmoqda.
So’zlovchining o’z nutqiga yoki gap mazmunining obyektiv borliqqa munosabatini ko’rsatuvchi so’zlar modal so’zlar deb qaraladi.
Modal so’zlar haqida fikr yuritar ekanmiz, biz yuqorida aytganimiz kabi, so’zlovchining o’z nutqiga yoki voqyea-hodisaga munosabatini, bu voqyea-hodisani ma’lum pozisiyadan turib baholash ottenkasini ifodalay oladigan, ya’ni subyektiv modallik xususiyatiga ega bo’lgan so’zlarni nazarda tutamiz, masalan: albatta, shubhasiz, so’zsiz, balki, sheqilli, haqiqatan, darhaqiqat, aftidan, ehtimol kabi modal so’zlarning ko’pchiligi fikrning aniqligiga ishonch biddirish, tasdiq yoki aksincha, u haqda tusmol, gumon ma’nolarini ifodalash uchun xizmat qiladi.
Modal so’zlarning doirasi, ular anglatgan ma’nolar ancha keng. Ular haqida keyinroq gapiramiz. Bu o’rinda diqqatni boshqa narsaga jalb etmoqchimiz. Modal so’zlar, asosan, boshqa so’zlar gruppasidan o’zining asl ma’nosidan ma’lum darajada uzoqlashish yo’li bilan ajralib chiqqan so’zlar gruppasidir. Masalan, agar ulardan ba’zilari (ehtimol, haqiqatan, darhaqiqat, davoqye, shubhasiz, so’zsiz shaksiz, shekchamasi, mazmuni, haqiqatda, rostdan, aslida, aftidan kabi) ot turkumidan modal so’zlar gruppasiga o’tgan bo’lsa, ikkinchi xillari sifatlardan (tabiiy, muhaqqak), ravishlardan (albatta, xayriyat), fe’llardan (hoynahoy), bog’lovchilardan (balki)olmoshlardan (o’z-o’zidan) bu gruppaga o’tgandir.

Modal so’zlarning ayrimlari boshqacha prosesslar natijasida ham maydonga keladi. Masalan, baxtga qarshi, har qalay kabi modal so’zlar ikki so’zning qo’shilishidan hosil bo’lgan bo’lsa, ma’lumki (siz bilan bizga yoki hammaga), xullas (xulosa qilib aytsak) kabi modal so’zlar ellipsis natijasida maydonga kelgan.


Shuni alohida ta’kidlash kerakki, hali o’zbek tilshunosligida qanday so’zlar modal so’zlar gruppasiga kiritilishi kerak, degan masalada olimlar o’rtasida hamfikrlik yo’q. Bu esa, yuqorida aytganimizdek, modallik va uning turlari masalasining o’zbek tilshunosligida to’g’ri hal qilinmaganligi bilan izohlanishi kerak. Shu sababli modal so’zlar ba’zan ravishlar, ba’zan yuklamalar bilan aralashtiriladi.
Modal so’zlarni, fikrimizcha, eng avvalo uch katta gruppaga ajratish kerak. Ya’ni: 1) sof modal so’zlar – ular qaysi so’z turkumiga aloqasi bo’lishdan qat’iy nazar, bugungi kunda faqat modal so’z sifatidagina ishlatiladi va so’zlovchining o’z nutqiga yoki gap mazmuniga, borliqqa ijobiy, salbiy yoki emosional munosabatini bildiradi; 2) modallik ottenkasiga ega bo’lgan so’zlar – bu so’zlar potensial jihatdan modallik ma’nosiga ega, ammo hali modal so’zlar gruppasiga to’liq o’tib ulgurmagan. Lekin bu so’zlarning gap sostavida ishlatilishi so’zlovchining ma’lum baholash maqsadi bilan bog’langan. Ular qatoriga binobarin, umuman, demak, masalan, zotan, attang, ayniqsa, zora, afsus kabilarni kiritish mumkin; 3) funksional modal so’zlar – ular o’zining asl turkumiga kiritiladi va shular ichida klassifikasiya qilinadi. Ammo, kontekst va ma’lum intonasiya yordamida bunday so’zlar ham subyektning voqyeaga, predmetga bo’lgan munosabatini (ijobiy, salbiy yoki boshqacha) bildirish uchun xizmat qiladi. Ya’ni boshqa turkum ichida qaraluvchi bu so’zlar ma’lum kontekstdagina, ma’lum intonasiya yordamida modal so’z vazifasini bajaradi, boshqa o’rinda o’z turkumi ichida qolaveradi. Demak, kontekst bu yerda realizatorlik rolini bajaradi. Rost, to’g’ri, durust, tuzuk, ma’qul, tag’in, yana kabilar funksional modal so’zlardir. Bular asli sifat turkumiga kiritiladi. Ammo o’rni bilan modal so’z vazifasini bajaradi. Shuning uchun yuqoridagi so’zlarning sifatlik vazifasi bilan modallik vazifasini aralashtirmaslik kerak. Sh.U.Rahmatullayev bunday so’zlarni hamda kerak, darkor, zarur, lozim kabilarni modal ma’noli so’zlar sifatida izohlaydi (46,589).

Misollarni chog’ishtiraylik: To’g’ri bo’ling, bexavotir bo’lasiz («Uch og’ayni botirlar»). Yaxshi fazilatlar bilan to’lib toshgan bunday odamlar har qanday onadan har doim tug’ilavermasligini, nahotki, Aziza bilmasa (Yo.Shukurov); Shuncha yildan beri ahvol shu. To’g’ri, avvallari kolxozda zveno boshlig’i bo’lgan vaqtlarimda erim yaxshi edi. Brigadir bo’ldim-u, baloga qoldim (A.Qahhor). Yaxshi, xush ko’rdik, deb qo’lini ko’ksiga qo’ydi (P.Qodirov).


Birinchi ikki misolda yaxshi va to’g’ri so’zlari o’z ma’nosida, o’zining tipik vazifasida (sifat) ishlatilgan bo’lsa, keyingi, misollarda bu so’zlar subyektning gapda ifodalangan mazmunga modal munosabatini (tasdiqlash) ifodalayapti.
Birinchi ikki misoldagi to’g’ri va yaxshi (sifatlari) so’zlari bilan uchinchi va to’rtinchi misollardagi to’g’ri, yaxshi (modal so’z funksiyasida) so’zlari o’rtasiga hyech xam tenglik belgisini, qo’yib bo’lmaydi. Bular o’rtasida omonimik munosabat paydo bo’lganga o’xshaydi (46,589).
Modal, so’zlar boshqa so’zlardan leksik-semantik, morfologik va sintaktik xususiyatlari bilan farqlanib turadi, dedik. Leksik-semantik jihatdan subyektiv modallik bildirishi bilan xarakterlanuvchi modal so’zlar morfologik jihatdan o’zgarmasligi bilan xarakterlanadi. Ma’lum darajada mustaqil ma’no anglata olishi bilan modal so’zlar mustaqil so’zlarga yaqinlashsa, gapning biror bo’lagi vazifasini bajara olmasligi (ayrim epizodik holatlar bundan mustasno),* so’z o’zgartuvchi affikslar ola olmasligi bilan yordamchi so’zlarga yaqinlashadi. (Mustaqil so’zlardan sifat va ravishlar, bundan tashqari, ayrim mustaqil so’zlarning ba’zi turlari ham morfologik jihatdan o’zgarmaydi).
Modal so’zlar kelishik, egalik, shaxs-son affikslarini ola olmasligi bilan xarakterlanadi. Ana shu xususiyatlari bilan ular biz gruppalashtirayotgan o’zgarmaydigan so’zlar ichida qaraladi. Modal so’zlar ham aytganimiz - so’z o’zgartuvchi affikslarni boshqa o’zgarmovchi so’zlar (masalan, undovlar, taqlidiy so’zlar, sifat va ravishlar) kabi otlashgandagina qabul qila oladilar. Misol; Magazin mudirimiz har minutda albatta-albatta ni takrorlay beradi (Og’zaki nutq). Shunday vaqtda ular gapning biror bo’lagi vazifasini ham bajara olishi mumkin.
_____
* Modal ma’noli (Sh.U.Rahmatullayev termini bilan aytganda) lozim, kerak, zarur tipidagi so’zlar gapda kesim bo’lib kela oladi.

Rus tilshunosligi va ayrim turkologik asarlardagi kabi o’zbek tilshunosligida ham modal so’zlarni ma’nolariga ko’ra klassifikasiya qilishda olimlar pozisiyalari bir-biridan farq qiladi.


Akad. V.V.Vinogradov o’zining «Russkiy yazыk» (5) asarida modal so’zlarni anglatgan ma’nolari asosida 12 gruppaga bo’lsa, 1950 yil nashr etilgan «O kategorii modalnosti i modalnыx slovax v russkom yazыke» (41,59) nomli maqolasida ularni to’rt gruppaga ajratadi. V.V.Vinogradovdan keyin ba’zi olimlar modal so’zlarni ikki gruppaga ajratsalar (fikrning aniqligini bildiruvchi modal so’zlar va fikrning noaniqligini bildiruvchi modal so’zlar) (41,331), ikkinchi bir xillari ularni to’rt gruppaga (8,386-387): tartib va fikrlar munosabatini anglatuvchi, xabar haqida so’zlovchining ishonchini bildiruvchi, emosional munosabat bilan bog’liq ravishda baholashni ko’rsatuvchi va tinglovchi munosabatini uyg’otuvchi modal so’zlarga ajratadi.
O’zbek tilshunosligida modal so’zlarni ma’nolariga ko’ra birinchi marta Sh.U.Rahmatullayev klassifikasiya qiladi. U o’zbek tilidagi modal so’zlarni: 1) aniqligini anglatish uchun xizmat qiluvchi modal so’zlar va fikrning noaniqligini anglatish uchun xizmat qiluvchi modal so’zlar tarzida ikki katta gruppaga bo’ladi (49,485). Xuddi shu fikrni u O’zbekiston Akademiyasi tomonidan 1975 yil nashr etilgan «O’zbek tili grammatikasi»da ham aytadi (46,583). Ammo bu har bir katta gruppa yana o’z ichida umumiy ma’nosi bilan birlashadigan bir necha kichik-kichik gruppachalarga bo’linadi.
Ya.Pinxasov esa, modal so’zlarni ma’no tomonidan to’rtga: 1) fikrning aniqligini bildiruvchi modal so’zlar, 2) fikrning noaniqligini bildiruvchi modal so’zlar, 3) fikrning birovga qarashliligini bildiruvchi modal so’zlar, 4) fikrning bir-biriga bog’liq ekanligini bildiruvchi modal so’zlarga bo’ladi (26,44). Ye.M.Galkina-Fedoruv, Sh.U. Rahmatullayev va Pinxasovlar klassifikasiyasidagi bu farqlarni, ya’ni qanday so’zlar modal so’zlar deb qaralishi kerak, degan masalani ikki xil tushunish bilan izohlash mumkin. Ya’ni Ye.M.Galkina-Fedoruk ham, Sh.U.Rahmatullayev ham Ya.Pinxasov klassifikasiyasidagi uchinchi va to’rtinchi gruppani modal so’zlar gruppasiga kiritmaydilar. M.Mirzayev modal so’zlarni ma’nodagi yaqinliklariga asoslangan holda 9 gruppaga ajratadi (23,162). S.Saidov esa boshqacha yo’l tutadi. U «modallik» va «modal so’zlar» terminlarini keng ma’noda tushunib, o’z klassifikasiyasida

obyektiv modallik bildiruvchi so’zlarni ham modal so’zlar gruppasiga kiritadi. S.Saidov modal so’zlarni eng avvalo to’rt katta gruppaga: 1) so’zlovchining voqyelik faktiga bo’lgan fikrining reallik darajasini ifodalovchi so’zlar, 2) so’zlovchining voqyelik faktiga bo’lgan zaruriyatlik munosabatlarini ifodalovchi modal so’zlar, 3) so’zlovchining voqyelik faktiga bo’lgan emosional munosabatlarini ifodalovchi modal so’zlar va 4) so’zlovchining fikrni ifodalash formasiga bo’lgan munosabatini ifodalovchi modal so’zlarga bo’ladi. So’ngra har bir gruppa yana mayda gruppa va gruppachalarga bo’linadi.


Bu klassifikasiya modal so’zlarning hamma xususiyatlarini qamrab ola olganligi bilan diqqatni o’ziga tortadi. O’rni kelganda ta’kidlab o’taylik: biz modal so’zlar klassifikasiyasida ko’proq S.Saidovning klassifikasiyasiga asoslanamiz. Bu, bir tomondan, bizning ham K.M.Galnina-Fedoruk (30-226) va Sh.U.Rahmatullayevlar (46,588) modal so’zlar sostaviga kiritmagan ko’pgina so’zlar modallik xususiyatiga ega ekanligi to’g’risidagi fikrga qo’shilishimiz bilan izohlansa, ikkinchi tomondan, tilshunoslikda modal so’zlar sostavi faqatgina voqyea-hodisaga subyektiv munosabatni bildiruvchi so’zlar bilan chegaralanmasligi kerak, modallik voqyea-hodisalar munosabatidagi obyektiv haqiqatni ham ko’rsatishi mumqin, degan to’g’ri fikrning borligi bilan ham izohlanadi. Uchinchidan, logikadagi modallik bilan tildagi modallikni farqlash lozimligi haqidagi tezis ham keyingi ikki gruppani modal so’zlar sifatida talqin qilish imkonini beradi (33,41).
O’zbek tilidagi modal so’zlarni R.Komiljonova monografik planda o’rgandi (17). R.Komiljonova modal so’zlarni qo’llanish formasiga binoan eng avvalo ikki gruppaga bo’ladi (1. vvodnыye modalnыye slova, 2. komponiruyemыye modalnыye slova).* So’ngra birinchi gruppani 14 mayda gruppachalarga, ikkinchisini esa olti mayda gruppachaga bo’ladi.
Biz o’zbek tilidagi modal so’zlarni ko’rsatilgan klassifikasiyalar va to’plangan materiallar asosida 5 katta gruppaga bo’lishni lozim topamiz. Bizning klassifikasiyamiz ilgarigi klassifikasiyalardan ayrim jihatlariga ko’ra farq qilsa ham, lekin ular bilan qarama-qarshi qutbda turmaydi:

  1. So’zlovchining o’z fikriga ishonchini, uni tasdiqlashini va bu orqali

_____
* Avtor «komponiruyemыye modalnыye slova» termini ostida analitik formadagi kesimlar sostavida kelib, turli xil modal munosabatlarni bildiruvchi so’zlarni kiritadi (ishlasam kerak, bormog’i lozim, kelishi, shart, qochirib bo’lmas, tiysa bo’lardi kabi).

voqyelikka munosabatini ifodalovchi modal so’zlar (albatta, shubhasiz, haqiqatan, o’z-o’zidan, tabiiy, darhaqiqat, hoynahoy). Durust, bo’pti, mayli, xo’p, bor, ha, to’g’ri, tuzuk, yaxshi sifatlari ham shu funksiyada ishlatiladi.


2. So’zlovchining o’z fikrining noaniqligini, gumonliligini, ehtimolliligini ta’kidlash va shu orqali voqyelikka munosabatini ifodalovchi modal so’zlar (ehtimol, balki, chiqar, chog’i, aftidan, mazmuni, chamasi, sheqilli).
3. So’zlovchining o’z nutqini emosional baholashi va shu orqali voqyelikka bo’lgan munosabatini bildiruvchi modal so’zlar (afsus, attang, esiz, koshki).
4. So’zlovchining fikrni ifodalash formasi va u orqali voqyelikka munosabatini bildiruvchi modal so’zlar (birinchidan, ikkinchidan, uchinchidan, demak, xullas, modomiki, darvoqye, aytganday, aytmoqchi, menimcha, sizningcha, aytishlaricha).
5. So’zlovchining o’z nutqiga va voqyelikka nisbatan lozimlik munosabatini bildiruvchi modal so’zlar (lozim, kerak, darkor zarur kabi).
Gruppalarning har biri to’g’risida alohida to’xtalaylik.
1. So’zlovchining o’z fikriga ishonchini va uni tasdiqlash orqali voqyelikka bo’lgan munosabatini ifodalovchi modal so’zlar. Bu gruppaga kiruvchi modal so’zlarning doirasi ancha keng bo’lib, ular anglatgan tasdiq, ishonch, aniqlik ma’nolari ham turli-tuman ma’no nozikliklariga ega. Ya’ni ayrim modal so’zlar fikrning aniqligini ishonch bilan tasdiqlasa, u qo’llanganda ikqilanish va boshqa o’rinlarga yo’l qoldirmasa, ikkinchi bir xillari ilgari aytgan fikrga, mulohazaga so’zlovchining roziligini, unga qushilganligini yoki uni qo’llab quvvatlashini bildirish, ba’zan esa noroziligini bildirish ma’nolariga ega.
Masalan, gap sostavida albatta, shubhasiz, haqiqatan, o’z-o’zidan, darhaqiqat kabi modal so’zlar ishlatilganda, bu gap orqali ifodalangan fikrning to’g’riligiga, aniqligiga tinglovchida shubha qolmaydi, hyech bo’lmaganda, shubha qolmasligi kerak. Ammo kontekst yoki intonasiya boshqacha ma’no keltirib chiqarishi ham mumkin. Misollar: Albatta, men senga ishonaman, qizim (M.Shomansur). Darhaqiqat, oradan ko’p o’tmay. Zulfiqorov brigadirlikka tayinlandi (A.Qahhor). Haqikatan, poroxodni yana ham o’ngga olmasa qiya oqim barjani qo’ndalang qilib, jar tomon tortib qyetishi hyech gap emas edi (A.Muxtor). Shubhasiz, bu kompromissdir («Fan va turmush»).

Yüklə 64,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə