|
Ma’ruza Zaharlarning turli a’zolar tizimlariga ta’siri RejaST 9-m Документ Microsoft Word (1)5. Endokrin tizim.
Sanoat zaharlarining odam organizmiga ta’siri jinsiy bezlar
funksiyalarining buzilishiga olib keladi. Ba’zi bir zaharlar oshqozon osti bezining orolcha
apparatini (xlofenokssirka kislotasi), buyrak usti bezlarining po‘stloq moddasini (ayrim
galogen hosilali uglevodorodlar, tetrabutil va xlorfenokssirka kislotalari), qalqonsimon bez
to‘qimalarini (sianidlar, rodanidlar, ko‘mir va tioko‘mir kislotalari aminlari) zararlaydi.
Tiuram, amitrol va dinil bilan zaharlanishda qalqonsimon bezning ishlashi xaddan tashqari
tezlashib ketadi.
6. Ovqat hazm qilish tizimi.
Sanoat zaharlari og‘iz bo‘shlig‘idan yutilganda shilliq
qavatga bevosita ta’sir qilib ovqat hazm qilish trakti funksiyalarining buzilishiga olib kelishi
mumkin.
Ayrim metallar og‘ish bo‘lshig‘ining shilliq qavatida, ayniqsa milklarda yig‘ilib
qoladi va uni havo-kulrangga bo‘yaydi (kumush, vismut, qo‘rg‘oshin, simob, surma). Bunda
ko‘pincha og‘izda metall mazasi paydo bo‘ladi, biroz shishib ketadi, milklar qizarib tez-tez
qonaydigan bo‘lib qoladi, stomatit, ba’zida benzol bilan zaharlanganda og‘iz shilliq
qavatining yara-nekrotik zararlanishi kuzatiladi.
Ayrim noorganik kislotalar angidridlari va organik kislotalar bug‘laridan nafas
olinganda tishlar zararlanadi va karies kuzatiladi. Ftor va fosfor birikmalari tishlar uchun
jiddiy xavf tug‘diradi. Professional karies uchun oldingi tishlar bo‘yinchalarida chang yig‘ilib
qolishi xos. Avval oldingi tishlar, keyin pastki tishlar zararlanadi.
Trinitrotoluol, selen, organik erituvchilar, azot oksidlari, rux, xrom bilan
zaharlanganda gastrit, sekresiyaning buzilishi, dispeptik holatlar (ovqat hazm bo‘lmasligi)
kuzatiladi. Og‘ir metallar, oltingugurt uglerodi, bromidlar, yodidlar oshqozon va ipak shilliq
qavatlariga yaqqol mahalliy qo‘zg‘atuvchi ta’sir ko‘rsatadi. Simob, margimush, surma,
kadmiy bilan zaharlanganda ko‘proq ich ketishi kuzatilsa, qo‘rg‘oshin, ftoridlar, rux, selen
bilan zaharlanganda ich qotishi kuzatiladi.
Sanoat zaharlarining katta qismi jigarga tanlab ta’sir qilish xususiyatiga ega, bu esa
spesifik gepatotrop ta’sir haqida so‘zlash imkonini beradi. Gepatotrop zaharlar qatoriga
xlorlangan va bromlangan uglevodorodlar, xlorlangan naftalinlar, benzolning nitrohosilalari,
azot kislotasi efir-lari, stirol va uning hosilalari, fosfor va selen birikma-lari, surma,
margimush, gidrazin va uning hosilalari kiradi.
Jigarning o‘tkir va og‘ir zararlanishi parenximaning turli darajada distrofik
o‘zgarishida namoyon bo‘ladi. Jigarning o‘tkir zararlanishining eng dastlabki va eng ko‘p
uchraydigan ko‘rinishi - o‘ng biqinda og‘riq turishi bilan birga dispeptik hamda asteno-
vegetativ sindrom. Jigar og‘ir zahar-langanda keskin ifodalangan sariq kasal namoyon
bo‘ladi, Botkin kasalligida ham funksional namunalar ma’lumotlari shunday bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|