Mavzu: mikrobiologiya fani


Mavzu :Bakteriofaglar ,antibiotiklar



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə3/14
tarix18.05.2018
ölçüsü0,71 Mb.
#44658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

4.Mavzu :Bakteriofaglar ,antibiotiklar .

Reja:

  • fagnit tabiatda tarqalishi va uning asosiy hususiyatlarini

  • antibiotiklar tasnifi va ularning ta`sir etish mehanizmini;

  • fffagva antibiotiklarni tibbiyotda ishlatilishini;

Faglar –bakteriya va ko’pgina boshqa mikt\roorganizmlarning viruslari-

dir.”Fagos” grekcha yemiraman degan ma’noni bildiradi.Ma’lum sha-

roitda ular o’ziga mos hujayrani eritish (lizislash) xossasiga ega.Bu xo-

disani birinchi bo’lib rus olimi N.F.Gamaleya 1898-yili kuzatgan.Ammo u o’z kuzatuvini atroflicha tekshirmagan.1917-yili fransuz olimi D’Errel

dezinteriya (ichburug’) kasalligi bilan og’rib tuzalgan bemor najaz filtratini, shu kasallik qo’zg’atuvchisini saqlovchi yangi kulturaga qo’sh-

gan.Ma’lum vaqtdan so’ng najaz tarkibida bakteriyalarni erituvchi bir narsa borligini aniqlagan.Bu xodisa bemorning tuzalish davriga to’g’ri kelgan.D’Errel bu virusni bakteriofag deb nomladi.Uning bu kashfiyoti

qator yuqumli kasalliklarning oldini olish va davolashda tibbiyotda keng qo’’laniladi.

Faglarning tabiati.Faglar suvda tuproqda odam a hayvonlarning organi-

zmlarida, sut va najazlardan topilgan.Faglar organizm bo’lib, ko’payish,

o’z nasl belgilarini,xossalarini nasldan naslga uzatish xossasiga ega va turli xil omillar ta’sirida o’zgaradi.Ular faqat rivojlanayotgan yosh hujayraga ta’sir ko’rsatishi va parchalashi mumkin.

Faglarning morfologiyasi.Faglar itbaliq shakliga ega.Bosh va dum qism-

dan iborat.Bosh qism dum qismiga yoqacha orqali birikadi.Dum 22 buramadan iborat oqsil bilan qoplangan.Dumning pastida bazal plastin-

kasi bo’lib, undan fibrillalar tarqalgan.Plastinkadan lizosim moddasi ajraladi.Faglarning kattaligi turlicha.Dumi uzun, g’ilofi qisqargan, dumi kalta, dumsiz va ipsimon turlari mavjud.

Faglarning kimyoviy tarkibi.Barcha viruslar kabi faglar bitta nuklen kis-

lota va oqsildan tashkil topgan.Nuklen kislota molekulasi spiralsimon buramadan iborat bo’lib, bosh qismida joylashgan.Fagning jildi oqsil tabiatli.

Faglarning spesifigligi. (mosligi) Faglar spesifig xossaga ega bo’lib ular o’ziga mos turdagi mikroorganizmlarga parazitlik qiladi.Bu faglar mkrob – hujayin nomi bilan ataladi.(stafilakokk, streptakokk, dezinteriya va boshqa).

Faglarni sezgir hujayra bilan o’zaro ta’siri.Bu jarayon ketma-ket boradigan bosqichdan iborat bo’lib,bir-ikki soat davom etadi.

1-bosqich.Adsorbsiya bosqich.Faglar dumi bilan o’ziga mos hujayra devoriga yopishadi.

2-bosqich.Kirish bosqichi.Fag tarkibidagi Nuklen kislota hujayra ichiga kiradi.

3-bosqich.Reproduksiya bosqishi.Fag hujayra ichidagi kerakli moddalardan oziqlanib yosh faglar hosil qiladi.

4-bosqich.Yetilish bosqichi.Yosh faglar yetilgan faglarga aylanib to’pla-

nadi.

5-bosqich.Lizis bosqichi.Yetilgan faglar bakteriya hujayrasini eritib tashqi muhitga chiqadi.Bunda hujayra devoir bo’linib ketadi.Mikroorga-



nizmlarga ta’sir qilishiga ko’ra faglar ikki xil:

1.Virulent-o’ziga mos hujayrani zararlab lizisga uchratadi.Natijada yangi hujayrani lizisga uchratuvchi ko’p miqdorda yetilgan faglar yuza-

ga keladi

2.Mo’tadil- faglar hujayrani hammasini lizisga uchratmaydi.Ayrimlari hujayra ginetik apparatiga bog’lanib birlashgan xramasomalar hosil qila-

di.Bunda hujayra nobud bo’lmaydi.Motadil faglar mikrobiologik ishlab chiqarishga zarar yetkazishi mumkin.Mo’tadil faglar mikroorganizm o’zgaruvchanligiga ta’sir qiluvchi kuchli omil hisoblanadi.

Faglarning chidamliligi.Vegitativ shaklidagi faglar hujayinlariga nisbatan fizik va kimyoviy omillarga ancha chidamli.Faglar 75˚C haro-

ratgacha qizdirishga, uzoq vaqt quritishga chidamli.Ular antibiotiklarga,

timol,xloraformga sezuvchi emas.Kislota va dezinfeksiyalovchi faglarga

halokatli ta’sir qiladi.

Xozir faglardan.tibbiyotda bir qator kasalliklarni davolashda foylaniladi.

Kasalni bakteriofag bilan davolash fagoteropiya, oldini olish maqsadida

qo’llanilsa- fagoprofilaktika, yuqimli kasalning turini aniqlash uchun qo’llanilsa –fagodiagnostika deyiladi. Antiboitiklar-grekcha anti-qarshi, bios-hayot degan ma’noni bildirib,mikroorganizmlarga tanlab o’ldiruvchi yoki uning o’sishiga to’sqinlik qiladigan xususiyatga ega.Mikroorganizmlarda antibiotik ishlab chiqarish mikrob antogonizmining asosi hisoblanadi.Antogonistik xususiyatga ega ko’pgina mikroorganizmlar:zamburug’lar, altinomiset, sporali bakteriyalar tuproqda, suv havzalarida odam va hayvon mikro-

formalarida uchraydi.Mikrob antogonizmini amaliyotda qo’llanilishini L.Paster 1877-yili o’rgangan.Rus olimlari I.I.Mechnikov, V.A.Manassein, A.G.Polotebnovlar bir tuedagi mikroorganizmlarni ikkinchi turdagi mikroorganizmlarga ta’siri ustida ish olib borishgan.

Antibiotiklar:

1.Past o’simliklardan olinadigan antibiotiklar:

a)mo’g’or zamburug’idan olinadigan antibiotiklar (penitsilin)

b)Aktinomitsitlardan olinadigan antibiotiklar (streptomitsin, tetrosiklin)

v)bakteriyalardan olinadigan antibiotiklar (gramisidin, polimiksin)

2.Yuqori darajali o’simliklardan olinadigan antibiotiklar (piyoz, sarimsoq piyozlar, fitositlar)

3.Hayvon to’qimalaridan olinadigan antibiotiklar (lizosim, ekmolin, interferon).

Antibiotiklar ta’sir etish doirasiga ko’ra 3 guruhga bo’linadi.

1.Grammusbat mikroorganizmlarga ta’sir etadigan antibiotiklar.Bularga penisilin va makrolid .

2.Keng qo’lamda ta’sir etadigan antibiotiklar.Ularga levomitsin,tetrosiklin,streptomitsin.

3.Zamburug’larga ta’sir etadigan antibiotiklar (nistatin,levarin)

Antibiotiklar quyidagi talablarga javob berishi kerak

1.Nihoyat past kosentratsiyada baktriosit xossasiga ega bo’lishi.

2.Organizmga yomon ta’sir etmasligi va organizmga yuborilganda o’zini aktivligini yo’qotmasligi.

3.Organizm fiziologik holatini buzmay, mikrob hayot faoliyatiga yomon ta’sir etishi kerak.

Antibiotiklarni organizmga yuborishdan avval uning sezuvchanligini aniqlash lozim.Buning uchun bilakning ichki tomoniga teri ostiga 0,1 ml antibiotic yuboriladi va buni 20-30 daq. kuzatiladi.Agar reksiya musbat (+) bo’lsa 1sm kenglikda qizarish va shish hosil bo’ladi.Bu holda antibiotikdan foydalanish mumkin emas.Alergik reaksiyalar toshmali qichimalar, dermatit – burun ,lab, qovoqlarning shishishi kuzatiladi.Eng xavflisi anafilaktik shok hisoblanib bemor o’lishi mumkin.Antibiotiklar homila rivojlanishiga zararli ta’sir ko’rsatadi.
Foydalaniladigan adabiyotlar:

1.A.B.G’anixo’jayeva “Mikrobiologiya”

2.E.Eshboyev “Mikrobiologiyadan amaliy mashg’ulotlar”

5.Mavzu:Infeksiya haqida tushuncha.

Reja:
1.Infeksiya jarayonlarining o’ziga xos hususiyatlarini;

2.Infeksiya manbai tarqalish yo`llari

3.Infeksiya kirish darvozasikechishini va formalarini.
Infeksiya yoki infeksion jarayon, lotincha infectjo — yuqtiraman, ifoloslantira- man, kasallik tug'diruvchi mikroorganizmlarning kirishi va bo'linib ko'payishidan hosil bo'ladigan hamda rivojlanadigan belgilari yig'indisidir.

Infeksiyaning namoyon bo'lishi turlicha, bu mikroorganimlarl xossasiga, mikroor- ganizmlar holatiga va o'rab turgan sharoitiga bog'liq. Infeksion jarayonning oxiri ya'ni namoyon bo'ladigan darajasi infeksion kasallik hisoblanadi.Ifeksion kasalliklar avvaldan ma'lum. Juda qadim o'tmishlardan bu kasalliklarning kelib chiqish sabablari to’g;risida to’liq tasavvurga ega bo’lmaganlar va buni Olloh tomonidan berilgan jazo deb hisoblaqanlar.XlX asr o'rtalarida L. Paster, R. Kox, I. I. Mechnikov, D. I. Ivanovskiy va boshqa olimlar infeksion kasallikning qo'zg'atuvchisi bo'lib mikroorganizmlar hisoblanishini isbotlab berishdi. Odamning har qanday infeksion kasalligiga muayyan turdagi mikroorganizmlar sabab bo'lishi haqidagi masala mana shu ishlar tufayli uzil-kesil hal etiladi. Infeksion kasalliklar quyidagi xossalari bilan tavsiflanadi:

1.Infeksion kasalliklar mikroorganizmlar ta'sirida yuzaga keladi.

2.Bemordan sog' odamga yuqadi.

3.Aholi orasida keng tarqalib sporadik, epidemiya, endemiya va pandemiyalarni keltirib chiqaradi.

4.Infeksion kasalliklar ma'lum davrlarda, yashirin (inkubatsion), darak beruvchi simptomlar (prodromal), kasallikning asosiy klinik belgilari namoyon bo'ladigan davri.

5.Kasallikdan so'ng immunitet yuzaga keladi (butun umrga mustahkam, kuchsiz).

Kasallik keltirib chiqaruvchi patogen mikroorganizmlar quyidagi xossalari bilan tavsiflanadi:

1.Patogenlik xossasi.

2.Virulentlik xossasi.

3.Spetsiflklik xossasi.

4.Toksigenlik xossalari.

Patogen mikroorganizmlar ta'rifi

Mikroorganizmlarning makroorganizmlarda patologik jarayonni, yа’ni kasallikni keltirib chiqarish xususiyatiga patogenlik deyiladi (lotincha pathos — uqubat, genos — tug'ilish). Bu xususiyati bo'lgan mikroorganizmlarni patogen mikroor-ganizmlar deyiladi. Patogenlik bu genga shartlab qo'yilgan tur xususiyatdir. Ko'pgina patogen mikroorganizmlar spetsiflklik xossasiga ega, ya'ni

u turdagi mikroorganizmlar o'ziga xos kasalliklarni keltirib chiqaradi, masalan, vaboni — vabo vibrioni, so'zakni — gonokokk va b.Bir turga kiruvchi u yoki bu shtammlar turli xil patologik ta'sir etishi mumkin. Patogenlik ta'sirining o'lchov birligi virulentlik deyiladi.Virulentlik mikroor- ganizmlarning barcha xossalari kabi o'zgarishi mumkin. Bu o'zgarishlar fenotipik xarakterga ega bo'lib, hujayra genining buzilishi natijasi hisoblanadi, bunda ular nasldan-naslga o’tadi. Virulentlikning susayishini yuzaga keltiravchi fenotipik o'zgarishlar mikroorganizmlar noqulay sharoitga tushganida, masalan, turli xil fizikaviy va kimyoviy omillar ta'sir etganda hosil bo'ladi. Bu o’zgarishlar mikroorganizmlar qulay sharoitga tushganda qayta tiklanadi, virulentlik yana ortadi. Virulentlikning barqaror pasayishi uzoq vaqt turli xil moddalar ta'sir etganda yuzaga kelishi mumkin. Kalmet va Geren sil bakteriyalaridan tirik vaksina BSJni oldi. Olimlar 13 yil kulturani buqa o’t suyuqligi qo'shilgan oziqa muhitga ekdilar. Bunda safroga yuqori chidamli avirulent bakteriya hujayrasi seleksiyada (tanlash) katta o'rin egalladi.Boshlang'ich kulturalarda ular miqdori ko'p emasdi (ulanr populatsiyadagi xossalari ko'rinmadi). Mikroorganizmlarga sezgir hayvonlarda passajlash orqali virulentlikni oshirish mumkin bo'ldi. Bunda seleksiyada virulentlikning asosiy populatsiyasi alohida o'rin tutadi.

Mikroorganizmlarning virulentligi ularning adgeziyaga (yopishish), kolonizatsiya (ko'payish), invaziya (to'qimalarga mikroorgani kirishi) va fagotsitozni to'xtatish qobiliyatiga bog'liq.

Adgeziya — mikroorganizm hujayrasini o'ziga sezgir ma'hi xo'jayin organizmiga shimilish xususiyatidir.

Kolonizatsiya — hujayra devoriga mikroblar yopishishi (masalan, vabo vibroni enterotsidlarda bo'linib ko'payishi) yoki yopishgan mikroblar hujayra ichiga kirishi (masalan, dizenteriya qo'zg'atuvchilari yo'g'on ichakning to'qimasida bo'linib ko'payishi) mumkin.

Invaziyalik — biriktiruvchi va boshqa to'qimalar o'tkazuvchanligining buzilishi (oshirilishi) mikrob fermentlarining xususiyati bog'liqdir. Bunday fermentlarga:

a) gialuronidaza (tarqalish omili) biriktiruvchi to'qimaning gialuron kislotasini parchalaydi va sf ningdek, mikroblarning to'qimaga kirishiga imkoniyat yaratib ber b) neyraminidaza — turli xil to'qimalar tarkibiga kiruvchi glikop teidlar, glikotsidlar, polisaxaridlardan neyramin kislotasini ajratib oladi. Fagotsitozni to'xtatish bu funksiyani bakteriyaning kapsulasi bajaradi. Turli xil mikroorganizmlar kapsulasi tarkibiga кo’ra moddalar har xil bo'lib, ularning funksiyalari ham turlicha, quydirgi qo'zg'atuvchisining kapsulasidagi polipeptid uni fagotsitlar ushlab olishidan saqlaydi. Ko'k yiring tayoqcha polisaxaridlari bakteriyani ushlab oladi va hujayra ichida hazmni kechiktiradi.

Yuqorida aytib o'tilgan omillardan tashqari, mikroblar fermentlar fagotsitozindan himoyalanadi. Masalan, stafilokokk kaogulaza plazmaning ivishiga yordam beradi, bu mikrob hujayrasi atrofida himoya g’ilofni hosil qiladi,fibrinolizin-fibrinni eritadi, shu bilan mikroblar tarqalishiga imkon beradi Mikroblarning hosil qiladigan zaharli moddalari ikki guruhga bo’linadi.

1.Ekzotoksinlar2.Endotoksinlar.


Ekzotoksinlar — tashqi muhitga yengil diffuziyalanadigan mikro-organizmlar metabolizmining mahsuloti hisoblanadi. Ular oqsil tabiatli bo'lib, bu ularni tashqi muhitga chidamli qiladi, lekin botulizm neyrotoksini, stafilokokk va vabo enterotoksinlari bundan holi, ular qaynatilganda tez parchalanadi.

Ekzotoksin hosil qiladigan mikroorganizmlar kirgan yerda joylashadi(kirish darvozasida) va ular hosil qilgan toksinlar makroorganizmlarda aylanib yuradi, masalan, qoqshol, bo'g'ma va boshqalar.Ekzotoksinlar juda zaharliligi va spetsifikligi — organotropligi bilan xarakterlanadi. Toksinning har bir turi ma'lum bir to'qimani shikastlaydi. Masalan, qoqshol ekzotoksini nerv sistemasiga zarar etkazadi, natijada bemorning muskullari tortishadi (spazm), bo'g'ma toksini yurak-tomir sistemasiga, buyrak usti bezlariga zarar etkazadi va hokazo.Biologik faolligiga ko’ra toksinlar bir xil emas: ularning ayrimlari kasallik belgilarini to'liq keltirib chiqaradi, masalan, qoqshol,bo’g’ma,botulism toksinlari. Qolganlari infeksion jarayonning kelib chiqishida qisman ishtirok etadi, masalan, stafilokokk, ichak tayyoqchasi va boshqalarning gemolitik toksini. Ekzotoksinlar tashqi muhitga singib ketadi. Ularni olish uchun mikroblar suyuq oziqa muhitlarida 37°C da 5—12 kun undiriladi. Вunday sho'rvada yetarli miqdorda ekzotoksin to'planadi. Shunday sho'rva filtrlansa olingan suyuqlikda toksin bo'ladi. Hozirgi vaqtda qator ekzotoksinlar sof holda ajratib olingan va to'liq o'rganiigan. Tozalangan toksinlar yuqori toksigenlik xossasiga ega.

Toksinlarning faol markaziga kimyoviy va fizikaviy omillar ta'sir ettirilib toksinning zaharli ta'sirini bartaraf qilish mumkin. Ekzotoksinlarni 0,4 % formalin ta'sirida, 39—40°C da 3—4 hafta saqlaganimizda ular zaharli xossasini yo'qotadi, lekin antigenlik xossasini saqlab qoladi. Bunday preparatlar vaksinaga o'xshab tayyorlanadi va anatoksinlar deb ataladi.

Endotoksinlar — lipopolisaxaridprotein kompleksidan iborat, mikroorganizm hujayrasiga mustahkam bog'langan. Ular spetsifik emas. Organizmga kiritilganda bosh og'rig'i, darmonsizlik, xalloslash va shu kabi umumiy zaharlanish belgilarini yuzaga chiqaradi.

Endotoksinlarning mikrob hujayrasi bilan bog'liqligi uni harorat va tashqi muhit omillarga chidamli qiladi. Endotoksin olish uchun mikrob hujayrasini parchalash lozim. Toksin ta'sirini ularga sezgir hayvonlarda aniqlanadi. Masalan, bo'g'ma toksinini dengiz cho'chqachasida, botulizm toksinini oq sichqonlarda va boshqalarda o'rganiladi.

Virulentlik va mikrob toksinlarining kuchini ifodalovchi ma'lum birlik bor: DLM, DCJ, D—50, DLM (Dosis fetalis mimuimd). Mikrob yoki toksinning eng kam dozasi laboratoriya hayvonlarining ko'p qismini o’limiga sabab bo'ladi. DCL {Dosis certe letalis) — laboratoriya hayvonlarini 100 % o’limga olib keluvchi mikroblar yoki toksinlar dozasidir. DL—50 (Dosis letalis) — laboratoriya hayvonlarning 50 % ini o'limga olib keluvchi mikrob yoki toksin dozasidir.

Virulentlik va toksin kuchining miqdori mikrob turi shtammiga, toksin turiga, shuningdek, yuborish usuliga bog'liq. Toksin kuchini aniqlash uchun tekshirish materialidan qator suyultirish darajalarini tayyorlab olinadi, har bir suyultirish darajasidan shu toksinga sezgir boigan qator hayvonlarga yuboriladi.

Infeksion jarayonning paydo bo'lishida mikroorganizmning ahamiyati.Infeksion jarayonning yuzaga chiqishi ma'lum darajada makroorganizmlar reaktivligiga, kasallik tug'diruvchi mikroblar va zaharlarning organizmga tushishiga bog'liq. Bunga quyidagi omillar katta ahamiyatga ega. Odamning yoshi. Yoshning ahamiyati organizm fiziologik xususiyati, jumla dan, moddalar almashinuvi tabiati bilan belgilanadi.Ma 'lumki, 6 oylikkacha bo'lgan bolalarda qizamiq, skarlatina, bo'g'ma juda kamdan-kam kuzatiladi, lekin shu kasalliklar 1 yoshdan 8 yoshgacha bolgan bolalarda ko'proq uchraydi. Katta yoshdagi kishilar zotiljamni og'ir o'tkazadi. Bundan tashqari, shunday infeksion agentlar mavjudki, ular turli yoshdagi organizmlarni bir hilda jarohatlaydi, masalan, gripp.

Nerv sistemasining holati. Nerv sistemasining ruhiy siqilishi infeksion kasalliklarning kelib chiqishiga va og'ir o'tishiga sabab bo'ladi, chunki bunda mikroorganizm himoya mexanizmining faolligi pasayadi.

Endokrin sistemasining holati. Endokrinologiya kasalliklari bilan kasallangan organizmda (diabet, qalqonsimon bez funksiyasining buzilishi va hokazo) ko'pincha yiringli yalligianish jarayonlari yuzaga keladi, bunga organizmning himoya kuchi kamayishi sabab bo'ladi.

Ovqatlanish. Och qolish yoki uzoq vaqt to'yib ovqat yemaslik ko'pgina infeksion kasalliklarni keltirib chiqaradi. Sil, vabo, dizenteriya va boshqa infeksiyalar to'yib ovqat yemaslik, och qolish natijasida kelib chiqadi. Ovqatda oqsil miqdorining yetishmasligi oqsil almashinish jarayoni buzilishiga olib keladi va natijada och qolish yuzaga keladi. Bu esa immunoglobulin sintezini, fagotsitoz faolligi pasayishini keltirib chiqaradi. Hujayralarning fagotsitoz faolligining susayishi A vitamin yetishmasligi natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Bu teri va shilliq qavatlarda yalligianish yuzaga kelishiga sababchi bo'ladi. В va С vitamini yetishmasligi organizmni sil, bo'g'ma, stafilokokk, streptokokk va boshqa kasalliklarga moyil qiladi.

Normal mikroflora organizmning himoya funksiyasida katta ahamiyatga ega. Masalan, ichak tayoqchasi yo'g'on ichakda doimo yashaydi, u qorin tifi va boshqa ichak patogen mikroorganizmlariga o'ldiruvchan ta'sir ko'rsatadi.

Tashqi muhit omillarining infeksion jarayon kelib chiqishi va rivojlanishiga ta'siri.Organizmning sovqotishi uning ko'pgina patogen va shartli pathogen mikroorga- nizmlarga nisbtan chidamliligini susaytiradi. Masalan, sovuq havo va namlikning birgalikdagi ta'siri nafas yoli shilliq qavatining chidamliligini susaytiradi, bu esa kasallikni keltirib chiqaradi.Ortiqcha issiqlash — uzoq vaqt va kuchli quyosh nuri ta'siri, ionlovchi radiatsiyaning yuqori miqdori, kasb zararliklari (issiq sexlardagi yuqori haroratdan nurlanish, kimyoviy moddalardan zaharlanish, kislorod yetishmasligi, jismoniy va aqliy toliqish va b.) infeksion kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Shu bilan birga yomon sanitariya-gigiyena sharoit, tiqilinch yashash, sanitariyaga xilof sharoit, madaniy saviyaning pastligi qo'zg'atuvchini doimo aylanib yurishiga qulay sharoit tug'diradi, bunday vaziyatda osongina yangi kasalliklar kelib chiqadi Shunday qilib, mikroorganizmlar virulentligi makroorganizm holati va tashqi muhit omillarining munosabati infeksion jarayon kelib chiqishi va kechish xarakterini aniqlaydi.

Infeksiyaning tarqalish mexanizmi.Infeksiya qo'zg'atuvchilarini tarqatuvchi manba odam yoki hayvon hisoblanadi. Kasal odam yoki hayvon infeksiya tarqalishida asosiy rolnj o'ynaydi, bemor chiqindilari (najas, siydik, balg'am va hokazo)da mikroblar juda ko'p bo'ladi. Tuzalayotgan davrdagi bemor (rekonvalissent), sog'lom bakteriya tashuvchilar ham infeksiya manbayi hisoblanadi.

Infeksiya manbayining xarakteriga ko'ra, barcha infeksion kasal¬liklar ikki guruhga bo'linadi:

infeksiya manbayi odam hisoblansa -antroponoz infeksiya,

infeksiya manbayi hayvon hisoblansa, zoonoz infeksiya deyiladi.

Infeksiyaning tarqalish mexanizmi turlichadir. Har bir tur mikroorganizm uchun bemor organizmida (yoki bakteriya tashuvi organizmida) ma'lum joyda joylashishi aniqlangan. Odamdan infeksiya o'tish yo'llari juda xilma-xil bo'lishi mumkin.

1.Alimentar yo'l orqali — qo'zg'atuvchilar ichak ajratmasi bilan tashqi muhitga tushadi va oziq-ovqatlar mana shunday qo'zg'atuvchilar bilan ifloslanadi, bu oziq-ovqatlarni odam iste'mol qilishi natijasida kasallik yuqadi. Masalan, ich terlama, dizenteriya va hokazo.

2.Havo orqali, у a 'ni havo-tomchiyo 'li orqali — bemor organizmid qo'zg'atuvchi nafas yo'lida joylashadi va u aksirganda, yo'talganda gaplashganda tashqi muhitga chiqaradi. Masalan, bo'g'ma, ko'kyo'ti gripp va boshqalar. Bundan tashqari havo changi orqali ham yuqa ya'ni chang bilan havoga ko'tarilishi, hayvon juni qayta ishlanayotgan vaqtlarda havoga o'tadi. Masalan, sil, kuydirgi, tulyaremiya va hokazo.

3.Suv orqali — organizmdan ajralgan najas, siydik tarkibid qo'zg'atuvchilar suvga tushadi. Masalan, vabo, dizenteriya, ich terlama.

4.Kontakt yo’l orqali — ya'ni to'g'ridan-to'g'ri bemor bilan aloqaga o'tganda, masalan, zaxm, so'zak, OITS va boshqalar. Bund tashqari, bemorning tevarak-atrofidagi narsalar (mebel, idish-tovoq, kiyim-kechak, o'ynichoq va hokazo) orqali yuqadi. Masalan, gepatit, bo'g'ma, gripp. 5. fransmissiv yo’l bilan — qon so'ruvchi hasharotlar orqali (bit,kana, chivin va b.), infeksiya mikrobi qonda bo lganda shu usulda yuqadi Bunga bezgakning Anofeles chivinlari orqali yuqrshi,toshmali va qaytalama tiflarning bit orqali yuqishi misol bo’ la oladi. 6.Mexanik yol-pashsha,suvaraklar orqali yuqishi.Ular o’z oyoqlarida qo'zg'atuvchilarni tashiydi. Masalan, gepatit; dizenteriya

7.Infeksiya tuproq orqali — o'tishi mumkin, masalan, qoqshol, gazli gangrena shu orqali tarqaladi.

8. Vertilk yo'I orqali — ona homiladorlik vaqtida yuqumli kasallik bilan kasallansa, homila ham shu kasallik bilan kasallanishi mumkin, masalan, gepatit, sil, zaxm va boshqalar.

Kirish darvozalari — bu patogen mikroorganizmlami xo'jayin organizmiga kiradigan a'zo va to'qimalardir. Masalan, ich terlama qo'zg'atuvchisi faqat og'iz orqali tushgandagina, gonokokk qo'zg'atuvchisi faqat ko'z va jinsiy yo'l shilliq qavatiga tushgandagina kasallikni keltirib chiqaradi. Agar boshqa yo'l orqali organizmga kirsa, kasallik keltirib chiqarmaydi va mikroorganizmlar nobud bo'ladi.Ayrim mikroorganizmlar, masalan, toun (chuma), tulyaremiya, kuydirgi xo'jayin organizmning turli qismlaridan kirib kasallik keltirib chiqarishi mumkin. Bunday hollarda kirish darvozalari bu kasallikning shakllarini belgilab beradi (teri, o'pka, ichak shakllari va b.).

Organizmning kirish darvozalari ikkiga bo'linadi: teri va shilliq qavatlar. Jarohatlangan teri orqali organizmga qo'zg'atuvchi kirib kasallikni keltirib chiqaradi, masalan, qoqshol, gazli gangrena va b. Jarohatlanmagan teri (teri teshikchalari) orqali organizmga mikroor¬ganizm kirib, kasallik keltirib chiqaradi. Masalan, furunkul, karbunkul..

Shilliq qavatlar — ko'z shilliq qavati orqali (masalan, konyunk-tivit), quloq shilliq qavati (otit), burun shilliq qavati (gripp), og'iz shilliq qavati (ich terlama), jinsiy a'zolar shilliq qavati (zaxm) orqali organizmga mikroblar kirib kasallik keltirib chiqaradi.Organizmga kirgan qo'zg'atuvchilar limfogen, gematogen, nerv tolalari va to'qimalar orqali tarqaladi.Infeksion kasalliklarning kechish dinamikasi.Infeksion kasalliklar dinamikasi bir necha davrlar yig'indisini tashkil etadi. Infeksion kasalliklar boshqa „yuqumsiz" bilangina emas, balki qanday o'tishi va klinik belgilari bilan ham farq qiladi. Infeksion kasalliklar infeksiya yuqqandan keyin darrov yuzaga chiqmaydi, bu yashirin davr deb ataladi. Bu davr qo'zg'atuvchisi organizmga kirgandan toki biror bir kasallik belgilan paydo bo'lguncha bo'lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda qo'zg'atuvchilar organizmda bo'linib ko'payib toksinlari to'planadi. Bu davr turli kasalliklarda turlicha muddatda o’tadi. Masalan, qorin tifi — 14 kun, skarlatina (qizilcha) va bo'g'mada 5-kun, ko'kyo'talda — 8 kun, qizamiqda 10—11 kun, grippda 2; kun, qutirishda oylab va moxov kasalligida 30 yillab cho'ziladi.

Inkubatsion (yashirin) davrdan keyin darak beruvchi simptomk (prodromal) davri boshlanadi. Bu davrda barcha kasallikka xos klinji belgilar namoyon bo'ladi (bosh og'rishi, harorat ko'tarilishi, holsizlanish, toliqish, ishtaha yo'qolishi va boshqalar). Bu davr bir necha soatdari 3 kungacha davom etadi. Bu davrda taxminiy tashxis qo'yiladi. Asosiv klinik belgilarning rivojlanish davri har bir mikroorganizm turiga qarab har qanday kasallikning o'ziga xos klinik belgilari yuzaga keladi. Bu davrda ko'pincha harorat ko'tarilishi, nafas a'zolari, hazm qilish a'zolari. yurak-tomir sistemasi funksiyasining buzilishi, toshma toshishi, qon tarkibining o'zgarishi va boshqalar yuzaga keladi. Infeksiya turiga qarab bu davr turlicha muddat davom etadi.

Infeksion kasalliklar klinik tekshirishlar yo'li bilangina emas, laboratoriyada (mikrobiologik) tekshirish usullarini tatbiq etish yo'li bilan ham aniqlanadi. Bundan tashqari, laboratoriyada tekshirish usullari infeksion kasallikni barvaqt aniqlashga imkon beradi, bu esa bemorni sog'lom kishilardan o'z vaqtida ajratish uchun shartdir.

Sog'ayish davri — kasallik belgilarining yo'qolishi organizm fiziologik funksiyasini tiklanishi bilan xarakterlanadi. Kasallik to'la tuzalishi, vaqtida davolanmagan va o'zboshimchalik bilan davolangan hollarda surunkali shaklga o'tishi, o'lim yoki nogironlik bilan tugashi mumkin. Infeksion jarayonning shakllari.Qo'zg'atuvchining organizmga kirish yo'liga qarab ekzogen endogen infeksiyalar tafovut etiladi.

Ekzogen infeksiya — organizmga tashqi muhitdan qo'zg'atuvch: tushishi natijasida yuzaga keladigan infeksiyadir. Endogen infeksiya (autoinfeksiya) organizmning o'zidagi mikroor ganizmlar ta'sirida yuzaga keladigan infeksiyadir.

Bunday qo'zg'atuvchi organizmga kerakli flora tarkibida uchray& Ular organizmning himoya xossasi susayganda kasallik kelib chiqisl1 sababchisi bo'lib hisoblanadilar.

Kasallikning kechish muddatiga ko'ra, o'tkir va surunkali infeksiyalarga bo'linadi. O'tkir infeksiya qisqa vaqt (bir hafta)davom etishi bilan xarakterlanadi. Masalan, gripp, qizamiq. Surunkali infeksiya uzoq vaqt (oylab, yillab)davom etadi. Masalan, bezgak, zaxm, sil, brutsellyoz va b. Agar infeksiva bir turdagi mikroorganizm ta'sirida kelib chiqsa, monoinfeksiya deviladi. Organizmga bir vaqtning o'zida 2—3 xil mikrob yuqishi natjiasida kelib chiqadigan infeksiyaga aralash infeksiya deyiladi.

Asosiy kasallikka (masalan, grippga) qo'shimcha boshqa infeksiya qo'zg'atuvchisi yuqishi (masalan, stafilokokk yoki streptokokk) natijasida yuzaga keladigan infeksiyaga ikkilamchi infeksiya deyiladi.Biror infeksiyani boshdan kechirgan kishi shu kasallikning takror vuqishi natijasida yana o'sha infeksiya bilan kasallansa, reinfeksiya deyiladi, masalan, saramas, so'zak va b.q.

Retsidiv — organizmda qolgan qo'zg'atuvchilar hisobidan kasallik belgilarining qaytarilishidir (masalan, qaytalama tif, bezgak va b.), bunda organizmga qaytadigan qo'zg'atuvchi tushmaydi. Birlamchi infeksiya tugaguncha shu infeksiyani qo'zg'atgan mikrob turi takror yuqsa superinfeksiya deyiladi, masalan, bezgak. Ayrim infeksion kasalliklar yashirin, kasallik belgilarisiz o'tishi mumkin. Infeksiyaning bunday turi latent infeksiya deyiladi, masalan, sil kasalligi belgisiz o'tadi.

Kasallikning yana bir belgisiz o'tadigan turi mikrob tashuvchanlik hisoblanadi. Bu kasallikdan so'ng klinik tuzalish davri boshlanadi, kasallanib o'tgach organizmda qo'zg'atuvchilar qoladi va tashqi muhitga chiqariladi. Masalan, ich terlama, dizenteriya tayoqchalarini tashuv-chilar. Ayrim hollarda mikrob tashuvchi bemor yoki patogen mikroblar kasallik tashuvchilar bilan kontakda bo'lganda sog'lom odamlarda ham yuzaga kelishi mumkin.

Organizmda qo'zg'atuvchining joylashishiga ko'ra quyidagilarga bo'linadi: infeksiya o'chog'i — mikroblar mahalliy joylashadi, bu joydan tashqariga tarqalmaydi. Masalan, angina, furunkulyoz va b. Umumlashgan (tarqalgan) — mikrobning agressiv kuchi organizm¬ning himoya mexanizmini yengib, qo'zg'atuvchi mahalliy o'choqdan chiqib butun organizmga tarqaladi.Infeksiya qo'zg'atuvchisining ma'lum vaqtda qonga o'tib tarqalishi,lekin bo'linib ko'paymaslik holatiga bakteriyemiya deyiladi. Infeksiya qo’zg'atuvchisining qonda uzoq vaqt saqlanib, bo'linib ko'payishiga sepsis yoki septitsemiya (lotincha sepsis — yiringli qon) deyiladi. Masalan,toun, kuydirgi, yiring chaqiruvchi kokklar va b. Sepsisda kasallik belgilari bir xil bo'ladi, qo'zg'atuvchining turiga bog'liq bo'lmaydi.

Sepsis natijasida turli xil a'zolarda yiringli o'choqlar hosil bo'ladi, bu septikopiyemiya deyiladi. Qonda toksinlarning aylanib yurishi toksinemiya, viruslarning aylanib yurishi virusemiya deyiladi. Infeksion kasalliklarning tarqalish yo'llari Infeksion kasalliklar yuqumliligi bilan tavsiflanadi va aholi orasida keng tarqalishi mumkin. Yuqumli kasalliklar aholi orasida to'rt shaklda tarqaladi:

Epidemiya — infeksiyaning ma'lum hududda (tuman, qishloq shirkat xo'jaligi, shahar) tarqalish shakliga aytiladi. Epidemiya haddan tashqari keng tarqalib, butun mamlakatlarni va hatto qit'alarni o’z girdobiga olsa, pandemiya deyiladi. Masalan, V va XIV asrda toun pandemiyalari, XIX asrda Osiyo vabosining bir necha pandemiyalarj bo'lgan. 1918—1919- yillarda gripp pandemiyasi (ispanka) ro'y berib butun dunyo bo'yicha 20 mln.dan ortiq kishi o'lgan, 1957-yilda esa yer yuzi aholisining qariyib V3 qismi gripp bilan og'rigan. XX asr vabosi bo'lmish OITS ham, 2000-yildagi grippning tarqalishi ham bunga misol bo'la oladi.

Infeksion kasalliklarning yakka-yakka uchraydigan turiga sporadik tur deyiladi, masalan, qoqshol, gazli gangrena va b.

Nihoyat, infeksion kasalliklarning yana bir tarqalish shakli — epidemiya ham bor. Muayyan joyda infeksiya manbayi borligiga ko'ra yoki infeksiyani tashuvchi hashorat o'sha joyda o'zi uchun qulay sharoit topganligiga ko'ra ana shu joyda infeksiyaning uzoq davom etishi epidemiya deyiladi. Ba'zi joylarda bezgak (Anafeles chivinlarining bolalashi uchun qulay botqoqliklar borligi, yomon jarohat, pappata-chi isitmasi (iskabtopar chivinlar, flebotomuslar borligi) va boshqa kasalliklarning epidemiya shaklida tarqalganligi misol bo'la oladi.

Infeksion kasalliklarning paydo bo'lish va tarqalish sabablarini o'rganish boshqa infeksiyalarni yo'q qilsh imkonini beradi. Aholini sog'lomlashtirishga qaratilgan profilakti tadbirlar, infeksiyaning tarqalishiga yo'l qo'ymaydigan sharoit tug'dirish — eng asosiy vazifadir. Aholi yashaydigan joylarni sanitariya jihatidan obod qilish, suv manbalarini qo'riqlash, oziq-ovqatlarni' sanitariya nazoratidan o'tkazish, infeksion kasalliklarni barvaqt aniqlash, bemorlarni tea ajratib qo'yish va kasalxonaga yotqizish, tevarak-atrofdagi kishilarm tekshirib, batsilla tashuvchilarni aniqlash kabi umumiy tadbirlar infeksion kasalliklarga qarshi kurashda birinchi darajali ahamiyatga ega.

Bemorning chiqindilarini, buyumlarini, binoni dezinfeksiya qilish, dezinfeksiya (infeksiya tashuvchi hasharotlarni yo'q qilish) deratizatsiya (kemiruvchilarni yo'q qilish) katta ahamiyatga ega.

Aholi o'rtasida sanitariya maorifmi keng yo'lga qo'yish g'oY3 muhim tadbirlardan hisoblanadi. Sanitariya maorifming vazifalari,kasalliklarning mohiyatini, sabablarini, tarqalish yo’llani xususan shaxsiy gigiyena, sanitariya qoidalariga rioya qilishning ahamiyatini, sanitariya postlaming roli va ishlarni tushuntirib berishdan iborat.


Nazorat uchun savollar:

1. Infeksion jarayon nima?

2. Patogenlik nima? 3.Virulentlik nima?

4.Ekzo- va endotoksinlar qanday farqlanadi?

5.Infeksiya qo'zg'atuvchisining tarqalish mexanizmi qanday?
6.Infeksion jarayonning kelib chiqishi va kechishida mikroorganizmlar qanday ro’l o’ynaydi? 7. Tashqi muhit omillari infeksion jarayonning kelib chiqishi va kechishida mikroorganizmlarga qanday ta’sir ko’rsatadi?

8.Infekson kasalliklarning rivojlanish dinamikasi qanday?

9.Pandemiya nima?

10.Adgeziya nima?


Tayanch soz va iboralar:

1.Virulentlik-patogenlik ta’sirining o’lchov birligi;

2.Patogenlik-mikroorganizmlarning kasallik keltirib chigarish xuxusiyati;

3.Adgeziya-mikroorganizm hujayrasini xo9’jayin organizmiga shimilish xususiyati;

4.Kolonizasiya-hujayra devoriga mikroblar yopishishi;

5.Invaziyalik-biriktiruvchi to’qimalarning o’tkazuvchanligining buzilishi;

6.ekzotoksin-tashqi muhitga engil diffuziyalanadigan mikroorganizm mahsuloti;

7.Aytoinfeksiya-organizmning o’zidagi mikroorganizmlar ta’sirida yuzaga keladigan infeksiyalari;


Foydalaniladigan adabiyotlar:

1.A.B.G’anixo’jayeva “Mikrobiologiya”

2.E.Eshboyev “Mikrobiologiyadan amaliy mashg’ulotlar”


Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə