Mavzu: Modal so'zlarning stilistik xususiyatlari Reja: Kirish 1-bob. Modallik


Modal so’zlarning gap tarkibidagi o’rni



Yüklə 64,37 Kb.
səhifə10/12
tarix18.05.2022
ölçüsü64,37 Kb.
#87265
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Modal so\'zlarning stilistik xususiyatlari

Modal so’zlarning gap tarkibidagi o’rni
Modal so’zlar gapning boshida ham, o’rtasida ham, oxirida ham ishlatiladi. Ammo ularning ba’zilari gapning boshida (afsus, xayriyat, ajabo, koshki, darhaqiqat, balki, mayli, demak, xullas, chunonchi, shoyad, menimcha,

darvoqye, to’g’ri, chamamda, aftidan kabi), ba’zilari esa gapning oxirida ko’proq ishlatiladi (sheqilli, mumkin, kerak, lozim, chori kabi). Uchinchi bir xillarining o’rni esa erkinroq.
Lekin aytilganlardan ayrim modal so’zlar faqat gapning boshida, ayrimlari esa faqat gapning oxirida ishlatilar ekan, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak, chunki biz, gap boshida ko’proq ishlatiladi, degan modal so’zlar gapning o’rtasida yoki oxirida ishlatilishi va aksincha, gap oxirida ishlatilishini ta’kidlaganimiz modal so’zlar gapning boshida va o’rtasida ishlatilishi mumkin. Tekshirish shuni ko’rsatadiki, modal so’zlar, umuman, ko’proq gapning boshida, ozroq gap oxirida ishlatiladi. Bu ularning gapning umumiy mazmuniga aloqadorligi bilan bog’liq bo’lishi ham mumqin. Har holda, gap o’rtasida modal so’zlarning ishlatilishi ko’rsatilgan ikki holatga nisbatan kamroq. Misollar keltiramiz: a) gap boshida. Balki, obihayot olib kelish uchun jangga kirganimdan, sevinchimdandir! (M.Xalil, B.Boyqobilov). Ehtimol, saharni yashnatib, kurashga, jabhaga ketamiz (H.Olimjon). Albatta, Solih mahdum og’irroq kasbni udda qilolmas, imomatga bo’lsa, soqoli chiqmaganlikdan yarolmas edi (A.Qodiriy); b) gap o’rtasida. Abdulla dadasining nima uchun Mirza oldiga borishini aniq bilmasa ham, lekin kattalarning gapidan o’zicha xulosa chiqarib, hoynahoy, buning oqibati yaxshi bo’lmasligiga oz-moz tushunib yetgan edi (A.Fayziy) Qalandarov, haqiqatan, Nosirov payqaganicha va Saida aytganicha, xiyla erka raislardan edi (A.Qahhor); v) gap oxirida. – Mast bo’lgandirsizlar-a? –Esimda yo’q. Bo’lgandik, sheqilli (Saltikov-Shchedrin). Odam ko’ngli tortgan ishni, albatta, qilishi kerak (A.Muxtor).
Modal so’zlar gapda kirish so’z funksiyasida kelganda maxsus intonasiyaga ega bo’ladi va yozuvda boshqa bo’laklardan vergul bilan ajratiladi. Vergul, agar modal so’z gap boshida kelsa, undan qyeyin, gap o’rtasida kelsa, ikki tomonidan, gap oxirida kelsa, undan avval qo’yiladi. Zaruriyat, lozimlik bildiruvchi modal so’zlar, odatda, maxsus intonasiya va yozuvda vergul bilan ajratilmaydi.
Shunday qilib, modal so’zlar so’zlovchining o’z nutqiga, gapda ifodalangan mazmunga va shu orqali obyektiv borliqqa munosabatini bildiradi. Ular anglatgan ma’nolariga ko’ra turli-tumandir. Haligacha o’zbek tilshunosligida modal so’zlarning sostavi, ularning ma’no turlari va funksiyalari haqida tilshunoslar fikrlaridagi har xilliklar bartaraf qilinganicha yo’q.

Modal so’zlar ayrim xususiyatlari bilan undovlar, yuklamalarga o’xshab ketadi. Masalan, modal so’zlar undovlar kabi gapning boshqa bo’laklari bilan bog’lanmaydi, yuklamalar esa modal so’zlarga o’xshash ko’pincha gapning umumiy mazmuni yoki biror bo’lagi bilan ma’no jihatidan bog’lanadi (46,585-587).



Yüklə 64,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə