Ma’ruza Zaharlarning turli a’zolar tizimlariga ta’siri Reja


 Zaharlarning teratogen, mutagen va kanserogen ta’siri



Yüklə 70,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix19.12.2023
ölçüsü70,92 Kb.
#152502
1   2   3   4   5   6   7
ST 9-m Документ Microsoft Word (1)

8. Zaharlarning teratogen, mutagen va kanserogen ta’siri 
Ko‘p oylik va hattoki ko‘p yillik latent davrga ega sanoat zaharlari bilan zaharlanish 
oqibatlariga embriotrop yoki teratogen ta’sirlar, mutagen va kanserogen ta’sir kiradi. 
Teratogen ta’sir
. Embrion patogen omillarga moslashish jarayonlari bilan ta’sir 
ko‘rsata olmaydi, shuning uchun unga nisbatan har qanday ta’sir uning to‘qimalarida 
o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Bu o‘zgarishlar almashinuv jarayonlaridan tortib to‘qima 
elementlarining nobud bo‘lishigacha qamrab oladi. A’zolar shakllanishida barqaror 
buzilishlar paydo bo‘ladi, ya’ni rivojlanish nuqsonlari yoki majruhlik yuzaga keladi. 
Homilaning ta’sirchanligi homiladorlik muddatiga bog‘liq. Sut emizuvchilar 
embrionlari ayniqsa dastlabki 2 oyda yuqori ta’sirchan bo‘ladi. Kritik davrning asosiy belgisi 
homilaning tashqi agentlar ta’siriga yuqori ta’sirchan-ligidir. Odam embriogenezida bunday 
davrlar 1-2- va 3-6-haftalarga, ya’ni implantatsiya va plasentatsiya davrlariga to‘g‘ri keladi. 


Ko‘pchilik sanoat zaharlari hayvonlar serpushtligini pasaytiradi, homilaning nobud 
bo‘lishini va bachadondagi rivojlanishning buzilishini keltirib chiqaradi. Dimetildioksan 
plasentaning hosil bo‘lishini sekin-lashtiradi, formaldegid homila va plasentada nuklein 
kislotalarining sintezini bo‘g‘adi. Benzin, benzol, simob va qo‘rg‘oshin bug‘laridan nafas 
olgan ayollarda muddatidan ilgari tug‘ruqning boshlanishi, homilaning o‘z-o‘zidan tushib 
qolishi, o‘lik bola tug‘ilishi kuzatilgan. Qo‘rg‘oshinli ishlab chiqarishda band ayollarda 
chaqaloqlarning 1 yoshga yetmasdan o‘lib qolishi holatlari ma’lum. Tamaki ishlab 
chiqarishida ishlaydigan ayollarda homiladorlik soni kamaygan, bola tashlash hollari 
kuzatilgan. Granozan bilan surunkali zaharlanish farzandlarning aqliy va jismoniy 
rivojlanishiga ta’sir qiladi.
Mutagen ta’sir.
Turli kimyoviy birikmalar bilan ishlash genetik oqibatlarga ham olib 
kelishi mumkin. Bugungi kunda ionli radiatsiyaga qaraganda ham kuchliroq bir necha yuzdan 
ortiq mutagenlar ma’lum. 
Ba’zi hollarda moddaning umumiy toksikligi va uning mutagen xossalari o‘rtasida 
korrelyatsiya kuzatiladi (ftoror-ganik efirlar, ditiokarbamin kislotalar, ayrim geterosiklik 
birikmalar). Mutagen va allergen faollik o‘rtasida ham korrelyatsiya qayd etilgan. 
Hujayralar guruhiga mutagen ta’sirga aldrin, geksametilentetramin, geksaxloran, DDT 
va h.k. kabi moddalar ega. Sanoat zaharlarining genetik xavfliligi haqida to‘laroq 
ma’umotlarni sichqonlarning 3 ta avlodi ustida tajribalar olib borib olish mumkin. Ba’zi 
mutagenlar urg‘ochilar uchun xavfliroq bo‘lsa, boshqalari erkak sichqonlarga kattaroq xavf 
tug‘diradi: 1,2-dixloretan ayollar jinsiy a’zolari hujayralariga kuchliroq ta’sir qiladi, 
formalde-gid esa erkaklar spermatogenezini zararlaydi. 
Hozirgi kunga kelib quyidagi kimyoviy moddalarning sut emizuvchilar avlodlari 
uchun genetik xavfga egaligi isbotlangan: etilenamin, simob, alfanaftilfenollar, azotli iprit
trietilenmelamin, diepoksibutan, ayrim xlororganik pestitsidlar, alkilalkansulfonatlar, 
qo‘rg‘oshin birikmalari, benzol, toluol, uretan. 

Yüklə 70,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə