Mavzu: Hujayra xromosomalarining morfofunksional xarakteristikasi



Yüklə 44,9 Kb.
səhifə3/8
tarix19.12.2023
ölçüsü44,9 Kb.
#152944
1   2   3   4   5   6   7   8
Qo\'shmurodov Bekjon referat

Xromosoma genetik m’lumoti

Xromosoma Genetik maʼlumotni oʻzida saqlovchi DNK va oqsildan iborat ipsimon tuzilma


Gomologik xromosomalar Bir xil oʻlcham, shakl va tuzilishga ega xromosomalar
Diploid (2n) Gomologik xromosomalar juftiga ega hujayra
Gaploid (n) Juft genning faqat bittasiga ega hujayra
Jinsiy xromosoma Organizm jinsini belgilovchi xromosomalar (X yoki Y
Autosoma Jinsiy boʻlmagan xromosoma
Kariotip Diploid toʻplamli xromosomalarning juft holati tasvirlangan rasm
DNK va xromosomalar
Hujayradagi DNK toʻplami genom deb ataladi. Bitta tur tarkibiga kiruvchi organizmlar oʻxshash genomga ega.
Koʻp prokariotlarda halqasimon DNK uchraydi va u sitoplazmada joylashgan.
Eukariot DNK yuqori darajada tuzilgan boʻlib, xromosomalar shaklida boʻladi. Bu xromosomalar yadroda joylashgan.
Xromosoma soni
Har xil turlar turli xil sondagi xromosoma toʻplamiga ega. Masalan, odam tana hujayralarida diploid (2n) 46 ta xromosoma boʻladi. Bu xromosomalar 23 ta juftlikka boʻlinadi: 22 tasi autosoma va 1 tasi jinsiy xromosoma.
Odamdagi jinsiy hujayralar gaploid(n) boʻlib, har bir gomologik xromosoma juftining bittasiga ega. Shu sababli jinsiy hujayralar urugʻlanish jarayonida qoʻshilib diploid toʻplamli hujayra hosil qiladi.Organizmdagi barcha xromosomalar toʻplamini hujayra boʻlinayotgan vaqtda tasvirga olish mumkin. Bu tasvirlar keyin kariotip hosil qilish uchun tartiblanadi.
Mavzu:Hujayra poliferiyasi muammolarning tibbiyotdagi roli

Reja:


  1. Hujayraning fiziologiyasi

  2. Tirik organizmlarda hujayra morfofunksional holati

  3. Hujayraning umumiy tuzilishi


Hujayraning fiziologiyasi
Metabolitlar va ionlar — hujayradagi jarayonlarni boshqaruvchi omillar. Ular genlarga taʼsir etish orqali fermentlar sintezini yoki bevosita fermentlarning oʻziga taʼsir koʻrsatib, ular faolligini oʻzgartirishi mumkin. Bunday oʻz-oʻzini boshqarish mexanizmlari tufayli hujayrada hayot uchun muhim boʻlgan koʻp jarayonlar optimal (eng qulay) holda saqlanib turadi.Hujayralarning oʻzaro taʼsiri, nerv va gormonlarning hujayra faolligini oʻzgarishiga olib keladigan xususiyatlari tashqaridan boshqaradigan omillarga kiradi. Bunday omillar hujayraning oʻziga xos xususiyatlarini saqlab turish uchun zarur. Hujayra kulturasiga xos sunʼiy sharoitda hujayraning oʻziga hos koʻpgina xususiyatlari yoʻqoladi.
Hujayra ichida va organizmning ichki suyuq muhitida boʻladigan oqsillar, jumladan, fermentlar ham hujayrada sintezlanadi. Hujayraning har qaysi organoidi faqat unga xos vazifani bajaradi. Masalan, eukariotlarda hujayraning nafas olishi faqat mitoxondriyalar membranalarida, oqsil sintezi — ribosomalarda kechadi. Fermentlarning konsentratsiyalanishi va ularning hujayrastrukturasida muayyan tartibda joylashuvi kimyoviy reaksiyalarni tezlashtirib, ketma-ket borishi (konveyer prinsipi)ni taʼminlaydi. Hujayraga xos mikrogeterogenlik xususiyati bir xildagi komponentdan bir vaqtning oʻzida har xil moddalarni juda oz miqdor (mikrohajm)da sintezlash imkonini beradi. Ixchamlik prinsipi ayniqsa DNK strukturasi uchun xos. Masalan, odam tuxumhujayrasining 61012g keladigan DNK si organizm uchun xos boʻlgan barcha oqsillarni kodlaydi. Hujayra ichida ionlarning muayyan konsentratsiyasi saqlanadi. Hujayra muhitdan yirik molekulalar, jumladan, oqsillar, hatto viruslarni pinotsitoz, ayrim mayda hujayralar va ular fragmentlarini fagotsitoz orqali yutish xususiyatiga ega.

Oʻsimlik hujayrasi hujayra membranasi sirtidan qattiq qobiqbn qoplangan (qobiq jinsiy hujayrada boʻlmaydi). Hujayra qobigʻida teshikchalar bor. Bu teshikchalardan oʻtadigan sitoplazma oʻsimtalari orqali qoʻshni hujayra oʻzaro bogʻlangan. Oʻsishdan toʻxtagan hujayra qobigʻiga lignin, kremnezem yoki b. moddalar shimilishi natijasida ancha pishiq va qattiq boʻlib qoladi. Oʻsimlik yogʻochining pishiqligi ana shu moddalarga bogʻliq. Ayrim oʻsimliklar toʻqimasi hujayralari ayniqsa juda pishiqHujayra devoriga ega boʻlib, hujayra halok boʻlgandan soʻng ham oʻzining tayanch skeletlik funksiyasini saqlab qoladi. Ixtisoslashgan oʻsimlik hujayrasining bir necha yoki bitta markaziy vakuolasi bor; ularda har xil tuzlar eritmasi, uglevodlar, organik kislotalar, alkaloidlar, aminokislotalar, oqsillar, hatto zaxira suv boʻladi. Oʻsimlik hujayralari sitoplazmasida maxsus organoidlar — plastidalar bor; Golji kompleksi esa sitoplazmada tarqalgan diktiosomalardan iborat.




Yüklə 44,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə