Ma’ruza Zaharlarning turli a’zolar tizimlariga ta’siri Reja



Yüklə 70,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix19.12.2023
ölçüsü70,92 Kb.
#152502
  1   2   3   4   5   6   7
ST 9-m Документ Microsoft Word (1)



9
-ma’ruza 
 
Zaharlarning turli a’zolar tizimlariga ta’siri 
Reja: 
1.
Asab tizimi. 
2.
Nafas olish tizimi. 
3.
Yurak-tomir tizimi. 
4.
Odam qon tizimi. 
5.
Endokrin tizim. 
6.
Ovqat xazm qilish tizimi. 
7.
Siydik-jinsiy tizim, suyak tizimi. 
8.
Zaharlarning teratogen, mutagen va kanserogen ta’siri. 
Inson organizmi bir necha hil tizimlardan iborat. Organizmni o’zini quyidagicha tasvirlash 
mumkin: hujayradan mushaklar, ulardan organlar, organlardan tizimlar va ulardan inson 
organizmi tashkil topadi.
1. Asab tizimi.
Har qanday zaharlanish u yoki bu darajada asab tizimida va uning 
yuqori bo‘limi – miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ida o‘zgarishlarga olib keladi. Shu bilan 
birga, kimyoviy moddalar ichida tanlab neyrotrop ta’sir qiladigan agentlar guruhini ham 
ajratish mumkin. 
Boshlang‘ich zaharning asab tizimiga ta’siri yo‘nalishiga qarab 4 ta ta’sir guruhi 
ajratiladi. 
1) Nospesifik (noelektrolitli, narkotikli) ta’sir. Organik erituvchilarning narkotikli 
ta’siri ularning nerv hujayralariga osongina kira olishi bilan izohlanadi; 
2) Nerv hujayralarining spesifik zararlanishi, u zaharning biologik substrat bilan 
kimyoviy ta’sirlashuviga asoslanadi. Nerv hujayrasiga bevosita zararlovchi ta’sirning toksik 
samarasi biologik substrat bilan kimyoviy ta’sirlashuvga bog‘liq; 
3) Mediatorli almashinuvning spesifik blokirovkalanishi; 
4) Qon aylanishining mahalliy va umumiy buzilishi yoki gipoksiya holati bilan 
belgilangan ikkilamchi ta’sir. Nerv to‘qimasiga kislorod yetkazib berilishining kamayishini 
o‘pkada gaz almashinuviga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan (bo‘g‘uvchi va qo‘zg‘atuvchi), qonda 
kislorod tashuvini blokirovkalaydigan (metgemoglobin hosil qiluvchi gazlar, is gazi) yoki uni 


to‘qimalar tomonidan utilizatsiya qilinishiga olib keladigan (sianidlar, natriy azid) zaharlar 
keltirib chiqaradi. 
Yengil zaharlanishda miya faoliyatining o‘tkir buzilishi nisbatan tez orada o‘tib ketadi, 
bu miyaning yuqori moslashuvchanligi bilan bog‘liq. Zahar muayyan davr davomida va 
muayyan kuch bilan ta’sir etganda miyadagi funksional o‘zgarishlar barqaror tus olishi 
mumkin. Asab tizimining turli bo‘limlarida (po‘stloq osti, po‘stloq, orqa miya, periferik 
organik o‘zgarishlar rivojlanadi.
Neyrotrop moddalarning takroriy ta’siriga nisbatan umumiy reaksiya vegetativ-tomir 
distoniyasi 
sindromi 
bo‘lib, 
zaharlanishning dastlabki bosqichlarida pulsning 
o‘zgaruvchanligi, terining qizarishi, qalqonsimon bez giperfunksiyasi qayd etiladi. Zaharlar 
ta’siri uzoqroq davom etganda yuz beradigan asteno-vegetativ sindrom tez toliqish, mudroq, 
organizmning turli tizimlarining buzilishi bilan namoyon bo‘ladi. Kuchli zaharlanishda 
asteno-organik sindrom va enselofalopatiya rivojlanadi: optiko-vestibulyar apparati stvolli 
bosh miya bo‘limlarining zararlanishi, bosh og‘rig‘i, hissiy beqarorlik, intellektning buzilishi, 
ruxiy buzilish. 
Og‘ir zaharlanishda bosh miyaning zararlanishi tetraetilqurg‘oshin, simob, xlorlangan 
uglevodorodlar, benzol, benzin, sianidlar va h.k.lar uchun xos. Qo‘rg‘oshin, mis, granozan, 
talliy, margimush, brometil bilan zaharlanganda nerv yo‘llarida og‘riqli nevritlar va 
polinevritlar, kesiklar va shol kuzatiladi. 

Yüklə 70,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə