M a`r u z a mavzu: Mashinasozlikda texnologik jarayonlarni loyihalash asoslari


 Texnologik jarayonlarni loyihalashning asosiy maqsadi



Yüklə 340,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix24.12.2023
ölçüsü340,95 Kb.
#160011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2. Texnologik jarayonlarni loyihalashning asosiy maqsadi 
Tanavorlarga mexanik ishlov berish texnologik jarayonini 
loyihalashning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: 
- Ishlab chiqarish turini (tipini) aniqlab olish; 
- Zagotavka olish usulini tanlash va unga qо’yiladigan texnik talablarni 
mazmunan yaratish; 


- Tanavorga ishlov berish rejasini (marshrutini) yaratish; 
- Ishlanuvchi tanavor uchun texnologik о’tuvlararo yoki amallararo minimal va 
umumiy qо’yimlarni hamda tanavor о’lchamlari uchun dopusklarni aniqlash; 
- Кesish rejimlarini, amallar uchun belgilangan norma vaqtni о’rnatish.
- Кerakli sonda jihozlarni, moslamalarni, ishchi va о’lchagich asboblarni va 
shuningdek ishchi kuchini aniqlash
- Ishlab chiqilgan texnologik jarayonni tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirish. 
 
3. Texnologik jarayonlar ishlab chiqishning asosiy hollari 
1. Texnologik jarayonlar yangi mashinalar loyihalanib, yangi zavodlar qurilgan 
sharoitlarda yaratiladi. 
2. Mavjud zavodlarni rekonstruksiyalashda yaratiladi. 
3. Ishlab turgan zavodlarda yangi ob’ektlar ishlab chiqilgan sharoitlarda 
yaratiladi. 
Ishlab turgan zavodlarda о’zlashtirilgan mahsulotlarni chiqarishda texnologik 
jarayonlarga tuzatishlar kiritiladi yoki yangisi ishlab chiqiladi. Yangi zavod uchun yoki 
rekonstruksiyalashtirilgan zavodlar uchun yaratilgan texnologik jarayonlar barcha 
loyihaning asosini tashkil qiladi. Ishlab chiqilgan texnologik jarayon kerakli jihozlarni
ishlab chiqarish maydonini, еnergetikani, trasport vositalarini, ishchi kuchini, material va 
sh.о’. aniqlaydi. Zavod ishlashining texnik-iqtisodiy kо’rsatkichi, ishlab chiqilgan 
texnologik jarayonning mukammallik darajasiga bog’liq. 
Mavjud zavodlarda, yangi ob’ektlar qо’yilganda texnologik jarayon ishlab 
chiqishdan avval bir qancha tayyorgarlik va tashkiliy ishlar olib boriladi. Buning 
asosida mavjud kerakli jihozlar, kerakli ishchi kuchi, asboblar, transport vositalari va 
boshq. ning ishlatilish imkoniyatlari aniqlanadi. 

Yüklə 340,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə