Mavzu: Hujayra xromosomalarining morfofunksional xarakteristikasi



Yüklə 44,9 Kb.
səhifə7/8
tarix19.12.2023
ölçüsü44,9 Kb.
#152944
1   2   3   4   5   6   7   8
Qo\'shmurodov Bekjon referat

Mavzu:Tranmissiv kasalliklar.
Reja:

  1. Viruslarni organizmga zarari

  2. Harorat oshishining organizmga salbiy va ijobiy tasirlari

  3. Odamlarda uchraydigan tranmissiv kasalliklar

Koʻpincha kasallik mikroblari (va viruslari) chiqargan modsalar va ularning parchalanish mahsulotlari, orga-nizmga hazm yoʻlidan boshqa yoʻl bilan kiritilgan yot oqsillar (baʼzan vak-sinalar)ning parchalanish mahsulotlari, shuningdek, organizmning oʻz toʻqima va hujayralari shikastlanganda (mas, ichga qon quyilganda, jarohatlanishda, toʻqimalar ezilganda va h. k.) hosil boʻladigan moddalar taʼsirida I. chiqadi.


Organizmda moddalar almashinganda kimyoviy reaksiyalar roʻy berishi toʻfayli baʼzi aʼzolarda, mas, jigar va muskullarda doim issiklik hosil boʻlib turadi, shundan maʼlum bir qismining badanda ushlanib qolishi gavda temperaturasining koʻtarilishiga sabab boʻladi. Yuqorida aytilgan moddalar bosh miyadagi termoregulyasiya markaziga bevosita yoki retseptorlar orqali taʼsir etganda I. paydo boʻladi. Gavda temperaturasi tez koʻtarilganda teri tomirlari torayib (spazm), sovuq seziladi va muskullar titraydi (qarang Jun-jish). Gavda temperaturasi juda yuqori koʻtarilgan vaqtda organizmdan issikdik chiqib ketishi kuchayib, issiqlik hosil boʻlishi vaqtincha muvozanatlanadi. temperatura tushayotganda organizmdan issiklik chiqib ketishi yanada kuchayadi (badan terlaydi, teri tomirlari kengayadi). temperatura birdaniga — juda tez (kritik) yoki sekin-asta (litik) tushishi mumkin.

Baʼzi mikrob zaharlarining katta dozalari termoregulyasiya markazini qoʻzgʻatgach, ketidan susaytirishi mumkin. Shu sababli kasallik (mas, dif-teriya)ning ogʻir — toksik xili deyarli. I.siz oʻtishi mumkin. Keksalar va ozgʻin, bedarmon kishilar ogʻir infeksion kasalliklar bilan ogʻriganda baʼzan I. chiqmaydi.


Gavda temperaturasining koʻtarilish darajasiga qarab I. subfebril (38° dan past), oʻrtacha (39,5° gacha), yukrri yoki baland (4 G gacha) va, baʼzan, haddan tashqari yuqori (41° dan ortiq) boʻladi. Gavda temperaturasining 40—4G gacha koʻtarilishi bosh ogʻrigʻi, darmonsizlik, ishtaha boʻgʻilishi, meʼda sekretsiyasining susayishi va boshqa hodisalarga sabab boʻlsada, hayot uchun xavfli emaye Lekin isitmali baʼzi kasalliklarda bemorning alaxlashi, behush boʻlib qolishi, moddalar almashinuvi va ovqat hazm qilishning buzilishi, asosan, temperaturaning koʻp koʻtarilishiga emas, balki shu kasallikdagi intoksikatsiya xususiyatlariga va shuning natijasida orga-nizmdagi turli funksiyalarning buzilish darajasiga bogʻliq. Bu holda be-mor atrofida hamshira yoki boshqa tibbiyot xodimi, shuningdek, bemorning yaqin kishilari boʻlib sovuq kompress qoʻyishi va bexosdan oʻrnidan turib ket-masligini nazorat qilib turishi shart.
Kasallik sababini bartaraf qilmay turib, isitmani sunʼiy yoʻl bilan tushirish bemorning kayfiyatini yaxshilasa ham, naf bermaydi, aksincha, tashhis (diagnoz) ni qiyinlashtiradi. I. chiqqanda organizmning immun xususiyatlari kuchayib (qarang Immunitet), infeksion jarayonlar susayadi, shu bois ayrim hollarda (zaxmning 4-bosqichi, epidemik ensefalit va boshqalar) davo maq-sadida sunʼiy I. yuzaga keltiriladi.
Infeksion kasalliklar — patogen mikroorganizmlar (bakteriyalar, viruslar, eng sodda jonivorlar va h. k.)ning kishi, hayvon va oʻsimlik organizmiga kirib koʻpayib, zararli taʼsir koʻrsatishi natijasida kelib chiqadigan kasalliklar. Infeksion kasalliklardan baʼzilari (mas, qizamiq) bemorga yaqin yurilganda yuqadi, ularga „yuqumli kasalliklar“ termini juda mos keladi. Infeksion kasalliklardan baʼzilari (mas, bezgak) bemorga yaqin yurilganda („kontakt“ yoʻli bilan) yuqmaydi, demak, ularga „yuqumli kasaaalliklar“ termini unchalik toʻgʻri kelmaydi. Bemor organizmida shu kasallikni vujudga keltiruvchi maxsus mikrob borligi va kasallikning odamdan odamga yuqishi mumkinligi Infeksion kasalliklarning asosiy belgilaridir. Infeksion kasalliklarning chinakam sabablari 19-asrning 2-yarmida L. Paster, R. Kox, I. I. Mechnikov va b. olimlarning ishlari bilan isbot qilindi. Baʼzi kasalliklar (vabo, ich terlama, paratif, dizenteriya va b. ichak infeksiyalari) hazm yoʻli orqali (bemorlar najasi tushgan suv va oziq-ovqat yoki shu najas zarralari tekkan yuvuqsiz qoʻl orqali) yuqadi. Bemor yoʻtalganda, aksa oʻrganda, soʻzlashganda chiqadigan mayda shilimshiq zarralari havo bilan nafas yoʻllariga kirishidan kelib chiqadigan kasalliklar (tomchili infeksiyalar)ga gripp, koʻkyoʻtal, parotit, difteriya, qizamiq va b. kiradi. Baʼzi kasalliklarqon soʻrar hasharotlar (bit, chivin, burga, kana, iskabtopar va h. k.) orqali yuqadi (bezgak, toshmali terlama, qaytalovchi terlama, kana va chivin orqali yuqadigan ensefalitlar, iskabtopar isitmasi va h. k.).

Transmissiv kasalliklar - bemor (yoki bakteriya tashuvchi)dan yoki kasal hayvondan boʻgʻimoyokdyugar, mas., qon soʻruvchilar orqali sogʻlom kishilarga yuqadigan infeksion kasalliklar. Bu guruhga mansub kasalliklarning qoʻzgʻatuvchilari sogʻlom odam organizmiga teri orqali tushadi va, asosan, qonda boʻladi. Odatda, terida toshmalar paydo boʻlishi va mayda tomirlar jarohatlanishi bilan kechadi. Rikketsiozlar Transmissiv kasalliklarning katta qismini tashkil etadi. Koʻpincha maʼlum hududlarda qayd qilinadi va oʻsha joyning nomi bilan ataladi. Transmissiv kasalliklar 5 guruhga boʻlinadi: toshmali terlama guruhi, kana dogʻli isitmasi guruhi, qizil tanachali kana isitmasi, pnevmotrop (nafas yoʻllarini jarohatlaydigan) rikketsiozlar va paroksizmal rikketsiozlar. Kasallik, asosan, bit, burga yoki kanalar chaqqanda yuqadi. Toshmali terlamada odam, boshqasida kalamush, sichqon va boshqa kemiruvchi hayvonlar, ayrimlarida yovvoyi va uy hayvonlari hamda qushlar rezervuar hisoblanadi.


Odamlarda u chraydigan ko'pchilik kasalliklar yuqumli (infektsion) hisoblanadi. Ularning kelib chiqishi kishi organizmiga tirik kasallik qo'zg'atuvchilar kirishi va ma'lum shart-sharoitlarda ko'payishi, hamda tashqi muhitga qaytib chiqishi bilan bog'liq. Natijada kasallangan odam kasallik mikrobi (qo'zg'atuvchisi)ni boshqalarga tarqatuvchi-kasallik manbaiga aylanadi.

Yuqumli kasalliklarni ko'zga ko'rinmaydigan o'ta kichik tirik mavjudotlar, ya'ni viruslar keltirib chiqaradi. Ular juda oddiy tuzilgan bo'lishiga qaramasdan boshqa tirik organizmlar kabi nafas oladi, oziqlanadi va ko'payadi.

Yuqumli kasalliklar qo'zg'atuvchilarining o'ziga xos xususiyatlaridan biri shuki ular organizmga tushib ko'payganda o'zlaridan toksin (zahar) ajratib chiqaradi va to'qimalar xujayralarining faoliyatini buzadi.
Har bir kasallik qo'zg'atuvchi o'ziga xos ko'rinishga ega bo'lib "o'z" kasalligini keltirib chiqaradi. Har xil kasallik qo'zg'atuvchi organizmga har xil ta'sir ko'rsatuvchi har xil toksin chiqaradi va inson tanasida o'z "yashash joyi" ga ega bo'ladi ya'ni kasallik qo'zg'atuvchi mikrob ko'payishi uchun eng qulay to'qimani tanlaydi. Bir tur mikrobga taalluqli bo'lgan ushbu xususiyatlar spetsifik xususiyatlar deb yuritiladi.

Kasallik qo'zg'atuvchilarning ushbu spetsifik xususiyatlari muayyan yuqumli kasallik mavjudligini belgilab beradi. Masalan, ich terlama mikrobi faqat ich terlama kasalligini keltirib chiqaradi. Demak har qanday yuqumli kasallik organizmga tirik spetsifik qo'zg'atuvchi kirishi va uning ko'payishi natijasida kelib chiqadi. Agarda viruslar ko'payishiga hech qanday to'siq bo'lmaganda edi, ular ajratib chiqargan zaharlar ta'sirida odamlar halok bo'lib ketgan bo'lar edi. Biroq inson organizmi mikroblarga qarshi kurashish, ya'ni ularni o'ldirish va ular tomonidan chiqarilgan zaharlarni neytrallash (zararsizlantirish) qobiliyatiga ega. Bu qobiliyat- yuqumli kasalliklarga nisbatan chidamlilik yoki immunitet hisoblanadi. Immunitetning tug'ma va orttirilgan turlari farqlanadi. Tug'ma immunitetga ma'lum kasalliklarga chidamlilikni belgilab beradigan faqat ma'lum tur ya'ni hayvon yoki odamga xos bo'lgan nasldan-naslga o'tuvchi kasallikka chidamlilikka aytiladi. Masalan cho'chqalar o'lati bilan faqat cho'chqalargina kasallanadi. Odamlar va hayvonlarning boshqa turlari bu kasallik bilan kasallanmaydi.

Orttirilgan immunitet ma'lum bir yuqumli kasallik bilan kasallangandan so'ng yoki maxsus emlashdan so'ng hosil bo'ladi.
Isitma — odam va issiq qonli hayvonlar organizmining qoʻzgʻatuvchi omillar (xususan, mikroblar)ga nisbatan maxsus reaksiyasi; himoyalanish usullaridan biri. Gavda temperaturasining koʻtarilishida namoyon boʻladi, koʻpgina kasalliklarda kuzatiladi. Gavda temperaturasining koʻtarilishi bilan oʻtadigan hamma kasalliklar qadimdan I. deb atalgan. I. hozir mustaqil kasallik deb hisoblanmasa ham, baʼzi kasalliklar hamon I. deb ataladi (mas, bezgak isitmasi, iskabtopar isitmasi, Ku isitmasi). I.ning infeksion va noin-feksion xillari farq qilinadi. I. yuqumli kasalliklarda ham, yuqumsiz kasalliklarda ham chiqaverishi mumkin.


Yüklə 44,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə