Mavzu: Mamlakat iqtisodiyotida ishlab chiqarishning o’rni Krish i-bob. Iqtisodiy resurslar va ularning turlari


O‘zbekistonda ishlab chiqarishning qaysi tarmoqlarini rivojlantirilgan



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix18.05.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#111050
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Tolibjon kurs ishi alo

O‘zbekistonda ishlab chiqarishning qaysi tarmoqlarini rivojlantirilgan 
Respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar o’zining ko’lami va 
mazmuni bilan iqtisodiyotni barcha jabhalarini qamrab olishi bilan birga tadbirkorlik 
faoliyatini yuritishda hamda biznesni olib borish imkoniyatlarini kengaytrishda 
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni 
qo’llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar mamlakatimiz 
iqtisodiyotini barqaror sur’atlarda rivojlanishiga katta zamin yaratmoqda. 
Yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash 
borasida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror 
sur’atlarda rivojlanishiga katta zamin yaratmoqda. 
Ayniqsa, so’nggi yillarda respublikamiz Prezidentining tadbirkorlikni yanada 
qo’llab-quvvatlash borasida qabul qilgan Farmon va qarorlari kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlik sub’yektlarini o’z faoliyatlarini yanada kengaytirishlariga va 
ishlab chiqarishni samarali tashkil etishga keng imkoniyatlarni ochib berdi. 
Ma’lumki, kichik biznesning respublikamiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 
2014-yil yakuniga ko’ra 56,6% ni tashkil etgan. Bunda ayniqsa, real sektorda xalq 
iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan va yangi mahsulotlarni ishlab 
chiqarayotgan mahalliy kichik biznes korxonalarining salmog’i kundan-kunga ortib 
bormoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali 
mamlakatimizning chekka joylarida yangi ish o’rinlari yaratilishi bilan birga 
xalqimizning farovonligi ortishiga zamin yaratadigan ichki bozorimizda talab yuqori 
bo’lgan sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish ko’payib bormoqda. 
Bugungi kunda “O’zbekistonda ishlab chiqarilgan” rukni ostida 
respublikamizning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan 
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ichki bozorda o’zining sifati va arzon narxi bilan 
nafaqat xalqimizga manzur bo’lmoqda, balki xorijiy bozorlarda ham o’z 
xaridorlarini topmoqda. 
Ma’lumki, mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan tadbirkorlik 
sub’yektlari mahsulotni bozorda tez tanilishga erishish, reklama qilish, uni mahalliy 
bozorda sotish hamda dilerlik tarmog’ini yaratish masalalarida dastlabki qo’llab-
quvvatlashga ehtiyoj sezadilar. 
Shu munosabat bilan 2013-yildan boshlab, O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi 
xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan tadbirkorlik 
sub’yektlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida, ommaviy axborot vositalari 
ishtirokida “O’zbekistonda ishlab chiqarilgan” rukni ostida kichik biznes 
korxonalari ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning taqdimotini o’tkazish 
tashabbusini ilgari surmoqda, deya xabar beradi palata matbuot xizmati. 
2014-yilda respublika hududlarida “O’zbekistonda ishlab chiqarilgan” rukni 
ostida 350 dan ortiq kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari ishtirokidagi 
12 ta taqdimotlar o’tkazildi. Kichik biznes korxonalari tomonidan o’tkazilgan 
taqdimotlar mobaynida turli iste’mol va noiste’mol mahsulot turlari namoyish etildi. 


Shuningdek, 
Xorazm, 
Sirdaryo, 
Samarqand, 
Buxoro 
viloyatlari, 
Qoraqalpog’iston Respublikasi va Toshkent shahrida yurtimiz tadbirkorlari 
ishtirokidagi ko’rgazmalar o’tkazildi. Ushbu tadbirlarda jami 319 nafar kichik 
biznes sub’yektlari ishtirok etdi. 
Istiqlol yillarida iqtisodiyotimiz va uning yetakchi tarmoqlari, jumladan 
elektrotexnika sanoati jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda. O’tgan yil yakunlariga 
ko’ra, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari umumiy hajmida 
elektrotexnika sanoati ulushi qariyb 2 foizni tashkil etdi. Ana shu omillarni hisobga 
olgan holda, bu yilgi “O’zbekistonda ishlab chiqarilgan” rukni ostidagi ko’rgazma 
elektrotexnika sohasiga bag’ishlanadi. 
Prezidentimizning shu yil 4 martidagi 2015-2019-yillarda ishlab chiqarishni 
tarkibiy o’zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta’minlash chora-
tadbirlari to’g’risidagi farmoni elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirishga 
xizmat qiladi. Hujjatga muvofiq, sohada umumiy qiymati 268,5 million dollarlik 39 
istiqbolli investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. 
Tadbirda “FOTON” MCHJ, “AZN” MCHJ, “UZTELMASH” MCHJ, “ROISON 
ELECTRONICS” QK MCHJ, “Alubond Composite Material” QK MCHJ, 
“O‘zelektroapparat” QK MCHJ va boshqa tadbirkorlik sub’yektlari ishtirok etdilar. 
Mazkur tadbirdan ko’zlangan maqsad kichik biznes sub’yektlari tomonidan 
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni respublikamiz ommaviy axborot vositalari 
yordamida xalqimiz e’tiboriga yetkazish hamda ularning mahsulotini mahalliy 
bozorlarda keng tarqalishiga ko’maklashishdan iboratdir. 
Tashqi bozorda korxonalarimiz mahsulotlariga bo‘lgan talab tobora ortib 
bormoqda. Bugungi kunda Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, 
Turkmaniston bozorlarida korxonalarimiz tomonidan ishlab chiqarilayotgan 
keramik plitka, santexnika, quruq qurilish aralashmalari, gipsokarton, pishiq g‘isht, 
tabiiy toshdan qoplama mahsulotlar, ohak, polipropilen quvurlar, fitinglarga talab 
ortib bormoqda. 2017 yil yakunlariga ko‘ra, qurilish materiallari eksporti 113,1 
mln. AQSh dollarini tashkil qildi. 2018 yilda 55 mln. AQSh dollari qiymatidagi 
mahsulotlarni eksport qilish ko‘zda tutilgan. O‘tgan 9 oyda eksportning haqiqiy 
hajmi 40 mln. AQSh dollarini yoki prognozga nisbatan 100,4 foizni tashkil qildi. 
Korxonalarda eskport nomenklaturasi va geografiyasini kengaytirish ishlari 
davom etmoqda. Joriy yilda eksport qilinadigan tovarlar assortimenti 40 nomdan 
45 nomgacha oshdi. Yangilangan ro‘yxatdan ilgari eksport qilinmayotgan 
santexnika va keramik plitka tarlari, asbest mahsulotlari, sement va me’moriy oyna 
joy oldi. Mahsulotlarimizni import qiluvchi mamlakatlar qatoriga Tojikiston va 
Afg‘oniston qo‘shildi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri ishbilarmonlik aloqalari va o‘zaro foydali 
hamkorlikni o‘rnatish doirasida turli qurilish materiallari namunalari Pokistonning 
yirik «BaxriyaTaun» kompaniyasiga, pardozlash toshlari namunalari Belorus 
korxonalariga, bazalt tosh namunalari Hindiston kompaniyalariga yuborildi. 


2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mamlakatimiz tovar ishlab 
chiqaruvchilarining faoliyatini rag‘batlantirishga doir yangi chora-tadbirlar ko‘zda 
tutilgan. Qurilishni faollashtirish, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va 
texnologik qayta jihozlash, qat’iy tejash rejimini joriy etish, texnologik ja-
rayonlarni ratsionallashtirish, ishlab chiqarishning material sarfini va energiya 
sarfini kamaytirish yo‘li bilan ishlab chiqarish xarajatlarini keskin qisqartirish hiso-
bidan tarmoqning raqobatbardoshligini yanada oshirish dolzarb vazifalar sirasiga 
kiritildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq o‘tkazilgan 
texnik audit asosida «O‘zqurilishmateriallari» AJ korxonalarida umumiy qiymati 9 
mln. AQSh dollarini tashkil qiladigan 51 ta ma’naviy va jismoniy eskirgan 
texnikani zamonaviy, energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan asbob-uskunalarga 
almashtirish va yangilash nazarda tutilgan. 2017 yilda 6 ta korxonada 9,8 mln. 
AQSh dollarini o‘zlashtirish hisobidan 52 ta asbob-uskuna almashtirildi va 
yangilandi, 2018 yilda 15,7 mln. AQSh dollari qiymatidagi 35 ta asbob-uskunani 
yangilash ko‘zda tutilgan. Joriy yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra 11 ta asbob-
uskuna modernizatsiya qilindi, asbob-uskunalarni modernizatsiya qilish va texnik 
qayta jihozlash bo‘yicha amalga oshirilgan loyihalarning umumiy qiymati 5,7 mln. 
AQSh dollarini tashkil qildi. 
Tarmoq korxonalarining ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish maqsadida 
mahsulot tannarxini bir yilda o‘rtacha 8,1 foizga pasaytirish jamlama parametrlari 
tasdiqlangan. Umuman olganda, 2017 yilda «O‘zqurilishmateriallari» AJ 
faoliyatida yangi samarali texnologiyalarni, shu jumladan, energiya va resurslarni 
tejovchi texnologiyalarni joriy etish hisobidan 109,5 mlrd so‘mlik mahsulotning 
tannarxi pasaytirildi. 
Bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017–2021 
yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari 
va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi 
to‘g‘risida»gi qarorini bajarish yo‘lida yoqilg‘i-energetika resurslarini tejashga doir 
tashkiliy-texnik tadbirlar ishlab chiqilib, tasdiqlandi.
Ishlab chiqarishning energiya sarfini kamaytirish maqsadli parametrlari 3,8 
foiz darajasida belgilandi. Shu bois 2017 yil yakunlariga ko‘ra 27,6 mln. kub. m 
tabiiy gaz, 27,9 mln kVt/ch elektr energiyasi va 215,7 tonna neft mahsulotlari 
tejaldi. 2017 yilda energiya sarfini rejalashtirilgan darajada kamaytirishga erishildi. 


Har qanday soha rivoji yetuk va bilimli kadrlarga bog‘liq. Yosh 
mutaxassislarning faol bo‘lishga, innovatsion g‘oyalar, loyihalar va 
texnologiyalarni joriy etishga va yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali aholi 
bandligini ta’minlashga intilishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash siyosati 
o‘z mevasini bermoqda. Bugungi kunda tarmoq korxonalarida zamonaviy va ilg‘or 
bilimlarni egallargan yuqori malakali mutaxassislar mehnat qilmoqda. 
Ish bilan ta’minlash ko‘rsatkichlari ham ijobiy dinamikaga ega: 2017 yilda 
1467 nafar kishi ishga joylashtirildi, 2018 yilda 1468 ta yangi ish o‘rni, shu 
jumladan, investitsiya dasturlarini amalga oshirish hisobidan 178 ta ish o‘rni, 
tarmoqni rivojlantirish dasturini amalga oshirish hisobidan 1213 ta ish o‘rni va 
kasanachilikni rivojlantirish dasturini amalga oshirish hisobidan 77 ta ish o‘rni 
barpo etildi. Joriy yil boshidan buyon o‘tgan 9 oy mobaynida 831 ta yangi ish o‘rni 
barpo etildi, bu prognoz ko‘rsatkichiga nisbatan 104,7 foizni tashkil qiladi. 
Hozirgi vaqtda qurilish materiallari tarmog‘i iqtisodiyotning eng istiqbolli va 
jadal rivojlanib borayotgan yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilar ekan, uni 
mustahkamlash – O‘zbekiston sanoatini rivojlantirish strategiyasining muhim asosi 
bo‘lib xizmat qiladi. 



Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə