Mavzu: Hujayra xromosomalarining morfofunksional xarakteristikasi


Tirik organizmlarda hujayraning ahamiyati



Yüklə 44,9 Kb.
səhifə4/8
tarix19.12.2023
ölçüsü44,9 Kb.
#152944
1   2   3   4   5   6   7   8
Qo\'shmurodov Bekjon referat

Tirik organizmlarda hujayraning ahamiyati
Barcha eukariotlar hujayrasi bir xildagi organoidlar va metabolizmni boshqarish mexanizmlariga ega. Ular prokariotlar singari metabolizmni boshqarish, energiyani jamgʻarish va saqlash, oqsil sintezida genetik koddan foydalanish xususiyatiga ega. Barcha hujayra membranasining funksiyasi ham oʻxshash. Hujayra tuzilishi va funksiyasining oʻxshashligi ular kelib chiqishidagi umumiylikdan dalolat beradi. Biroq organizmdagi hujayra oʻlchami va shakli, u yoki bu organoidlari soni, fermentlar majmui bilan bir-biridan farq qiladi. Bu farq organizmdagi hujayraning oʻzaro kooperatsiyasi va ularning funksional ixtisoslashuvi bilan bogʻliq. Bir hujayralilar hujayrasining tuzilishi va funksiyasi oʻrtasidagi tafovutni koʻp jihatdan ularning yashash muhitiga moslanishi bilan tushuntiriladi. Genetik apparat tuzilishidagi oʻxshashlik prokariot va eukariotlar kelib chiqishidagi umumiylikni tushuntirish uchun dalil boʻladi. Ammo bir hujayralilarning ajdodi har xil prokariotlar boʻlishi ham mumkin. Simbiogenez nazariyasiga binoan bir xil prokariotlar xoʻjayin hujayra mitoxondriyalariga, boshqalari — xloroplastlarga aylangan va organoid tarzida oʻz-oʻzidan koʻpaya boshlagan. Boshqa nazariyaga binoan esa prokariot hujayraning strukturalari asta-sekin rivojlanib, eukariotga aylangan.
Yuksak umurtqalilarda turli to'qima va organ hujayralarining boʻlinish qobiliyati har xil. Bularda boʻlinish qobiliyatini toʻliq yo'qotgan hujayralar boʻladi (nerv). Organizmda doimo yangilanib turadigan to'qima hujayralari (epiteliy, biriktiruvchi to'qima) ham bor. Epiteliyning bazal qatlami hujayralari, ingichka ichak kriptalarining (shilimshiq qobiqning botib kirishidan hosil boʻlgan: naychalar) hujayralari, koʻmik va taloq hujayralari doimo ko'payib turadi va oʻlgan hujayralar o'rnini to'ldiradi.
Katta organizmlarda o'sish to'xtagan bo'lsa ham hujayralarning boʻlinishi davom etadi. Bu bilan fiziologik regeneratsiya amalga oshadi. Hujayra nazariyasining asosiy qoidalaridan biri, hujayra yangidan hosil bo'lmaydi, balki avvaldan mavjud bo'lgan hujayraning boʻlinishi yo'li bilan hosil boʻlishidir. Odam organizmini tashkil qilgan milliardlab hujayralar otalangan tuxum-zigotaning ketma-ket boʻlinishi natijasida hosil boʻladi. Ketma-ket boʻlinishlar yangi hujayralarning paydo boʻlishiga olib keladi, ulardan esa koʻp hujayrali organizmning turli strukturalari rivojlanadi. Murtak, hujayralarning ko'payishi va ixtisoslashuvi hisobiga oʻsadi va voyaga yetgan organizmga aylanadi.

Bir organizmning barcha hujayralari genomi potensial axborot hajmi jihatdan urugʻlangan tuxumhujayra genomidan farq qilmaydi. Ixtisoslashgan hujayra yadrosini yadrosi olib tashlangan hujayraga koʻchirib oʻtkazilganda normal organizm rivojlanishi buni isbotlaydi. Koʻp hujayrali organizmda hujayra xossalari oʻrtasidagi farq genlar faolligining bir xil boʻlmasligi tufayli kelib chiqadi. Hujayraning har xil ixtisoslashuvi natijasida bir xil hujayralar (nerv) qoʻzgʻaluvchanlik; boshqalari (muskul) miofibrillalar hosil qiluvchi oqsillarga ega boʻlishi tufayli qisqarish, uchinchi xillari (bezli hujayra) hazm qilish fermentlari va gormonlarni sintezlash xususiyatiga ega boʻladi. Koʻpchilik hujayra koʻp funksiyali, masalan, jigar hujayrasi qon plazmasi va oʻt suyuqligi oqsillarini sintezlaydi; glikogen toʻplaydi va uni glyukozaga aylantiradi; yot moddalar (jumladan, dorilar)ni parchalaydi. Barcha hujayrada umumiy funksiyaga ega boʻlgan genlar faol boʻladi. Shunday qilib, har xil hujayralar oʻrtasidagi oʻxshashlik belgilari ularni bir-biridan farq qiluvchi belgilarga nisbatan koʻproq boʻlib, kelib chiqishi va funksiyasiga koʻra oʻxshash hujayra toʻqimalarni hosil qiladi.



Yüklə 44,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə