M a`r u z a mavzu: Mashinasozlikda texnologik jarayonlarni loyihalash asoslari


Texnologik jarayonlarni loyihalash uchun boshlang’ich berilganlar



Yüklə 340,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix24.12.2023
ölçüsü340,95 Kb.
#160011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
4.Texnologik jarayonlarni loyihalash uchun boshlang’ich berilganlar 
Texnologik jarayonlar yangi qurilgan zavodlar uchun yaratilsa, boshlang’ich 
berilganlarga quyidagilar kiradi: 
- Detalning ishchi chizmasi, uning materialini, konstruksiya, shakli va 
о’lchamlarini aniqlovchi; 
- Detalni tayyorlash uchun qо’yilgan texnik talablari, bunga еsa ishlov berish 
aniqligi, yuza sifatini, va shuningdek asosiy talablar (qattiqligi, strukturasi, termik ishlov 
berish sharti, balansirlash, og’irligi bо’yicha moslashtirish va boshq.) lar kiradi. 
- Vazifa qilib berilgan dasturning miqdori (detallar soni). 
- Berilgan dasturdagi detallarni ishlab chiqarish muddati (umumiy holda yil bilan 
kо’rsatiladi) yoki vaqti.
Texnologik jarayon mavjud yoki rekonstruksiyalashtiriluvchi zavodlar uchun 
loyihalansa, zavodda mavjud bо’lgan jihozlarning soni, maydoni va boshqa ishlab 
chiqarish sharoitlari tо’g’risida ma’lumotlarga еga bо’lish kerak. 
Texnologik jarayon loyihalashda: ma’lumotnomalar va normativ materiallar; 
kataloglar va jihozlarning pasportlari; moslamalar alьbomi; GOST lar va keskich, 
о’lchagich asboblar uchun normallar, aniqlik normativi, g’adir-budirlik, qо’yim 


hisoblash, kesish rejimlarini hisoblash va texnik vaqtni normalash normativlari; tarifli-
malakaviy ma’lumotnomasi va boshqa yordamchi materiallardan foydalaniladi. 
 
5.
 
Ishlab chiqarish turini aniqlash 
Ishlab chiqarish turi, ishlab chiqarish taktini hisoblab topilgandan keyin 
aniqlanadi. Ishlab chiqarish takti (ba’zi bir adabiyotlarda tempi) ni hisoblash formulasi 
quyidagicha 
t.
ich
= (F
x* 
m
*
60) / N, min/son. 
Bu erda:
F

– Dastgohning (jihozlarning) bir yillik ishlash vaqt fondi, soatda; 
m – ish smenalar soni (ishni necha smenada tashkil qilinishi);
N-dastur bо’yicha detallarning bir yillik soni. 
Agarda takt miqdori, boshlang’ich taxminiy о’rnatilgan xarakterli amallar uchun 
ketgan о’rtacha vaqtga yaqin yoki kichikroq bо’lsa ishlab chiqarishni ommaviy (kо’plab) 
deb qabul qilinadi. Bu holda jihozlarning yuklatilganligi (70% dan kam еmas) natijasida 
amallarni ishchi joylarga bog’lab qо’yish maqsadga muvofiq bо’ladi. 
Amallarning uzayish vaqti yirik normativlar yordamida xarakterli amallar 
о’lchamlari asosida taxminiy hisoblashlar bilan aniqlanadi. 
Agarda takt miqdori kо’zda tutilgan alohida amallar vaqt uzunliklaridan bir 
qancha katta bо’lsa, detallarni tayyorlash seriyalab ishlab chiqarish prinsipi asosida olib 
borilishi kerak. Bu holda stanoklarning kam yuklatilganligi sababli detallarga partiyalab 
ishlov berish maqsadga muvofiq bо’ladi. Jihozlarni sozlashning sermehnatliligi tufayli, 
ishlov jarayonining uzunligi, mahsulot ishlab chiqish kalendar muddati, mahsulot turi va 
boshqa tashkiliy hamda iqtisodiy fikrlarga kо’ra seriyalab ishlab chiqarishda taxminiy 
Yüklə 340,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə