Mavzu: Hujayra xromosomalarining morfofunksional xarakteristikasi



Yüklə 44,9 Kb.
səhifə8/8
tarix19.12.2023
ölçüsü44,9 Kb.
#152944
1   2   3   4   5   6   7   8
Qo\'shmurodov Bekjon referat

Mavzu:Parazit sodda hayvonlar
Reja:

  1. Leyshmaniya haqida umumiy tushuncha

  2. Tripanosoma anatomik tuzilishi

  3. Sodda hayvonlar morfologik tuzilishi

Lyamblioz (lambliosis) — lambliyalar qoʻzgʻatadigan invazion kasallik. Odamlarda lyambliozni Lamblia intestinalis qoʻzgʻatadi. Lyambliyalarning harakatchan (vegetativ) va harakatlanmaydigan (sista) shakllari bor. Kasallik manbai lyambliyalar bilan zararlangan kishi hisoblanadi. Lyambliyalar sogʻlom odamning meʼda-ichak yoʻliga tushib, ingichka ichakda koʻpayadi va uning shilliq pardasini zararlaydi. Ular ingichka ichakdan yoʻgʻon ichakka oʻtib (bu yer ular uchun noqulay sharoit hisoblanadi), oʻz harakatini yoʻqotadi va sistalarga aylanadi. Ular najas bilan tashqariga chiqadi. Lyambliya sistalari tashqi muhitda yaxshi saqlanadi. Kasallik lyambliya tushgan ovqat (ayniqsa, meva va sabzavotlar) isteʼmol qilinganda va suv ichilganda, shuningdek, kir qoʻl va roʻzgʻor buyumlari orqali yuqadi. Turli geografik mintaqalarda katta yoshdagi axrli orasida 5—12% hollarda najasda sista topiladi. Lyamblioz aksari bolalarda uchraydi. Klinik belgilari zararlangan aʼzoga qarab har xil boʻladi. Koʻproq ichak va oʻt yoʻllari zararlanadi. Baʼzan kasallik alomatlari roʻyrost koʻrinmay, enterit, xoletsistit va h.k. bilan birga kechishi ham mumkin. Tekshirish chogʻida najasdan lyambliyalarning sistasi, oʻt (safro)dan uning vegetativ shakllarini topish mumkin. Lyambliozning oldini olishda shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilish talab etiladi. Davosi: kasallikning kechishiga qarab trixopol, furazolidon, aminaxinol va boshqa dori vositalari shifokor tomonidan tavsiya etiladi. Oʻzbekistonda Lyambliozning turli jixatlari professor Nozima Abdullayevna Dehqonxoʻjayeva tomonidan chuqur oʻrganilgan.


Leyshmaniyalar (Leishmania) — kinetoplastidlar turkumiga mansub xivchinlilar urugʻi. Uz. 2—4 mkm. Ayrim sut emizuvchilar (odam, itlar), sudralib yuruvchilar hujayralarining ichki paraziti. Teri va ichki organlar hujayralarini jarohatlab "yomon yara" (teri leyshmaniozi) va "kalaazar" (visseral leyshmanioz) deb ataladigan kasalliklarni paydo qiladi. Qon soʻruvchi iskaptoparlar orqali tarqaladi. Odam xujayrasida parazitlik kiladigan davrida (leyshmanial davri) xivchini boʻlmaydi, iskaptopar organizmida xivchini qaytadan tiklanadi (leptomonad davri). Odamda 3 turi: teri leyshmaniozini paydo qiladigan tropik L. (L.tropika), teri shilimshigʻini paydo kiladigan braziliya leyshmaniyasi (L.brasilien sis), visseral (ichki) leyshmaniozni paydo kiladigan Donovan Leyshmaniyalar (L.donovani) parazitlik qiladi. Tabiatda L. tarqalishining asosiy manbai yumronqoziqlar hisoblanadi. Oʻzbekistonning ayrim jan. hududlarida tropik L. "yomon yara" paydo qiladi.
Sodda hayvonlarning tanasi protoplazma va yadrodan tashkil topgan bitta hujayradan iborat. Shuning uchun ular koʻpincha bir hujayrali hayvonlar deb ataladi. Aynan shu bitta hujayra koʻp hujayrali hayvonlar organizmiga xos boʻlgan barcha funksiyalami bajaradi. Koʻpgina sodda hayvonlarning tanasi tashqi tomondan yupqa elastik qobiq — pellikula bilan qoplangan. Protoplazma tiniq va bir xil tuzilishli ektoplazma hamda yarim quyuq donali endoplazmadan iborat. Hayot faoliyatining asosiy qismi endoplazmada kechadi. Chunki endoplazmada Golji apparati, endoplazmatik tur, mitoxondriya, ribosoma, lizosoma va shunga oʻxshash muhim organoidlar joylashgan. Bundan tashqari, endoplazmada ovqat hazm qiluvchi va qisqaruvchi vakuolalar hamda shunga oʻxshash organellalar bor. Sodda hayvonlar bir, ikki va koʻp yadroli boʻladi. Yadro ulaming hayot faoliyati jarayonlarini boshqaradi va koʻpayishda hamda irsiy xossalami nasldan naslga oʻtkazishda muhim rol oʻynaydi. Sodda hayvonlar psevdopodiyalari (soxta oyoqlar), xivchinlari va kiprikchalari yordamida harakat qiladi. Koʻpayishi jinssiz va jinsiy yoʻl bilan sodir boʻladi. Erkin yashovchi protozoa keng tarqalgan bo'lib, ko'pincha chuchuk, sho'r va sho'r suvlarda, shuningdek, tuproq va mox kabi boshqa nam muhitda ko'p. Ba'zi turlar issiq buloqlar [1] va gipersho'r ko'llar va lagunalar kabi ekstremal muhitda o'sadi.[2] Barcha protozoa nam yashash muhitini talab qiladi; ammo ba'zilari quruq muhitda uzoq vaqt davomida sistalar hosil qilib, sharoit yaxshilanmaguncha yashsab qolish imkonini beradi.
Tripanosomalar (Tripanosoma) — kinetoblastidlar turkumiga mansub parazit xivchinlilar urugʻi. Uz. 15—40 mkm. Gavdasi duksimon, yadrosi bitta. Xivchini tanasining keyingi qismida joylashgan bazal tanachadan boshlanib, tanasi boʻylab oʻtgan va yupqa membrana yordamida pellikula qobiq bilan tutashgan. 10 dan ortiq turi bor. Boʻyiga boʻlinish orqali jinssiz koʻpayadi. Umurtqali hayvonlarning qoni, orqa miya suyukligi va boshqa toʻqimalarida parazitlik qiladi. Osmotik oziqlanadi. Ayrim turlari qonga eritrotsitlarni yemiruvchi toksinlar ajratadi. T. hasharotlar (setse pashshasi, soʻnalar), kanalar va boshqa tashuvchilar orqali yuqadi. Odamda ogʻir uyqu va chagas, uy hayvonlarida "suv ogʻriq" (ot, tuya, fil, kuchuk) va nagana (qoramollar), kuyiqish (ot) kasalliklarini tarqatadi.
Koksidiyalar (Coccidia) turkumi. Koksidiyalar juda xilma-xil bo'lib, 2400 ga yaqin turni o'z ichiga oladi Har xil halqali chuvalchanglar mollyaskalar bo'g'immoyoqlilar va umurtqali hayvonlarda parazitlik qiladi Koksidiyalar hujayra ichida parazitlik qilishi bilan gregarinalardan farq qiladi Ko'pchilik turlarining hayot sikli pussiz va jinsiy ko'payish hamda sporogoniyaning qonuniy gallanishi orqali boradi No javin almashtirmasdan rivojlanadigan turlarida sporogoniya tashqi muhitda boradi. Xo'jayin almashtirib nvojlanadigan turlarida esa sporogoniya va jinssiz ko'payish boshqa-boshqa xo'jayinlar organizmida rivojlanadi Jinsiy ko'payishi xar xil kattalikdagi gametalarning kopulyatsiyasi tanizoumicu) orqali sodir bo'ladi.
Gregarinalar (Gregarinida) turkumi. Gregarinalarning umurtqasiz hayvonlarda parazitlik qiladigan 500 ga yaqin turi ma'lum Ko'pchilik turlari, asosan hasharotlarning ichagida yashaydi Ayrim vakillari halqali shuvalchanglar, ninaterililar va qobiqlilarda ham uchraydi Gregarinalar hayvonlarning tana bo'shlig'i jinsiy va boshqa organlarida parazitlik qiladi Gregarinalarning jinsiy ko'payishi o'ziga xos bolib, boshqa walilardan keskin farq qiladi. Ular orasida bogamoyoqlilarning chagida yashovchi haqiqiy gregarinalar (Eugregarinida) turkumi vakillari eng murakkab tuzilgan.

Tuzilishi. Gregarinalar xilma-xil shaklda, kattaligi 10 mkm dan 16 inm gacha bo'ladi. Tana shakli va kattaligi ularning qaysi organda parazitlik qilishiga ko'p jihatdan bog'liq Ichakda yashovchi gregarinalar ancha yirik (16 mm gacha) duksimon, tana bo'shlig'idan olingan vakillari esa yumaloq shaklda bo'ladi. Ancha murakkab tuzilgan gregarinalarning tanasida yadrosi joylashgan eng yirik oxirgi bo'limi devtomerit va undan oldings bo'hun protomerir deyiladi. Protomeritda yopishuv organ pumerat joylashgan.



Sporalilar (Sporozoa) — bir hujayralilar kenja dunyosiga mansub hayvonlar tipi. Xivchinlilardan kelib chiqqan. S. turli hayvonlar va odamning hujayra, toʻqima va organlarida parazitlik qilib, ogʻir kasalliklarni keltirib chiqaradi. Parazit hayot kechirish taʼsirida tana tuzilishi birmuncha soddalashgan. Harakatlanish organoidlari, qisqaruvchi va ovqat xazm qiluvchi vakuollari rivojlanmagan. Hayot sikli spora xosil qilish bilan tugallanadi; spora qobigʻi parazitni noqulay muhit taʼsiridan himoya qiladi. S. hayot siklida jinssiz, jinsiy va sporogoniya jarayonlari almashinib turadi. Jinssiz koʻpayish hujayraning koʻp marta boʻlinishi (shizogoniya), jinsiy koʻpayish esa koʻpchilik sporalilarda ikki xil tipdagi gametalar (anizogametalar)ning kopulsiyasidan iborat. Faqat fegarinalar bir xil tipdagi gametalar (izogametalar) hosil qiladi. Zigotasi, odatda, qalin po'st bilan o'ralgan boʻlib, oosista deyiladi. Oosista ichida sporogoniya natijasida sporozoitlar hosil boʻlishi bilan parazitning rivojlanish sikli tugallanadi. S. tipiga 400 dan ortiq tur kiradi. S. tipi fegarinalar va koksidiyasimonlar sinflariga ajratiladi. Ayrim S.ning rivojlanishi bitta xo'jayinda oʻtadi (koʻpchilik koksidiyalar) va oosistlari yordamida tarqaladi. Boshqa S.ning rivojlanishi ikkita xoʻjayinda, yaʼni jinssiz koʻpayishi bir xoʻjayinda, gametogenez va sporogoniya davrlari boshqa xoʻjayinda oʻtadi. Bunday S. hayvonlar va odamga alimentar yoʻl bilan (zararlanmagan hayvon zararlangan hayvonni yeyishi) yoki qon soʻruvchi hasharotlar orqali (bezgak parazitining chivin orqali yuqishi) oʻtadi.
Koʻpayish (biologiyada) — barcha mavjudotlarning oʻziga oʻxshash organizmlar hosil qilish orqali oʻz hayoti uzluksizligi va uzviyligini taʼminlash xususiyati. Koʻpayish jinssiz va jinsiy boʻladi. Jinssiz Koʻpayish 2-marta yoki koʻp marta boʻlinish, yaʼni shizogoniya (bir hujayralilarda); spora hosil qilish (tuban va sporali oʻsimliklarda); vegetativ koʻpayish (organlar bir qismining aj-ralib chiqib, yangi organizm hosil qilishi) va kurtaqlanish (koʻp hujayralilarda) orqali sodir boʻlishi mumkin. Boʻlinish va spora hosil qilib Koʻpayishda organizm jinsiy jihatdan ixtisoslashmagan bitta xujayradan rivojlanadi. Vegetativ Koʻpayishda esa yangi organizm ova organizmning bir qismidan hosil boʻladi.
Jinsiy Koʻpayish 2 xil jinsiy hujayraning koʻpayishi, yaʼni urugʻlanish yoki partenogenez (tuxum hujayraning urugʻlanmasdan rivojlanishi) orqali roʻy beradi. Koʻpchilik hayvonlarning hayot siklida Koʻpayishning turli shakllari, mas, jinssiz va jinsiy, urugʻlanish va partenogenez, urugʻlanish va vegetativ koʻpayish qonuniy almashinib turadi. Oʻsimliklarning Koʻpayishi ham jinssiz (sporofit) va jinsiy (gametofit) naslning gʻallanib turishi orqali boradi. Koʻpayish muddati va tezligi harorat, kun uzunligi, oziq miqdori va tashqi muhitning b. omillari bilan bogʻliq. Yuksak hayvonlarda Koʻpayish organlari faoliyati nerv sistemasi va ichki sekretsiya bezlari tomonidan boshqarib turiladi.
Yüklə 44,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə