Ma’ruza Zaharlarning turli a’zolar tizimlariga ta’siri Reja



Yüklə 70,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/7
tarix19.12.2023
ölçüsü70,92 Kb.
#152502
1   2   3   4   5   6   7
ST 9-m Документ Microsoft Word (1)

Kanserogen ta’sir. 
Alkillovchi bir qator moddalarda mutagen va kanserogen ta’sir 
o‘rtasida korrelyatsiya aniqlangan, ayni paytda ma’lum kanserogenlardan bir nechtasigina 
tabiatda tabiiy holda uchraydi (ayrim metallar, o‘simlik kanserogenlar). Aksariyat kimyoviy 
kanserogenlar – inson tomonidan yaratilgan sun’iy organik birikmalardir.
Kanserogen samara paydo bo‘lishi uchun kanserogenlar shish paydo bo‘lguncha 
doimiy ta’sir qilishi shart emas. Kanserogen modda bilan aloqada bo‘lgandan keyin ancha 
vaqt o‘tganda ham shish rivojlanishi mumkin. Yakuniy natija bilan kanserogen modda 
miqdori o‘rtasida bog‘liqlikni aniqlash ancha mushkul. Juda kichik dozalar ta’siri ham izsiz 
yo‘qolmaydi, chunki u yig‘ilib, xuddi shunday natijaga olib kelishi mumkin. 
Kokanserogenlar ancha katta xavf tug‘dirishi mumkin. Ular ta’sirida kanserogenning
ostonaviy dozasi xavfli o‘sishni keltirib chiqaradi. Ko‘p-lab fibrogen changlar kokanserogen 
ta’sirga ega, ular o‘pkaga professional bo‘lmagan kanserogenlarning to‘planishini 
kuchaytiradi (chekish). 
L.M.Shabad (1973) inson uchun ta’sir kuchi va haqiqiy xavfiga qarab kanserogenlarni 
to‘rtta guruhga ajratishni taklif etadi: 
1) kanserogen faolligi nafaqat hayvonlar bilan o‘tka-zilgan tajribalarda, balki 
insonlarni kuzatishda ham aniqlangan moddalar (beta-naftilamin, benzidin, 4-aminodifenil va 
benz-(a)-piren); 


2) aksariyat tajriba hayvonlarida (80-100 foiz hollarda) xavfli shishlarni keltirib 
chiqaradigan va qisqa muddatlarda (4-6 oy) ularning soni bir necha o‘ndan oshmaydigan 
moddalar (PAU, aminoazotli birikmalar, flyuorenlar, nitrozaminlar, aflotoksinlar); 
3) kanserogenligi hayvonlarda aniqlangan moddalar, biroq 20-30 foiz hollarda ancha 
keng muddatlarda (hayotining oxirida) – (disiklogeksamin); 
4) kanserogenlilik nuqtai nazaridan shubhali moddalar, ular bo‘yicha to‘plangan 
eksperimental ma’lumotlar qarama-qarshilikka ega yoki yetarli emas. 
Hozirgacha ma’lum bo‘lgan kanserogenlarning aksariyati universal teratogenlardir. 
Ma’lumki, ba’zi bir kanserogen moddalarning homiladorlik paytidagi ta’siri avlodlarda 
shishlar rivojlanishini keltirib chiqaradi.
Professional shishlarning juda ko‘pchiligi teri, o‘pka, siydik pufagi saratonini tashkil 
qiladi. Margimushli teri saratoni ko‘proq kaftlarda, barmoqlarda, oyoq kaftida, kamroq 
bilakning ichki tomonida, qo‘ltiq ostida, orqa teshik burmalarida to‘planadi. Qurumli “mo‘ri 
tozalovchi saratoni” ko‘proq moyak xaltasini zararlagan. Terining qatronli va pekli saratoni 
odatda surunkali dermatitlar, pigmentatsiya buzilishi, so‘gal va papillomalardan keyin 
rivojlanadi. O‘pka saratoni ko‘pincha asbestozda uchraydi. Silikozning xavfli shishga 
aylanishi isbotlanmagan. Professional saraton aksariyat hollarda kimyoviy kanserogenlar 
uzoq vaqt ta’sir qilganda yuzaga keladi, bunda latent davr yillar va o‘n yillarga cho‘zilishi 
mumkin.
 
Tayanch 
so‘z 
va 
iboralar:
vegetativ-tomir 
distoniyasi 
sindromi, 
nevritlar, 
polinevritlar,pnevmoskleroz, nekroz, serroz, mutagen, konserogen, terotogen, narkotik. 
 

Yüklə 70,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə