Ma’ruza Zaharlarning turli a’zolar tizimlariga ta’siri Reja



Yüklə 70,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix19.12.2023
ölçüsü70,92 Kb.
#152502
1   2   3   4   5   6   7
ST 9-m Документ Microsoft Word (1)

2

Nafas olish tizimi.
Nafas olish yo‘llari zaharlanishini qo‘zg‘atuvchi moddalar 
gazlari va bug‘lari, shuningdek turli changlar keltirib chiqaradi. Patalogik jarayonning 
qanchalik kengayib ketmasligi gazlar va bug‘larning suvda eruvchanligi koeffitsienti va chang 
zarrachalarining dispersligiga bog‘liq.
Suvda yaxshi eriydigan zaharlar va yirik chang zarrachalari ko‘proq yuqori nafas 
yo‘llarini zararlantiradi. Eruvchanligi past zaharlar va mayda changlar nafas tizimining 
chuqurroq joylashgan bo‘limlarigacha kirib boradi hamda bronxiolalar va atsinuslarni 
zararlaydi. 
Xlor, ammiak, oltingugurt angidrid bilan o‘tkir zaharlanganda rinit, laringotraxeit, 
bronxit kabi klinik belgilar kuzatiladi. 
Dimetilsulfat, berilliy ftor oksidi, kadmiy, vanadiy, marganes, fosgen, azot oksidlari 
bronxit va toksik o‘pka shishini keltirib chiqaradi. Toksik o‘pka shishi – o‘tkir 
zaharlanishning eng og‘ir va xavfli ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, uni qo‘zg‘atuvchi gazlar va 
bug‘lar keltirib chiqaradi va zudlik bilan shifokor aralashuvini talab qiladi. Asosiy alomatlari 
– nafas qisishi, shilliq qavatlar sianozi (to‘qimalarning to‘q-ko‘k rangga kirishi), ba’zan quruq 
yo‘tal, o‘pkaning pastki bo‘limlarida nam xirillash, taxikardiya (tezlashish). Toksik bronxit 
va pnevmoniyalarda kasallik birdaniga boshlanadi, klinik belgilar tez rivojlanadi, yuqori nafas 
yo‘llarining qo‘zg‘alishi kuchli ifodalanadi, zaharlanishning umumiy ko‘rinishlari ham 
yaqqol ko‘zga tashlanadi (nafas siqilishi), ba’zida balg‘am bilan qon ko‘chishi). 
Qo‘zg‘atuvchi moddalarning uzoq davom etadigan ta’siri surunkali katarga (o‘tkir 
respirator kasallik) olib keladi, burun to‘sig‘ida yara paydo bo‘lishi va teshilishi ham mumkin. 
Qo‘zg‘atuvchi moddalar va agressiv chang zarralarining o‘pka to‘qimasiga uzoq 
ta’siri toksik yoki changli pnevmosklerozga (skleroz – to‘qimalarning zichlashishi) olib 
keladi, u emfizema bilan birga kechadi (ammiak, azot oksidlari, kremniyli, temirli, aluminiyli, 
bariyli va h.k.li chang). Emfizema – o‘pkada qon aylanishining pasayishi. 


Qo‘zg‘atuvchi moddalar shilliq pardaning kiprikchali epiteliysini buzadi, bu esa sekret 
to‘planishiga va keyinchalik unga infeksiya yopishib qolishiga olib keladi. Changli 
pnevmosklerozdan eng keng tarqalgani – silikoz bo‘lib, u ko‘pincha nogironlikka ham olib 
keladi. Bu kasallik tarkibida erkin kremniy ikki oksidi bo‘lgan changni yuritish oqibatida 
kelib chiqadi. Silikatozlarning boshqa turlari asbestoz, talkoz va boshqalar.

Yüklə 70,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə