Mavzu: mikrobiologiya fani


Mavzu:Immunitet haqida tushuncha.Yuqumli kasalliklarning immunoprofilaktikasi va immunoterapiyasi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə4/14
tarix18.05.2018
ölçüsü0,71 Mb.
#44658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

6.Mavzu:Immunitet haqida tushuncha.Yuqumli kasalliklarning immunoprofilaktikasi va immunoterapiyasi.

Reja:

  • immunitetni spesifik va nospesipik omillarini;

  • imunitet turlarini;

  • vaksina va zardoblarni tasnifini va ularni ishlatilishini;

Immunitet deb organizmning barcha begona agentlar, shuningdek kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar va ularning toksinlarini yuqtirmaslik xossasiga aytiladi (lotincha immunitas — biror nimadan qutulish).Organizmga genetik jihatdan begona agentlar — antigen tushganda qator mexanizm va omillar ta'sirga o'tib, begona agenlarni saqlaydi va zararsizlantiriladi. Organizm himoya reaksiyalari ichki muhitning gomeostaz doimiyligi buzilishiga qarshi kurashuvchi a’zo va to'qima sistemasi immunosistema deyiladi. Immunologiya — immunitet haqidagi ta'limot bo'lib, begona moddalarga va mikroor- ganizmlarga, begona to'qima va xavfli o'smalarga nisbatan organizmning reaksiyasini o'rganadi. Immunologiya asosida tabiat kuchi bilan bo'ladigan kuzatishlardan odam o'zini yuqumli kasalliklardan sun'iy ravishda himoya qilish imkoni yotadi. Epidemiya o'chog'ida odamlarni kuzatish natijasida hamma ham kasallanavermaydi, degan xulosaga kelindi. Toun kasalligi bilan kasallanib tuzalgan bemor bu kasallik bilan qayta kasallanmaydi, qizamiq bilan faqat bit marotaba kasallanadi, sigir chechagi bilan kasal- langanlar chinchech bilan kasallanmaydi.

Ma'lumki, qadimgi xalqlar ilon chaqishidan himoyalanish uchun kesilgan teriga ilon zahari surtilgan o'simliklarni bog'laganlar, podadagi mollarni yirtqich hayvon hamlasidan himoya qilish uchun kesilgan teriga shu kasallik bilan og'rib o'lgan hayvon o'pkasi bog'langan.

Yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida sun'iy emlashni birinchi bo'lib E. Jenner 1876-yil kashf etgan. L. Paster esa yuqumli kasalliklarni sun'iy himoyalash qoidalarini ilmiy asoslab bergan. U kuchsizlantirilgan qo'zg'atuvchilar bilan zarariash organizmni shu qo'zg'atuvchi bilan qayta to'qnashganda yuqmasligini isbotlab bergan. L. Paster quturish va kuydirgi kasalliklaridan himoyalovchi preparatlarni ishlab chiqqan. Keyinchalik 1.1. Mechnikovning hujayra immuniteti (fagotsitoz) va P. Erlixning (kasallik yuqmasligidagi) gumoral omillarining ahamiyati haqidagi ishlari immunologiyaning rivojlanishiga olib keldi

IMMUNITET TURLARI 1.Tug'ma immunitet 2.Orttirilgan

Tug'ma immunitet — bu berilmaslik xossasining mustahkam va zamonaviy shakli bo'lib, chidamlilik omillari bilan nasldan-naslga o’tishga asoslangan. Ma'lumki, odam yirik shoxli hayvonlar va it tounga sezuvchan emas, hayvonlar esa vabo va bo'g'ma bilan kasallanmaydi.Lekin tug’ma immunitet mutlaq emas, ya'ni mikroorganizm uchun qulay sharoit yaratish bilan uning yuqtirmaslik xosasini o'zgartirishi mumkin. Masalan, ortiqcha issiqlash, sovqotish, avitaminoz,garmonlarning ta'siri odam yoki hayvon uchun tegishli bo'lmagan kasalliklarni yuzaga keltiradi. Paster tovuqlarni sovqottirish yo'li bilan sun'iy ravishda kuyidirgi qo'zg'atuvchisini yuborgan va kasallikni yuzaga keltirgan, tovuqlar tabiiy sharoitda kuydirgi kasalligi bilan kasallanmaydi.

Orttirilgan immunitet odamda hayoti davomida orttiriladi, nasldan-naslga o'tmaydi.

Tabiiy immunitet. Tabiiy faol immunitet kasallik bilan og'rib o'tgandan keyin yuzaga keladi (u postinfeksiya deyiladi). Ko'pgina hollarda u uzoq vaqt saqlanadi, qizamiq, suvchechak, toun va boshqa kasalliklardan so'ng yuzaga keladi. Shuningdek, ayrim kasalliklarda immunitetning muddati 1 yildan oshmaydi (gripp, dizenteriya va boshqalar). Ayrim hollarda tabiiy faol immunitet kasallik yuzaga chiqmasidan ilgari hosil bo'ladi. U yashirin (latent) infeksiya yoki qo'zg'atuvchining kichik dozada qayta-qayta yuqtirish natijasida hosil bo'ladi (maishiy, turmish immunizatsiyasi).

Tabiiy passiv immunitet — bu chaqaloqlar (platsenta) immuniteti bo'lib homila ona qorindaligidayoq orttiriladi. Shuningdek, chaqaloqlar ona suti orqali ham immunitetni orttirishi mumkin. Immunitetning bu turi uzoq davom etmaydi, 6—8 oydan so'ng yo'qolib ketadi. Lekin tabiiy passiv immunitetning ahamiyati katta, u chaqaloqlarni yuqumli kasalliklarga chalinmasligini ta'minlaydi.

Sun'iy immunitet (faol immunitet) odamda immunizatsiya (emlash) fctijasida orttiriladi. Immunitetning bu turi organizmga kuchsizlantirilgan yoki turli usulda o'ldirilgan bakteriya, ularning zaharlari, viruslar yuborilgaridan so'ng hosil bo'ladi. Masalan, ko'kyo'tal, bo'g'ma,chechak kasalliklariga qarshi immunitet shular jumlasidan. Bunda organizmda faol qayta qurilish yuzaga keladi.Qo’zg’atuvchi va toksinlarga o'ldiruvchi ta'sir ko'rsatuvchi modda (antitelo) hosil bo'ladi. Shuningdek, hujayra xossasining o'zgarishi mikroorganizmiar va ular ishiab chiqaradigan moddalarga ta'sir ko'rsatadi. Sun'iy faol immunitet sekin-asta, 3—4 hafta ichida hosil bo'ladi va 1 yildan 3 oygacha saqlanadi.

Sun'iy passiv immunitet organizmga tayyor antitelo yuborisi, natijasida yuzaga keladi. Immunitetning bu turi organizmga antitelo zardob va immunoglobulin yuborilgan zahoti hosil bo'ladi va faqat 15—20 kungacha saqlanadi, so'ngra antitelolar parchalanib, organizmdan chiqib ketadi. Mahailiy immunitet tushunchasini fanga A.M. Bezredko kiritgan. U organizm to'qimalari va alohida hujayralar ma'lum moyillika ega deb hisoblaydi. Ularni emlash infeksiya qo'zg'atuvchilari kiritish uchun to'siq hosil qiladi. Hozirgi vaqtda umumiy va mahalliy immunitetning birligi isbotlangan. Lekin alohida to'qima va a'zolarning mikroorganizmlarni yuqtirmasligi katta ahamiyatga ega.Antimikrob immunitet turli xil mikroorganizmiar keltirib chiqaradigan kasalliklardan so'ng yoki vaksinat (kuchsizlantirilgan tirik yoki o'ldirilgan mikroorganizmlardan tayyorlangan vaksinalar) yuborilganda hosil bo'ladi.

Antitoksik immunitet — bakteriyalarning zaharli (toksinlari)ga nisbatan hosil bo'ladi.

Antivirus immunitet — virusli kasalliklardan so'ng hosil bo'ladi. Immunitetning bu turi uzoq davom etadi va mustahkam (qizamiq, chechak va boshqalar) bo'ladi. Shuningdek, faol virusli immunitet virusli vaksinalar bilan emlangandan so'ng hosil bo'ladi. Bundan tashqari organizmni kasallik qo'zg'atuvchisidan tozalanish davriga ko'ra ham bo'lishimiz mumkin.

Steril immunitet — ko'pgina qo'zg'atuvchilar bemor tuzalganda organizmdan yo'qoladi. Immunitetning bu turi steril immunitet deyiladi (qizamiq, chechak va boshqalar).

Sterillanmagan immunitet — infeksiya qo'zg'atuvchining moyilligi xo'jayin organizmida bo'lgan davrdagina saqlanib turiladi. Bunday immunitet sterillanmagan yoki infeksion immunitet deyiladi. Immunitetning bu turi sil, zaxm va ayrim boshqa infeksiyalarda kuzatiladi.

Odamning yuqumli kasalliklarni yuqtirmasligi spetsifik va nospetsifik himoya omillarida o'z aksini topadi. Nospetsifiklik deb, organizmning tug'ma xususiyatiga aytiladi, bu odam tanasi yuzasidagi va organize ichidagi turli xil mikroorganizmlarni yo'qotishga imkon beradi.

Spetsifik himoya omili organizm qo'zg'atuvchisi yoki toksinlaf bilan to'qnashganda hosil bo'ladi, bu omillarning ta'siri faqat qo'zg'atuvchilar yoki ularning toksinlariga qarshi qaratilgan bo'ladi . Organizmning nospetsifik himoya omili. Organizmni turli xil mikroorganizmlarning zaharlari ta'siridan himoya qiluvchi mexanik, kimyoviy va biologik omillari mavjud.

Teri. Jarohatlanmagan teri mikroorganizmlarning kirishi uchun to’siq bo'lib hisoblanadi. Bunda mexanik omillardan teri va yog' bezlari ajratmalari teridagi mikroorganizmni yo'qotishga yordam beradi. Kimyoviy omillarda ham ter (yog' va ter) bezlari ajratmalari himoya rolini bajaradi. Ular o'zida bakteriotsid (bakteriyalarni o'ldirish) xossasiga ega bo'lgan yog' va sut kislotalarini saqlaydi. Biologik himoya omillari teri normal mikroflorasining patogen mikroorganizmlarga o'ldiruvchan ta'siriga asoslangan.

Shilliq qavatlari. Turli a'zolarning shilliq qavatlari mikroorganizm kirishi uchun to'siq boiib hisoblanadi. Nafas yo'lining mexanik himoyasi tebranuvchi kiprikchalari bor epiteliylar yordamida amalga oshiriladi. Yuqori nafas yoii epiteliy kiprikchalarining harakati og'iz va burun bo'shlig'i yo'nalishi bo'yicha mikroorganizmlarni harakatla-nishiga to'sqinlik qiladi. Burun bo'shlig'idagi tukchalar ham bakte-riyalarga shunday ta'sir ko'rsatadi. Aksirish va yo'talish mikroor¬ganizmlarning chiqib ketishiga yordam beradi va aspiratsiya (nafas orqali organizmga kirishi)ning oldini oladi. Ko'z yoshi, so'lak, ona suti va organizmdagi boshqa suyuqliklar o'zida lizotsim moddasini saqlaydi. U mikroorganizmlarga o'ldiruvchi (kimyoviy) ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek, shilliq qavatlarning normal mikrofiorasi biologik himoya omili sifatida patogen mikroorganizmlarga antagonist bo'lib hisoblanadi.

Yallig'lanish — mikroorganimning begona zarrachalarga nisbatan reaksiyasidir. Yallig'lanishning sabablaridan biri organizmga infeksiya qo'zg'atuvchilarining kirishidir. Yallig'lanishning yuzaga kelishi mikroorganizmni o'ldirishga yoki ulardan ozod bo'lishga olib keladi. Yallig'lanish shikastlanish o'chog'ida qon va limfa bezlarining buzilishi bilan ifodalanadi. Bu haroratning ko'tarilishi, shish, qizarish vaog'riq bilan kechadi.

Nospetsifik himoyaniag hujayraviy omillari — fagotsitoz. Yallig'lanish mexanizmining asoslaridan biri fagotsitoz — bak¬teriyalarni yutish jarayoni hisoblanadi. Fagotsitoz jarayonini birinchi bo'lib, 1.1. Mechnikov ta'riflagan. U fagotsitozni bir hujayrali amyoba-terda o'rganishdan boshlagan, amyobalar uchun fagotsitoz jarayoni oziq-ovqatlarni hazm qilish tarzi hisoblanadi. Hayvonot dunyosi nvojlanishida bu jarayonning turli bosqichi kuzatilgan. I. I. Mechnikov odamda fagotsitozni maxsus hujayralarini aniqlagan. Ular yordamida bakteriyalar yo'qotiladi, qon quyilish o'chog'ida o'luk hujayralar shimiladi va hokazo.

Organizmdagi turli xil hujayralar (leykotsitlar, qon tomirlanv,endoteliy hujayralari) fagotsitar faollikka ega. Bunday faollik harakatchan pohmorf yadroli leykotsitlarda, qondagi monotsitlar va makrofag to’qimalarda, suyak ko'migida namoyon bo'ladi. Barcha bitta yadroli fagotsit hujayralar monokular fagotsit sistemasiga kiritildi.

Fagotsitoz hujayra lizosomalarida 25 dan ortiq gidrolitik fermentlar va oqsillar mavjud. Ular antibakterial xususiyatga ega.

Fagotsitoz bosqichlari

1-bosqich. Yaqinlashish bosqichi. Fagotsit obyektiga (begona moddaga) oxirgi kimyoviy ta'sirot hisobiga yaqinlashadi. Bunda harakat musbat xemotaksis deb ataladi. 2-bosqich- yopishish bosqichi mikroorganizmlar fagotsitga yopishadi.

3-bosqich.Yutish bosqichi. Mikroorganizmlar hujayrasi begona moddalarni yutadi, fagosomalarni hosil qiladi

4-bosqich. Nobud bo'lisfi bosqichi. Fagolizosomalar hosil bo'lishi ,fermentlar va bakteriotsid oqsillar ularga tushishi natijasida qo'zg'afuvchilar nobud bo'iadi va hazm qilinadi

Mikroorganizmlaning nobud bo’lishi bilan tugallanadigan jarayon tugallangan fagasitoz deyiladi.Lekin ayrim mikroorganizmlar fagosit ichida nobud bo'lmaydi, balki ular bo'linib ko'payadi . Bularga gonokokklar, sil mikobakteriyalari, brutsellalar kiradi. Bunday jarayon tugallanmagan fegotsitoz deyiladi. Fagotsitoz ning faolligi organizmning u yoki bu qo'zg'atuvchiga irnaslik darajasi bilan aniqlanadi. Ayrim kasalliklarda fagotsitoz asosiy omil, boshqa kasalliklarda esa yordamchi bo'lib hisoblanadi,barcha hollarda hujayraning fagotsitoz xossasi yo'qligi kasallikning kechishi va oqibatini keskin yomonlashtiradi. Infeksion jarayonning rivojlanishi va immunitetning shakllanishi hujayraning qo'zg'atuvchiga birlamchi sezuvchanligiga bog'liq. Tug'ma turi bir turdagi hayvon hujayrasining boshqa patogen mikroorga-nizmlarga sezuvchanligi yo'qolishidir. Bu hodisaning mexanizmi to'liq o'rganilmagan. Ma'lumki, hujayra reaktivligi turli xil omillar ta'siriga (fizikaviy, kimyoviy, biologik) va yoshga qarab o'zgaradi.

Nospetsifik himoyaning gumoral omillari Fagotsitlardan tashqari, qonda eruvchi nospetsifik moddalar ham mavjud, ular mikroorganizmlarga o'ldiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Ularga komplement properdin, B-lizinlar, X-lizinlar, eritrin leykinlar, plakinlar, lizotsim va boshqalar kiradi.

Komplement (lotincha complemantum — qo'shimcha) mikroor¬ganizmlar va boshqa begona hujayralarni eritish xossasiga ega bo'lgan murakkab oqsil fraksiyali sistemadir. Masalan, eritrotsitlar. Komple-mentlarning bir qancha komponentlari tafovut etiladi. C,, C2, C3 va boshqalar. Komplementlar 55°C haroratda 30 daqiqa davomida parchalanadi. Uning bunday xossasi termolabillik deyiladi. Shuningdek, u chayqat- ganda, ultrabinafsha nurlar va boshqalar ta'sirida parcha¬lanadi. Komplementlar qon zardobidan tashqari organizmdagi turli xil suqyuliklarda va yallig'Ianish suyuqligida ham aniqlangan, lekin 0rqa miya suyuqligida va ko'zning oldingi kamerasida uchramaydi.

Properdin (lotincha properdi — tayyorlash) magniy ioni ishtirokida komplementni faollashtiruvchi normal qon zardobi komponentlari guruhidir. U fermentlarga o'xshash va organizmni infeksiyaga chidamliligida katta rol o'ynaydi. Qon zardobida properdin miqdorining kamayishi immunitet jarayoni faol emasligidan dalolat beradi.

B-lizinlar — odam qon zardobidagi termostabil (harorat ta'siriga chidamli) modda bo'lib, mikroblarga, asosan Gram musbat bakteriyalarga antogonistik (o'ldiruvchi) ta'sir ko'rsatadi. 63°C va UBI (ultrabinafsha nurlar) ta'sirida parchalanadi . X-lizin — harorati ko'tarilgan bemorlarning qonidan ajratib olingan termostabil modda. Komplement ishtirokisiz bakteriyaW asosan Gram manfiy bakteriyalarni lizislash xossasiga ega. 70— 100°C harorat ta'siriga chidamli.

Eritrin — hayvon eritrotsitlaridan ajratib olingan, bo'g'ma qo'zqatuvchisi va boshqa mikroorganizmlarga bakteriostatik ta'sir ko'rsatadi.

Leykinlar —leykotsitlardan ajratib olingan bakteriotsid modda Issiqqa chidamli. 75—80°C harorat ta'sirida parchalanadi. Qondajud, oz miqdorda uchraydi.

Plakinlar — leykinlarga o'xshash modda, trombotsitlardan ajratib olinadi.

Lizotsim — ferment, mikrob hujayrasi qobig'ini parchalaydi,u ko'z yoshida, so'lak, qon suyuqligida uchraydi. Ko'z konyunktiyj (ko'z jildi), og'iz, burun shilliq pardalarida lizotsim modda bo'lganligj sababli ulardagi jarohatlar ma'lum darajada tez tuzaladi. Shuningdek siydik, prostata suyuqligi, turli xil to'qimalarning suyuqliklari ham bakteriotsid xossaga ega. Yuqorida aytib o'tilgan komponentlar himoya omillarining barchasi emas. Ular orasida asosiysi antiteio — immunoglobullin hisoblanadi.

Antigenlar — genetik jihatdan organizm uchun begona modda (oqsillar, nukleoproteidlar), polisaxaridlar va boshqalar, antigen ta'sirida hosil bo'ladi. Ular organizmga kirganda maxsus immunologic reaksiya bilan javob qaytaradi. Shunday reaksiyalardan biri antiteio hosil bo'lishidir. Antigenlar ikkita asosiy xossaga ega: 1) immunogenlik, ya'ni antiteio va immunologik limfotsitlarni hosil qilish xossasi, 2) maxsus antiteio va immunologik limfotsitlar bilan o'zaro ta'sirotga o'tisf xossasi. Bu immunologik reaksiyalar ta'sirida (neytralizatsiya, lizis vi boshqa) namoyon bo'ladi. Bu ikki xossaga ega bo'lgan antigenlar tola qimmatli antigenlar deyiladi. Ularga begona oqsillar, zardoblar, hujayra elementlari, toksinlar, bakteriyalar, viruslar va boshqalar kiradi. Immunologik reaksiyalar antiteio hosil qilmaydigan moddalarga boy bo'lmagan antigenlar deyiladi, ular organizmdagi tayyor anti-telolar bilan o'zaro reaksiyaga kirishadi, ular gaptenlar deb ham ataladi. Gaptenlar yirik molekular — oqsil, polisaxaridlar bilan to'la qimmatli antigenlarga aylanadi.

Begonalik, yirik molekularlik, kolloidlik parchalanish xossalaridir. Turli xil moddalar- ning antigenlik xususiyatini aniqlovchi shartlardan biridir. Bu begona moddalar organizmning ichki muhitiga tushganda va immunologik sistema hujayralari bilan ushrashganda antigenlik xossasi namoyon bo'ladi. Antitelo — antigenlar ta'sirida hosil bo'ladigan immunoglobulin modda, qonning spetsifik oqsilidir.

Odam qon zardobida ikki xil oqsil mavjud: albuminlar va globulinlar. Antitelolar, asosan, antigenlar ta'sirida o'zgargan globu-finlar bilan bog'lanadi va ular immunoglobulin deyiladi (Iq). Clobulinlar bir xil emas. Ular elektr toki o'tkazilganda gelda harakat-lanish tezligiga ko'ra uch fraksiyaga bo'linadi. Antitelolar elobulinga taalluqli. Globulinning bu fraksiyasi elektr maydonida eng katta tezlikda harakatlanish kuchiga ega.

Immunoglobulinlar molekular massasi, ultrasentrafiguralangan-dagi cho'kish tezligi va boshqa xossalariga ko'ra farqlanadi. Bu xossalari bo'yicha 5 sinfga bo'linadi. LqG, LqM, LqA, LqE, LqD. Ularning barchasi infeksion kasalliklarga qarshi hosil bo'ladigan immunitetda katta rol o'ynaydi.

G — immunoglobulin (qG) barcha odam immunoglobulinining 75 %ni tashkil etadi. Ular immunitet hosil bo'lishida faol ishtirok etadi. Immunoglobulinlar orasida yolg'iz u homila orqali o'tib, homilada passiv immunitet hosil qiladi. Molekular massasi va ultrasentrifuga¬langandagi cho'kish tezligi katta emas.

M — immunoglobulin (LqM) homila organizmi zararlanganda yoki immunizatsiya qilingandabirinchi bo'lib hosil bo'ladi. Bu sinfga odamning hayoti davomida, klinik belgilari namoyon bo'lmaydigan infeksiya yoki ko'p marotaba infeksiya yuqqanda hosil bo'lgan normal antitelolar kiradi. Molekular massasi va ultrasentrifugalan- gandagi cho'kish tezligi yuqori.

A — immunoglobulin (LqA) shilliq sekretlari (moloziva so'lak va boshqalar)ga kirish xossasiga ega. Ular mikroorganizmlarni nafas, me'da-ichak shilliq qavatlariga kirishidan himoya qilish vazifasini bajaradi. Molekular massasi va ultrasentrifugalangandagi cho'kish tezligi IqG ga yaqin.

E — immunoglobulin! (LqE) allergik reaksiyalarga javobgar hisoblanadi. Mahalliy immunitet hosil bo'lishida katta ahamiyatga ega.

D — immunoglobulin! (LqD) qon zardobida oz miqdorda aniq-kngan. To'liq o'rganilmagan.

Immunoglobulinning tuzilishi. Immunoglobulin sinfi a'zolarining barchasi bir xilda tuzilgan. LqG molekulasi soddaroq bo'lib, ikki juft peptid zanjiridan tuzilgan. Har bir jufti molekular massasiga ko'ra farqlanuvchi og'ir va yengil zanjirlardan iborat. Har qaysi zanjir antigenlar ta'sirida hosil bo'ladigan o'zgarishlar va genetik jihatdan aniqlangan doimiy qismdan iborat.

Antiteloning bunday spetsifik qismlari faol markaz deb ataladi. Ular antitelolani hosil qilgan antigenlar bilan o'zaro reaksiyaga kirishadi. Antitelo molekulasidagi faol markazlar miqdori valentlikni ko'rsatadi — antitelo bog'lanishi mumkin bo'lgan antigen molekula soni LqG va LqA — ikki valentli, LqM — besh valentlidir.

Immunogenez — antitelo hosil bo'lishi antigenlarning dozasj qisqaligi va yuborish usuliga bog'liq. Antigenlarga nisbatan birlamchi imrnUtj javobning ikkita bosqichi farq qiladi: induktiv — antigen organizing» tushganidan to antelo hujayralari hosil bo'lgunicha bo'lgan davrni (20 soatgacha) va produktiv antigen yuborilgandan keyingi kunning oxirj va qon zardobida antitelo hosil bo'lishi davrini o'z ichiga oladi. Antitelo miqdori sekin-asta ortib boradi (4 kun), 7—10-kunlari maksimal darajaga yetadi va birinchi oyning oxiriga borib kamayadi.

Ikkilamchi immun javob antigen qayta yuborilganda hosil bo'ladi. Bunda induktiv bosqich qisqa — antitelo tez va shiddat bilan ishlab chiqariladi.

Immun javobning hujayraviy mexanizmi Organizmning limfa hujayralari faqatgina mikroorganizmlardagina eraas, balki barcha genetik jihatdan begona hujayralarda immunitet hosil bo'lishida asosiy funJksiyani bajaradi. Masalan, to'qima ko'chirib o'tkazilganda limfa hujayralari o'zinikini begonadan farqlash va bego-nani yo'qotish xossasiga ega.

Barcha hujayralar immunologik sistemasining boshlanishi — qon yuradigan tanaga oid hujayralar hisoblanadi. Keyinchalik ikki turdagi limfotsitlar hosil bo'ladi. T- va B- (timustobi va bursatobi). Bu hujayralarning nomlanishi ularning kelib chiqishiga bog'liq. T-hujayralar timusda (qalqonsimon yoki ayrisimon bezda) va perifirik limfa to'qimalarida timusni ajratadigan moddalar ta'sirida hosil bo'ladi.

B-limfotsitlarning nomlanishi (bursatobe) „bursa" — sumka so'zidan olingan. Fabritsius qush sumkasida va odam B- limfotsitida hosil bo'ladigan hujayralar bir-biriga o'xshash. Lekin makrofaglar tomonidan fagotsitozga uchraydi. Makrofaglar o'z yuzasida antigenlarni qayta ishlab va jamg'arib, u haqda T-hujayralarga ma'lumot beradi.Ular yetila boshlaydi, bolinib ko'payadi va B-limfotsitlar plazma hujayrasida yetiladi va rivojlanadi, mos antitelolarni sintezlaydi.Makrofaglar, T- va B-limfotsitlarning birlashgan kuchlari orga-

nizmning immunologik funksiyasini bajaradi — begona genetik moddlardan, shu qatori yuqumli kasallik qo'zg'atuvchilaridan himoya qiladi. Antitelo yordamida himoya shunday bajariladi: antigenga sintezlangan immunoglobulinlar antigenlar bilan birikadi.

B-limfotsitlaf bir necha bosqichlardan o'tib, plazma hujayralarini hosil qiladigan limfotsitlarga aylanadi. Plazma hujayralari antitelolarru hosil qiladi va shu antitelo yuzasida uchta immunoglobulinlar sinfi joylashadi: LqG, LqM, LqA.

Antigen va antilelolarning ta'sir etish mexanizmi — turli xil izohlarga ega. Erlix ularni kuchli kislota va kuchli ishqorlar birikishi natijasida yangi modda — tuz hosil bo'lish reaksiyasiga o'xshatgan.

Borde antigen va antitelolar bo'yoq hamda filtr qog'oz yoki yod va kraxmalga o'xshash o'z-o'zini o'zaro adsorbsiyalaydi deb hisoblaydi. Lekin bu nazariyani maxsus immunologik reaksiyalar asosida tushuntira olmaydi.

Antigen va antiteloning birikish mexanizmini Marrek (panjara nazariyasi) va Polinglar (ferma nazariyasi) gipotezalarida to'liqroq tushuntirib beradilar. Marrek antigen va antitelo birikishini panjaraga °'xshatadi, antigen antitelo bilan almashib konglomerat (aralash-quralash) panjarani hosil qiladi. Poling gipotezasiga ko'ra, antitelolar Jkki valentlikka ega (ikki spetsifik determinat), antigen esa polivalent to'lib bir qancha valentlikka ega. Antigen va antitelo birikkanda „ferma" 4urilishini eslatuvchi aglomeratni hosil qiladi. Antigen va antitelo optimal nisbatda qurollanmagan, ko'z bilan ko’rib bo'ladigan mustahkam kompleksni hosil qiladi. Antigen ko'p bо ‘lsa, har qaysi antiteloning faol markazi antigen molekulasi bilan birikaadi, boshqa antigenlar molekulasi bilan birikishi uchun antitelo etishmaydi va amalda, qurollanmagan ko'z bilan ko'rib bo'lmaydigan kompleksni hosil qiladi. Antitelo ko'p bo'lganda panjara hosil qilish uchun antigen yetishmaydi, antitelo determinantlari va narnoy bo'ladigan reaksiya ham bo'lmaydi.

Bayon qilingan nazariyaga ko'ra, antigen va antitelolar spetsifik reaksiyalari bugunda antigen va antitelolarning faol markaz determinant guruhi o'zaro ta'sir etuvchi sifatida tanildi, chunk antitelolar antigenlar ta'sirida hosil bo'ladi, ularning tuzilishi щ-gen determinant guruhiga mosdir. Antigen determinant guruhi v antitelo faol markaz boiagi qarama-qarshi elektr zaryadiga ega va ular birikib kompleks hosil qiladi. Bu kompleksning mustahkamlm ularga ta'sir etuvchi muhit va komponentlar nisbatiga bog'liq.

Immunitet haqida nazariya — immunologiya keyingi o'n yillarda katta yutuqlarga erishdi. Ko'pgina yuqumli kasalliklarning oldini olish infeksion va qator boshqa (autoimmun, immunotanqislik) kasalliklarnj davolash, rezus to'qnashuv vaziyatlarda homila oiimi oldini olish to'qima va a'zolarni ko'chirib o'tkazish, diagnostika maqsadida immunitet reaksiyalarini qo'llash usullari ishlab chiqildi va takomillashtirildi.

Immunitet reaksiyalari. Bir tirik organizm va laboratoriya sharoitida hosil qilinishi mumkin bo'lgan, antigen va antitelolar yoki antigen va sensibilizatsiyalangan limfotsitlar orasida boradigan reaksiyadir. Yuqumli kasalliklar orasida boradigan reaksiyadir. Yuqumli kasalliklarga tashxis qo'yishda amaliyotda immunitet reaksiyalari XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida qo'llanila boshladi. Yuqori sezuvchanlik (juda katta suyultirish darajasida ham antigenlarni ushlab olish) va o'ta spetsifik (tuzilishiga ko'ra yaqin antigenlarni farqlash imkoniga ega)ligi sababli ular tibbiyot va biologiyada amaliy va nazariy savollaming yechimida o'z ko'lamini topdi. Bu reaksiyadan immunologlar, mikrobiologlar, infeksionistlar, bioximiklar, genetiklar, molekular bioioglar va turli soha shifokorlari foydalanadilar.Antigen va antitelo orasidagi reaksiya serologik (lotincha serum — zardor) yoki gumoral reaksiya (humor — suyuqlik) deyiladi, chunki ularda ishtirok etadigan antitelo (immunoglobulin) qon zardobida uchraydi-

Sensibilizatsiyalangan limfotsitlar bilan antigenlar orasidagi reaksiya hujayraviy reaksiya deyiladi. Yuqumli kasalliklarnlng immunoterapiya va immunoprofiiaktikasi Kasallikning yengil kechishi — o'limga olib keiuvchi xavfli xastaliklarning oldini olib qilinadigan harakatlarga bog'liqligi azaldan ma'lum.Immunoprofilaktikani ilmiy isbotiab va amaliyotda qo'llashni birinchi bo'lib Lui Paster kiritadi u kuchsizlanti- rilgan mikroorganizmlarni qo'llash prinsiplarini hamda odam va hayvonlarda uchraydigan ayrim yuqumli kasalliklani oldini oluvchi preparatlarni (vaksinalarni) tayyorlashni taklif etdi. Bunga yuz yildan oshdi va ular hozirgi vaqtda sun'iy immunitet hosil qilishda yuqumli kasalliklar bilan kurashishning asosi bo'lib qoldi.

Immunzatsiya — sun'iy faol immunitet hosil qilish uchun inson organizmiga butun hayoti davomida ma'lum yoshlarda preparatlar yuboriladi. Chaqaloqlarga tug'ilganining birinchi kunlaridanoq silga qarshi BSJ vaksinasi qilinadi. Bola 1 oyligidan bo'g'ma, ko'kyo'tal,qoqshol, poliomiyelit, qizamiq va boshqa kasalliklarni oldini olish uchun vaksinalar bilan emlanadi. Shunday qilib, yuqumli kasalliklarga qarshi maxsus profilaktika ishlari olib boriladi, shuning uchun vaksinalardan foydalaniladi.

Vaksinalar-(vassini-sigir chechagi so’zidan olingan)organizmga yuborilganda sun’iy faol immunitetni vujudga keltiradigan preparatdir, chunki ular tarkibida antigenlar bo'lib, bunday immunlash usulini vaksinatsiya deyiladi.

Vaksinalar o'z tabiati va tarkibi jihatidan turlicha bo'ladi. 1.Tirik mikroorganizmlardan tayyorlangan vaksinalar.

2.O'lik mikroorganizmlardan tayyorlangan vaksinalar.

3.Kimyoviy vaksinalar.

4.Anatoksinlar.

Tirik vaksinalar verulentlik xossasi kuchsizlantirilgan (lotinch, attenuer — yumshatish, kuchsizlantirish), lekin immunogenlik xossasini (yuqumli kasalliklarni o'ziga yuqtirmaslik xossasini chaqiradigan )saqlab qolgan tirik mikroorganizmlardan tayyorlanadi.

Bunday mikroorganizmlarni olish uchun turli xil usullardar foydalaniladi:

1.Mikroorganizmlarni o'sish va bo'linib ko'payishi uchun ularni noqulay ozuqa muhitlarida o'stirib, ularga fizikaviy va kimyoviy omillar ta'sir ettirish yo'li bilan olinadi.

Silga qarshi ishlatiladigan vaksina BSJni Kalmett va Gerenlar tayyorlashgan.

2. Infeksiya qo'zg'atuvchisiga sezuvchan bo'lmagan laboratoriya hayvonlarining organizmiga passajlash (yuborish) yoii bilan tayyor¬lanadi. Lui Paster shu bilan qutirishga vaksinani oladi.

3. Odam organizmi uchun kam virulent bo'lgan tabiiy mikroor-ganizm kulturalarini tanlash va boshqa yo'llar bilan olish mumkin. M. P. Pokrovskaya, N. N. Jukov-Verejnikov, E. I. Koropkovalartounga qarshi vaksinani shu usulda olganlar.

Tirik vaksinalar kuchli immunitet hosil qiladi, ular tabiiy infek-siyaga xos faqat klinik belgilarsiz yoki kam namoyon bo'ladigan jarayonni keltirib chiqaradi. Bunda u immunogenezning barcha mexa-nizmini harakatga keltiradi, odamda yuqumli kasalliklarning o'ziga yuqtirmaslik xossasini hosil qiladi.

O’lidirilgan mikroblardan tayyorlangan vaksinalar. Bu vaksinalar quyidagicha tayyorlanadi. Buning uchun ko'proq tibbiy xossalarga eg bo'lgan va antigenlik jihatdan yuksak sifatli kulturalarning ayrim shtamrnl^ tanlab olinib, yapaloq shisha idishlar (matraslar)ga qo'yilgan agarga ekiladi. Bakteriyalar termostatda 24 soat o'sgandan keyin fiziologik eritm2 bilan yuviladi, suspenziyaning muayyan quyuqligi (masalan, 1 ml;'; 1—2—4 mlrd mikrob tanasi) belgilanadi, so'ngra mikroblar 60 haroratda 1 soat qizdirish yo'li bilan yoki kimyoviy moddalar ( formalin, spirt, atseton), ultrabinafsha nur va boshqalar bilan o'ldirilao Bunday ta'sir etgan mikroorganizmlarning immunogenlik xossasi to'liq saqlab qoladigan omillargina tanlab olinadi. Kimyoviy vaksinalar mikrob osilmasiga maxsus usulda ishlov berish yo'li bilan hujayra- sining alohida komponentlaridan (antigenlar) tayyorlanadi

Anatoksinlar 1923-yilda Ramon ekzotoksinlarini 0,3—0,4 % for¬malin bilan zararsizlantirish va 37°C da 3—4 hafta saqlash yo'li bilan tavvorlanadi. Ular toksik xossalarini tamomila yo'qotib, lekin antigenlik xossalarini to'la saqlagan bo'ladi. Binobarin, anatoksinni organizmga kiritish bilan antitoksin hosil qilinadi.

Hozirgi vaqtda bo'g'ma, qoqshol va boshqa qo'zg'atuvchilarning toksinlaridan anatoksinlar olinmoqda va keng qo'llanilmoqda. Anatoksinlar oziqa muhit aralashmalaridan (ballast oqsillardan) tozalanadi va yuborilgan joyidan asta-sekin so'riladigan moddalarga shimdiriladi.

Vaksinalar tarkibiga kiruvchi antigenlarning miqdoriga ko'ra quyidagi vaksinalar farqlanadi: monovaksinalar (bir turdagi antigen-lardan tashkil topgan), divaksinalar (ikkita tur antigendan), trivak-sinalar (uch tur antigenlardan tashkil topgan) va boshqalar.Assotsiatsiyalangan vaksinalar turli xil bakteriyalarning antigenidan va anatoksinlaridan tayyorlanadi. Masalan, assotsiatsiyalangan ko'k yo'tal, bo'g'ma, qoqshol vaksinasi (AKDS), o'zida o'lik ko'k yo'tal mikroblari va bo'g'ma, qoqshol anatoksinlarini saqlaydi.Vaksinalarni mushak ichiga, teri ostiga, teri ustiga, teri ichiga, og’iz orqali yuboriladi. Vaksinatsiya (emlash) bir marotaba, ikki yoki uch marotaba 1—2 hafta yoki undan ko'p vaqt oralig'ida emlanadi.vaksinaning xarakteriga ko'ra, har bir vaksina uchun yuborish sxemasi ishlab chiqilgan.

Vaksina yuborilgandan keyin umumiy va mahalliy reaksiyalar yuzaga kelishi mumkin. Umumiy reaksiyalarga haroratning ko'tarilishi 39 С gacha), bosh og'rishi, tinka qurishi, holsizlanish va boshqalar 3 kundan keyin o'tib ketadi. Mahalliy aksiyalarga vaksinatsiyadan so'ng 1—2 kun o'tgach, vaksina yuborilgandan so’ng infltrat va qizarish hosil bo'ladi. Vaksinalar teri ustiga yuborilganda mahalliy reaksiya-

ning yuzaga kelishi emlashning ijobiy ta'siridan darak beradi,emlash ruxsat etilmaydigan kishilarni aniqlash maqsadida,

emlanuvchi kishilarning vaksinatsiyadan oldin tibbiy ko'rikdan o'tkazish talab etiladi. Qanday kasalliklari bor kishilarni emlash mumkin emasligi instruksiyada ko'rsatib qo'yiladi. Masalan, harorat ko'tarii hollarda, o'tkir yuqumli kasalliklarda, allergiya va boshqa. Shuningdek, ayollar homiladorligining ikkinchi yarmida emlanmJjj Vaksina yordamida sun'iy emlashdan keyin immunitet 6 оуdan 1 yilgacha, chinchechak, tulyaremiya va boshqa ba'zi infeksiyalar bir necha yil saqlanadi. Vaksinatsiyada immunitet inyeksiyadan song 1—2 hafta o'tgach paydo bo'iadi.

Immunitetni yuksak darajada va uzoq muddatda saqlash uchn revaksinatsiya (ya'ni, takror vaksinatsiya) o'tkaziladi,ornganizmni immunitet vujudga keltirishdagi faoliigini oshiradi. Revaksinatsiya necha oyda (bo'g'mada) yoki bir necha yilda (chinchechakda) bir marta o'tkaziiadi.

Vaksina va anatoksiniar bakterial preparatlar ishlab chiqariladigar, korxonalarda tayyorianadi. Ularni tayyorlash uchun katta miqdorda mikrob osiimasi (biomassa) yoki virus saqlovchi material kerak bo'i\ladi.Tayyor preparatlar ampula yoki shishalarga solinadi va ko'p hollarda quritiladi. Qumq preparatlar faollik va boshqa xossalarini uzoq vaqi saqlab qoladi. Ayrim vaksinalar tabletka yoki drajje ko'rinishida chiqa-riladi, masalan, poliomiyelitga qarshi vaksina.

Har bir ampula, shisha va qutichalarga preparatning nomi, hajmi, ishlatilish muddati, seriya raqami nazorat raqamlari yoziladi. Prepa¬ratlar asosan 4°C da saqlanadi. Ularni muzlatish, so'ng eritish va yuqori harorat ta'siridan saqlash, jo'natilayotganda kerakii sharoitlarga rioya qilish lozim.

Tashqi ko'rinishida o'zgarish bo'lgan va darz ketgan ampulalam ishlatish man etiladi. Vaksinaning alohida turi bu autovaksinadir. Ular bemor organizmidan ajratib olingan mikroblarda bakteriologii laboratoriyalarda tayyorianadi.

Autovaksina o'sha bemorni davolash uchungina qo'llaniladi Ko'pgina autovaksina surunkali shaklda o'tadigan infeksiyalarni davo¬lashda qo'llaniladi (stafilokokk va boshqa). Ularni sxemasi asosidakan dozada ko'p marotaba yuboriladi. U organizmning himoya kuchuii kuchaytiradi va bemorning sog'ayib ketishiga yordam beradi.

Zardoblar organizmga yuborilganda sun'iy passiv immunitet hosil qiladigan preparatlardir, chunki ular tarkibida tayyor antitelol bo'ladi. Ular ikki xil bo'iadi: davolashda va profilaktikada qo'ilaniladigan 1 zardoblar hamda, diagnostik zardoblar.

Bu preparatlar o'zida tayyor antitelolar saqlaydi. Ularni doflc qonidan, ya'ni odam yoki hayvonlarni maxsus immunlash yo'li °r^J tayyorianadi (qizamiq, qoqshol, gripp). Bundan tashqari kasalla^' o'tgan yoki sog'lom odam qonida yetarli miqdorda q0n zardobi ham qo'llaniladi. Antibakterial va antitoksik zardoblar mavjud. Antibakterial zardoblar kamroq qo'llaniladi. Antitoksik zardoblar ko'proq ahamiyatli ular antitoksinli bo'lib, bo'g'ma, qoqshol, gazli gangrena,botulizm va boshqa kasalliklarni davolashda qo'llaniladi. Zardoblar

1 hida institutlarda tayyorianadi, ularni zardob tayyorlaydigan maxsus Liimlari bo'iadi. Otlar zardobida antitoksin yetarli darajada to'plan-

unchaular anatoksin bilan uzoq vaqt immunlanadi (giperimmu-nizatsiya). So'ngra ulardan qon olinib, tandiriladi va zardob ajratiladi, titrlanadi (1 ml.dagi antitokssik birikmalar miqdori aniqlanadi), keyin uni steril holda saqlash uchun unga konservantlar (xinazol, xloroform) qo'shiladi, ampulalarga quyiladi va davlat nazoratidan o'tkaziladi.

Ot qonidan olingan preparatlar o'zida odam uchun begona bo'lgan oqsillarni saqlaydi, ularni organizmga qayta yuborilganda allergik reaksiyalar: zardob kasalligi va anafilaktik shokni yuzaga keltiradi. Buni oldini olish maqsadida zardobli preparatlarni organizmga ehtiyotlik bilan (Bezredko usulida) yuboriladi.

Zardoblarga ham vaksinalar singari yorliq yopishtiriladi va unda zardobning tayyorlangan vaqti, 1 ml.dagi antitoksik birliklar miqdori, qo'llash muddati ko'rsatiladi. Ularni ham qorong'i va salqin joyda saqlash kerak bo'iadi.

Ular tiniq bo'lishi, biroz yaltirab turishi, chayqatganda yirik bo'lmasligi lozim. Zardoblar bilan davolash kasallikjarayonini tez to'xtata olishiga asoslangan. Zardobdagi antitoksin toksinni neytrallaydi (zararsizlantiradi), shundan so'ng bemorning ahvoli ancha yaxshilanadi. Kasallik boshlangach, zardob qancha ertaroq yuborilsa, davolash natijasi shuncha muvaffaqiyatli bo'iadi. Odatda, zardob mushak orasiga, ayrim hollarda, masalan, qoqsholda zardobni venaga yoki beldan umurtqa kanaliga (intralumbal) yuborish mumkin.

Organizmga kasallik yuqqanda, uni mikroblar va zaharlardan himoya qilish uchun tez yordam berish kerak bo'lganda zardobni profilaktik maqsadda ham yuborish mumkin. Bunda yuborilgan zardob darhol passiv immunitetni vujudga keltiradi, chunki organizmga tayyor titelolar kiritiladi. Passiv immunitet 2—3 hafta davom etadi..


Nazorat uchun savollar:

1. Antitelo nima? 2. Siz imrnunoglobulinlarning qanday sinflarini bilasiz? 3. Immunologik javobda makrofaglarning roli qanday? 4. Immunologik javobda T-limfotsitlarning roli qanday? 5. Immunologik javobda B-limfotsitlarning roli qanday? 6. Antitelolar qanday hosil bo'ladi? 7. Antitelolar hosil bo'ladigan qanday nazariyalarni bilasiz? 8. Antigen va antiteloning o'zaro tas'ir mexanizmi qanday? 9.Yuqumli kasalliklarnlng immunoterapiya va immunoprofiiaktikasi deganda nimani tushunasiz?

Tayanch so’z va iboralar: 1.O-antigeni-mikrob hujayra devorida bog’langan; 2. K-antigen-mikrob hujayra devoir va kapsulasiga bog’langan; 3.X-antigen-mikrob xivchinlarida joylashgan; 4.Antitelo-antigenlar ta’sirida hosil bo’ladigan immunoglobulin modda; 5.Vaksins-organizmga yuborilganda sun’iy faol immunitetni vujudga keltiradigan preperat; 6.Gammaglobulinlar-zardobdagi oqsillarning fraksiyalari.
Foydalaniladigan adabiyotlar:

1.A.B.G’anixo’jayeva “Mikrobiologiya” 2.E.Eshboyev “Mikrobiologiyadan amaliy mashg’ulotlar”



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə