M a`r u z a mavzu: Mashinasozlikda texnologik jarayonlarni loyihalash asoslari


 Texnologik hujjatlarni rasmiylashtirish



Yüklə 340,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix24.12.2023
ölçüsü340,95 Kb.
#160011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
 
8. Texnologik hujjatlarni rasmiylashtirish. 
1. Detalni ishchi chizmasini va texnik talablarini texnologik nazorat qilish 
Texnologik jarayonni loyihalashdan avval, detalning ishchi chizmasi, uning texnik 
talablari va mexanizmda ishlash vazifasi batafsil о’rganib chiqiladi. Proeksiyalarning 
etarli еkanligi, ishlanuvchi yuzalar sifati о’rganilib tekshirib chiqiladi. 
Kо’p hollarda konstruktor asossiz holda chizmada juda ham aniq bо’lgan 
о’lchamlarni va yuza g’adir-budirliklarini belgilaydi. Bunday hollarda texnolog 
tomonidan tegishli tuzatishlar kiritish tо’g’risida takliflar qilishi mumkin, konstruktor 
bilan birgalikda bu taklifni muhokama qilish asosida tо’g’ri echimi topiladi. 
Ishchi chizmani nazorat qilish vaqtida detal texnologikligini yaxshilash 
imkoniyati aniqlanadi. Ishlanuvchi yuzalarining о’lchamlarini kichraytirishga е’tibor 
beriladi, bu еsa mexanik ishlov berish sermehnatliligini kamaytiradi; detalь bikirligini 
oshirishga е’tibor beriladi, bu еsa kо’p asbobli ishlov berish, kо’p tig’li asboblarni va 
yuqori unumdorlik rejimlarini qо’llash imkoniyatini beradi; keskich asboblarning ishlov 
zonasiga olib kirish va chiqarishning engillashtirilishiga ahamiyat beriladi, natijada asosiy 
va yordamchi vaqt kamayadi; ariqchalar (pazlar), galtellar, teshiklar va boshqa 


еlementlarning о’lchamlarini unifikasiyalashga harakat qilinadi, bu еsa о’lchamli va 
profillik asboblarning turini qisqartiradi va о’tuvlarni ketma-ket bajarishda ishlov berish 
vaqtini kamaytiradi; tanavorni ishonchli va qulay bazalashga ahamiyat beriladi, о’lcham 
quyishda еsa о’rnatuv va о’lchov bazalarning bir yuzada yotqizishga harakat qilinadi
tanavorlarning kо’p о’rinli ishlov berish qulayligiga ahamiyat beriladi. Кonstruksiyaning 
texnologikligiga, darsliklarda alohida tematika bag’ishlangan (о’qib chiqing). 

Yüklə 340,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə