Ma’ruza Zaharlarning turli a’zolar tizimlariga ta’siri Reja



Yüklə 70,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix19.12.2023
ölçüsü70,92 Kb.
#152502
1   2   3   4   5   6   7
ST 9-m Документ Microsoft Word (1)

3.Yurak-tomir tizimi.
Sanoat zaharlari bilan zaharlan-ganda yurak-tomir tizimining 
(YuTT) zararlanishi vegetativ-tomir disfunksiya, miokard distrofiyasi, o‘choqli organik 
zararlanishlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu buzilishlar ko‘pgina intoksikatsiyalarda, 
ayniqsa neyrotrop zaharlar bilan zaharlanganda rivojlanadi. Zaharlanishning ba’zi bir 
shakllari uchun gipertenziv reaksiya (qo‘rg‘oshin) xos bo‘lsa, boshqalariga gipotonik holat 
xos (tetraetilqo‘rg‘oshin, granozan). Ayrim etilenli uglevodorodlar periferik tomirlarning 
siqilishini keltirib chiqaradi (“o‘lik barmoq” alomati), azotli kislota efirlari uchun esa 
tomirlarning tez kengayishi xos, bu keskin gipotoniyaga olib keladi. 
Fosfor, margimush, dinitrobenzol birikmalari, fosfor kislotasi efirlari bilan 
zaharlanganda ko‘pincha miokard distrofiyasi paydo bo‘ladi. Miokard distrofiyasi 
gipoksiyani keltirib chiqaradigan zaharlar bilan zaharlanganda va elektrolit balans buzilganda 
ham yuzaga keladi (benzolning amidli va nitrobirikmalari, uglerod oksidi, margimushli 
vodorod, fenilgidrazin). Bariyning suvda eruvchan tuzlari miokardga digitalisdek ta’sir qiladi 
(madorsizlik, ko‘ngil aynishi, qayd qilish, noto‘g‘ri puls). Uglerod oksidi bilan zaharlanganda 
EKGda infarktga xos o‘zgarishlar kuzatilishi hollari ma’lum.
Benzol, simobning organik birikmalari, qo‘rg‘oshin qon tomir-larining yog‘li 
distrofiyasini keltirib chiqaradi. Margimush kuchli kapilyartoksik ta’sirga ega, u kapillyarlar 
paralichiga va ular o‘tkazuvchanligining oshishiga sabab bo‘ladi. Qo‘rg‘oshin, oltingugurt 
uglerodi, uglerod ftoridlari va oksidi aterosklerozni kuchaytiradi. Pentaxlornitrobenzol 
tomirlarning mushakli qobig‘ini qalinlashtiradi. Kobalt birikmalari miokard tomirlariga 
tanlab ta’sir qiladi ularning degeneratsiyasini keltirib chiqaradi. 
4

Odam qon tizimi.
Sanoat zaharlaridan intoksikatsiyalarning ko‘pgina o‘tkir 
shakllari qon tarkibida nospesifik o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Bular: limfopeniya, 
eozinopeniya, granulotsitoz. Gemopoezga va qon tanachalariga spesifik ta’sir ko‘rsatadigan 
zaharlar ham bor. 
Qon tizimining toksik zararlanishida ko‘p kuzatiladigan holatlar gemopoezning 
buzilishi bo‘lib, bu leykopeniya, trombotsitopeniya va anemiya ko‘rinishida namoyon bo‘ladi 
(benzol va uning gomologlari bilan uzoq vaqt zaharlanish). Oldin leykopeniya va 
trombotsitopeniya rivojlanishi jadallashadi, keyin anemiya boshlanadi. Zaharlanishning 
yanada yaqqolroq ko‘rinishi barqaror anemiya va qizil suyak iligining yog‘ga aylanishi bilan 
belginaladi. 
Toksik anemiyalar ichida qo‘rg‘oshinli anemiya alohida o‘rin egallaydi, uning 
negizida gemoglobin sintezining buzilishi yotadi, eritrotsitlarda gemoglobin miqdori 
kamayadi. Bunday holat benzol, margimushli vodorod, oltingugurt uglerodi bilan 
zaharlanganda ham kuzatiladi. 
Karboksigemoglobin hosil qiluvchilar (is gazi) va metgemoglobin hosil qiluvchilar 
(benzolning amido- va nitro-birikmalari, natriy-nitrit) gemoglobinni blokirovkalash 
xususiyatiga ega. Zaharlanishning og‘irligi qonda hosil bo‘lgan met- va karboksigemoglobin 
miqdoriga bog‘liq. Masalan, qon tarkibidagi karboksigemoglobin miqdori 10 foizga yetganda 


ishchanlik qobiliyati birmuncha pasayadi, 30 foizga yetganda – asablar taranglashadi, anglash 
xiralashadi, bosh og‘rig‘i boshlanadi, 60-70 foizga yetganda bemor xushdan ketadi. 
Aksariyat sanoat zaharlari organizmning immun barqarorligini pasaytiradi, bu qondagi 
o‘zgarishlarda, masalan, leykotsitlar fagotsitar faolligining pasayishida, antitelolar titrida va 
boshqa immunologik ko‘rsatkichlardagi o‘zgarishlarda kuzatiladi. 

Yüklə 70,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə