Mavzu: Modal so'zlarning stilistik xususiyatlari Reja: Kirish 1-bob. Modallik



Yüklə 64,37 Kb.
səhifə7/12
tarix18.05.2022
ölçüsü64,37 Kb.
#87265
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Modal so\'zlarning stilistik xususiyatlari

So’zsiz, bu o’z-o’zini fosh etish bilan barobar bo’lur edi (Q.Quliyev). Bu gruppa ichida tahlil qilinayotgan durust, bo’pti, mayli, xo’p, ha kabi modal so’zlar va o’z xususiyati bilan bu modal so’zlarga yaqin bo’lgan to’g’ri, tuzuk, yaxshi sifatlari modal so’z funksiyasida ishlatilganda, boshqacharoq xarakterga ega bo’ladilar.
Bu so’zlar ilgari aytilgan fikrning to’g’riligini, aniqligini tasdiqlaydi, lekin bunda yuqoridagi modal so’zlardagidek qat’iylik bo’lmaydi. Ular dialogik nutqda suhbatdosh replikasi orqali ifodalangan fikrga qo’shiladi, unga rozilik bildiradi va aytilgan fikrni quvvatlaydi yoki o’zining ilgari aytgan fikrini yana bir bor tasdiklaydi, ta’kidlaydi: –Xo’p, sening rizoliging yo’lida... – dedi Anvar yarim tovushda (A.Qodiriy). «Mayli, avval chaling, axir?» – dedi (Yo.Shukurov). Mayli sovet Sharqi erkin qizining. Javobin eshitsin xalqlar va jahon (Zulfiya).
Yaxshi, men roziman («Sharq yulduzi»). Nosirov stolning tortmasidan bloknotini olib, tez-tez varaqlar ekan: – To’g’ri! Bilar ekansiz! – dedi (A.Qahhor).
Bu kabi so’zlarning modal ma’noda ishlatilishida yana bir holatga ahamiyat berish kerak. Ya’ni, aytganimizdek, mazkur modal so’zlar oldingi fikrni tasdiqlaydi va bundan keyingi gapda so’zlovchining e’tirozi ham ifodalanadi. Bunday vaqtda ular shartli ravishda fikrning aniqligini bildiruvchi modal funksiyadagi so’z sifatida qaraladi. Masalan: To’g’ri (ilgari aytilgan fikr yoki fakt tasdiqlandi – R.Q.), adabiy asarning joni o’ning mazmuni, lekin bu jonning jon bo’lishi uchun jasad ham kerak (A.Qahhor). Yaxshi (ilgarigi fikr yoki fakt tasdiqlandi – R.Q.), lekin ishxonada mumkin emas («Sharq yulduzi»).
Fikrning aniqligini bildiruvchi modal so’zlarning ba’zilari bo’lib o’tgan yoki bo’lishi lozim hisoblangan voqyea haqida so’zlovchining eslash yo’li bilan tasdig’ini bildiradi: Ha, aytganday, Zubarjad, Risqul hali kelib ketdi (Zulfiya). – Aytgancha, – deb davom etdi Asqarali, – kecha Markaziy Komitetdan telefon qilishdi. GDRga ketayotgan yoshlar bilan borib qyelishimni surashdi (Yo.Shukurov). Darvoqye, ikki dona yong’og’i ham bor ekan (O.Husanov).
2. So’zlovchining gapda ifodalangan fikrning noaniqligini, gumonliligini, ehtimolliligini va u orqali voqyelikka munosabatini ifodalovchi modal so’zlar.

Bu gruppadagi so’zlar ko’proq irreal modallikni ifodalaydi. Shuning uchun ham sostavida bunday modal so’zlar bo’lgan gaplarning kesimi ko’pincha kelasi zamon sifatdoshlari bilan ifodalanadi. So’zlovchi gapda ifodalangan harakatning kelajakda bajarilishiga yoki o’tmishda bajarilganligiga shubha, ishonchsizlik bilan qaraydi. Misollar: – Bunday qattiq ketmasangiz bo’lardi... Ehtimol, bir kun borib yarashardik (A.Muxtor). Hozir mening otam rahmatlik ko’rsa, ehtimol, taniy olmas edi (P.Qodirov).


O’zingni bos, hovliqma, sabr et!
Balki, kelib qolar kutganing (Uyg’un).
Balki, biz ham ko’p qatorida
Shunday baxtli bo’larmiz, – dedi (H.Olimjon)
Aftidan, bu yaylovga yaqinda ko’chib kelishgan (Zulfiya). Chamamda, mening bu gapim unga yoqmadi, sheqilli (Ch.Aytmatov). Chamasi, uy masalasida kelganga o’xshaysiz? (Nguen Din Txi).
Agar o’n sakkizga qaytsam, mabodo,
Shu sakson darada qolib ketardim. (Zulfiya).
Oxirgi misoldagi kabi gapning kesimi aniqlik maylidagi fe’l bilan ifodalanganda gapda umuman tasdiq, ishonch ma’nosi bo’ladi, ammo u gap sostavida kelgan modal so’z endi unga ishonchsizlik, gumon, irreal+modallik ottenkasini beradi.
Shu ikkinchi gruppa ichida qaraladigan sheqilli, chamasi, aftidan, mazmuni kabi modal so’zlar, asosan, tasdiq bildiruvchi gaplarga ishonchsizlik ottenkasini kiritadi: leytenant o’zi ham charchadi, sheqilli, ikki qo’lini hovuchlab, peshonasiga qo’ydi... (R.Fayziy).
Menimcha, fikrimcha, aytishlaricha, sizningcha, seningcha, uningcha tipidagi modal so’zlarda so’zlovchining o’zi aytayotgan fikriga yoki boshqa manbadan qabul qilingan informasiyaning to’g’riligiga ishonchsizligi ifodalanadi: I shaxsda o’zi aytayotgan fikrga, II III shaxsda boshqa manbalardan qabul qilingan informasiyaga nisbatan gumonliroq munosabati seziladi. Qiyos qilaylik: menimcha, jahonda sizdan yo’q qashshoq, Ey duru gavharga qo’milgan xonim! (Zulfiya). Ma’lumki, “metod” so’zi lotincha bo’lib, bizningcha, nazariy tekshirish yo’li, usuli degan ma’nolarni bildiradi (J.Hojimatov). Nazarimda, Doniyor bilan Jamila butunlay boshqacha bo’lib qolgan edi (Ch.Aytmatov). Aytishlaricha, u yerda bir qarich ham bo’sh yer qolmaganmish (Nguen Din Txi).

Keltirilgan misollarning ba’zilarida fikrlar so’zlovchining o’ziga qarashliligi ko’rsatiladi, lekin fikr qat’iyligi ta’kidlanmaydi, boshqa birlarida esa fikr boshqa shaxslarga tegishli ekanligi, uning gumonliroq ekanligi ko’rsatiladi va so’zlovchi o’zini chetga oladi.


3. So’zlovchining o’z nutqini emosional baholashi va u orqali voqyelikka munasabatini bildiruvchi modal so’zlar. Emosiya bilan bog’langan modal so’zlar so’zlovchining achinishi, taajjublanishi, afsuslanishi, shodligi, xursandchiligi kabi ma’nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Sostavida bunday modal so’zlar ishlatilgan gaplarda ham biror voqyea-hodisa yo tasdiqlanadi yo inkor qilinadi (modal so’z olib tashlangan holda). Modal so’z esa turlicha emosiya orqali ana shu mazmunga, fikrga nisbatan so’zlovchining munosabatini bildiradi: afsus, afsuski, afsuskim, attang, esiz, xayriyat, yaxshiyamki, shukurki, koshki, baxtimga kabilar. Misollar: Lekin, afsus... anglamasdan senga qadah beradi. Faqat, sen ham talpinasan shodliklarga to’lasan (H.Olimjon).

Yüklə 64,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə