Mavzu: Hujayra xromosomalarining morfofunksional xarakteristikasi



Yüklə 44,9 Kb.
səhifə5/8
tarix19.12.2023
ölçüsü44,9 Kb.
#152944
1   2   3   4   5   6   7   8
Qo\'shmurodov Bekjon referat

Hujayara umumiy tuzilishi
Hujayra (lotincha: cellula — „katakcha“) barcha hayot organizmlarning tuzilish, tarkibiy va funksional birligidir (viruslar bundan mustasno). Hujayra organizmning yashayotgan eng kichik boʻlagi, deb belgilanadi. Baʼzi organizmlar (masalan, bakteriyalar) bir hujayralidir, yaʼni faqat bitta hujayraga ega. Boshqa organizmlar esa koʻp hujayralidir (masalan, oʻrtacha odam 100 trillion yoki 1014 hujayradan iboratdir; oʻrtacha hujayra oʻlchami 10 mikrometr, massasi esa 1 nanogramdir). Eng katta hujayra tuyaqush tuxumi boʻlib, uzunligi 15 sm, massasi 1.4 kg gacha boʻladi. Hujayrani ilk marta Robert Xuk 1665-yilda kashf qilgan.
Hujayra alohida organizm sifatida hayot kechirishi (bakteriyalar, eng sodda hayvonlar, ayrim suvoʻtlar va zamburugʻlar) yoki koʻp hujayrali organizmlar toʻqimalari tarkibiga kirishi mumkin. Genetik apparat eukariotlarda sitoplazma membrana bilan ajralgan yadroda; prokariotlar esa nukleoidda joylashadi. Jinsiy hujayra meyoz natijasida hosil boʻladi.

Hujayra oʻlchami 0,1—0,25 mkm dan (ayrim bakteriyalar) 155 mm gacha (tuyaqush tuxumi). Hujayraning xilma-xil funksiyasini ixtisoslashgan ichki strukturalar — organoidlar bajaradi. Hujayraning universal organoidlari: yadroda — xromosomalar, sitoplazmada — ribosomalar, mitoxondriyalar, endoplazmatik toʻr, Golji kompleksi, lizosomalgr. Ayrim manbalarda hujayra membranasi ham organoidlar qatoriga kiritiladi. Koʻpchilik hujayrada boʻladigan membrana strukturalari — mikronaychalar, mikrofibrillalar hujayra shaklining; hujayra kiritmalari hujayra tarkibining doimiyligini taʼminlash vazifasini bajaradi.


Bir hujayrali organizmlar bo'linishida ikkita organizm hosil bo'ladi, ya'ni bo'linish bu turning individi sonining ortishi uchun xizmat qiladi. Umuman olganda. hujayraning ikkilanishi siklik jarayon hisoblanadi, chunki bir ikkilanishning mahsuli boʻlgan qiz hujayralar yana boʻlinadi.

Hujayraning bir bo'linishdan ikkinchi bo'linishga qadarli hayotini hujayra sikli deyiladi. Bu turli hujayralar uchun har xil bo'ladi. Masalan, bakterial hujayralar uchun u 20-30 min, tufelka infuzoriyasi uchun 12-14 soat, kamaycha infuzoriyasi uchun 2-3 sutka, amyoba uchun 5 sutkani tashkil qiladi. Hujayra siklining davomiyligi harorat va atrof muhit sharoitlariga bog'liq. Hujayra sikli ikkita asosiy bosqichlarga boʻlinadi: 1) yadro materialining to'g'ri taqsimlanishini ta'minlovchi mitoz; 2) mitozga tayyorgarlik sodir bo'ladigan ikki bo'linish oralig'i-interfaza. Ko'p hujayrali organizmlar hujayralarining ko'payishi har xil. Hayvon organizmi hujayralari ertaki embriogenezda tez-tez boʻlinsa, katta yoshda bu qobiliyatni yoʻqotadi. Yumaloq chuvalchanglarda hujayralarning bo'linishi embrional taraqqiyot tugagandan so'ng to'xtaydi.


Organizmning rivojlanishi jarayonida hujayralarning ko'payishi har bir turning genetik apparati nazorati ostida amalga oshadi. Hujayralarning ko'payishi organizmning butun hayoti davomida, uning ichki talabi, ichki va tashqi muhit sharoitlariga bog'liq holda yuz beradi. O'simliklarning o'sishi ularning ma'lum qismlarida yangi hujayralarning paydo boʻlishi natijasida yuz beradi. Masalan, meristema uchidagi hujayralarning ko'payishi hisobiga ildiz va poyaning bo'yiga o'sishi, kambiy hujayralarining ko'payishi hisobiga esa ularning yo'g'onlashishi yuz beradi. Bulardan farq qilib, hayvonlarda voyaga yetgan organizmda tana mutanosibligi yuzaga kelgach, faqat shu organizmning oʻlgan hujayralarining o'rnini qoplash uchungina hujayralarning bo'linishi sodir boʻlib turadi.
Hujayralarning ko`payishi bitta hujayradan ikkita hujayraning shunchaki hosir boʻlishigina emas, balki ona hujayradagi axborot bilan aynan bir xil axborotga ega boʻlgan ikkita hujayraning hosil boʻlishidir. Shuning uchun, hujayraning ikkilanishi jarayonini hujayrada boʻladigan axborotni aniq ikkilanishi va qiz hujayralarga bir xil tarqalishi usuli deb bilmoq kerak. Ma'lumki, DNK boshqaruv markazi hisoblanganligi uchun hujayra bo'linishida yadrodagi oʻzgarishlarga e'tiborni qaratmoq darkor. Barcha eukariot hujayralarda ko'payish jarayoni umuman olganda o'xshash, ammo ba'zi modifikatsiyalar ham uchrashi mumkin.
Prokariot hujayralar murakkab maxsus tuzilmalar hosil qilmay, toʻgʻri -binar yo'li bilan boʻlinadi. Bunda yangi ikki DNK molekulasi qiz hujayralarga to'g'ri taqsimlanadi. Odatda, hujayra bo'linishidan avval xromosomalar ikkilanadi va DNK sintezlanadi. Bu barcha prokariot va eukariot hujayralar uchun umumiydir.


Yüklə 44,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə