Mavzu: Hujayra xromosomalarining morfofunksional xarakteristikasi


Organizmlarda xromosoma asosiy roli



Yüklə 44,9 Kb.
səhifə2/8
tarix19.12.2023
ölçüsü44,9 Kb.
#152944
1   2   3   4   5   6   7   8
Qo\'shmurodov Bekjon referat

Organizmlarda xromosoma asosiy roli

Eukariot xromosomalar ikkita qiz xromatidalaridan iborat. Qiz xromatidalar bir-biriga oʻxshash boʻlib, oʻzaro sentomera orqali birikkan boʻladi. Bu hujayra boʻlinish vaqtida xromosomalarning ajralishi uchun muhim hisoblanadi. Qiz xromatidalar sentromera orqali birikkan paytda ular bitta xromosoma deb qaraladi (X tuzilishli). Lekin hujayra boʻlinayotgan vaqtda ular bir-biridan ajralib, mustaqil xromosomalarga aylanadi.


Xromosomalar, DNK, genlar va genom oʻzaro farqli tushunchalardir. Baʼzida bu tushunchalar ajratib boʻlmaydigandek tuyuladi, lekin ular aslida bir xil tushuncha emas. DNK tirik organizmlardagi genetik materialning birligidir. DNKning uzun boʻlagi xromosomani hosil qiladi. Bu xromosomalardagi maxsus oqsillarni kodlaydigan qismlar gen deb ataladi. Organizmdagi barcha xromosomalar uning genomini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, DNKdan gen, gendan xromosoma, xromosomadan esa genom hosil boʻladi.
Rus olimi B. L. Astaurov tut ipak qurti ikki xil zotining duragaylaridan serpusht tetraploid zotni yetish-tirgan. Ana shu asosda Astaurov ayrim jinsli hayvonlarning poliploid formalari partenogenez va gibridizatsiya usuli bilan kelib chiqishi mumkinligini amalda isbot qildi.
Hayvon hujayralari profaza xromosomalarida ham xromonemalar yaxshi ko'rinadi. Bu ikki holda alohida xromonemalar bir-biriga yaqin turgan xalqalar shaklida koʻrinadi.

Metafaza bosqichida ultrayupqa kesmalarda xromosoma tarkibida xromomeralar ko'rinmaydi. Kechki anafaza, ertaki telofazada mitotik xromosomalar dekondensatsiyasi yuz bergan sari xromonemalar ko'rina boshlaydi. Anafaza oxirida xromosomalar qarama-qarshi qutblarga yetib borganda yo'g'onligi 0,2 mk keladigan xromonemalar ko'rinadi. Bu davrda xromosomaning barcha strukturasi g'ovaklashadi, xromonemalar bir-biridan ajraladi. Bu jarayon ayniqsa, telofazada juda yaxshi ko'rinadi. Xromosomalarda uzunasi bo'ylab qora belbog'lar ya'ni disklar joylashadi. Disklar oralig'ida oqish zonalar boʻladi. Disklar doimo intensiv bo'yaladi. Ayrim ikki qanotli hashoratlar lichinkasining ma'lum rivojlanish davrida disklar yo'g'onlashib, o'lchami kattalashadi, ularni pufflar yoki Balbiyani xalqasi deyiladi. Pufflar bitta diskdan yoki yonidagi disklardan ham hosil boʻlishi mumkin. Ularning ba'zilari lampa cho'tkasi tipidagi xromosomalarga o'xshash bir qator halqalarni hosil qilib yon o'simtalar berishi mumkin


Poliploidiya (poli- Ko'p va yun.{ploidiya} eidos — koʻrinish, shakl) — tirik organizmlar hujayrasidagi xromosomalari sonining ularning gaploid miqdoriga nisbatan 3 yoki undan koʻproq marta oshib ketishi. Bunday hujayra yoki undan rivojlangan organizm poliploid deyiladi. Xromosomalar soni 3-marta oshganida triploid, 4-marta oshganida tetraploid deyiladi. Poliploid organizm otaona organizmga nisbatan yirik va kuchli boʻladi. P. oʻsimliklar orasida keng Tap-kalgan; madaniy oʻsimliklar, odatda, poliploid boʻladi. P. hayvonlar orasida ayrim qisqichbaqasimonlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, as-karidalarda uchraydi. Sunʼiy P. yuqori harorat, nurlanish, kimyoviy moddalar (kolxitsin va boshqalar) taʼsir et-tirib hosil qilinadi. P. katta amaliy ahamiyatga ega. Poliploid oʻsimliklar yirik va serhosil boʻladi. P. dan oʻsimlik navlari xususiyatini yaxshilash, yirik va serhosil navlar yetishtirishda keng foydalaniladi.
Xromosomalar tashqi va ichki spirallanadi. Tashqi spirallanish (interfazada xromosoma, xromatid yoki poluxromatidlaming buralishi natijasida vujudga keladi) va ichki spirallanish (profaza va metafaza oralig'ida bo'ladi, ya'ni alohida yoki ikkita qiz xromatidlarning ichida) boʻladi. Ichki spirallanish meyozda yaxshi kuzatiladi. Xromosomada katta va kichik spiral boʻlib, katta spiral ma'lum diametrga yetgach, kichik spiral paydo bo'la boshlaydi. Har ikkala spiral xromosomalar ikkilanishini vujudga keltiradi va uni ikkilangan spiral deyiladi.
Profazadan boshlab xromosomalar kuchli spirallana boshlaydi. Metafazada kichik spiralning spirallanishi tufayli spiralning diametri kattalashadi va yo'g'onlashadi. Anafazada spiral strukturasi o'zgarmaydi, telefozada spiral bo'shashadi, despirallashadi va interfaza holiga oʻtadi. Ikki yoki undan ko'proq xromosoma iplarining oʻzaro buralishidan ikki tip spirallar hosil boʻladi. Paranemik spirallanishda iplar biri ikkinchisiga kirib turgandek bo'lib, ular bir-birlaridan oson ajraladi. Plektonemik spirallanishda iplar soch o'rilishi kabi boʻladi va ularning bir-birlaridan ajralishi qiyin bo'ladi

Yüklə 44,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə