M a`r u z a mavzu: Mashinasozlikda texnologik jarayonlarni loyihalash asoslari


 Texnologik hujjatlarni rasmiylashtirish



Yüklə 340,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/11
tarix24.12.2023
ölçüsü340,95 Kb.
#160011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
15. Texnologik hujjatlarni rasmiylashtirish 
 
Ishlab chiqilgan texnologik jarayonlar tegishli texnologik hujjatlarda 
rasmiylashtiriladi, qaysining batafsillik darajasi ishlab chiqarish turiga va 
xarakteriga, va shuningdek ishlanuvchi buyumning murakkabligiga va aniqligiga 
bog’liq holda о’rnatiladi. GOST 3.1109-82 ga binoan texnologik hujjatlarda quyida 
keltirilgan texnologik jarayonlar bayoni qabul qilinishi mumkin. 
Texnologik jarayonning marshrutli bayoni, qaysinda marshrutli kartada 
о’tuvlarini va texnologik rejimlarini kо’rsatmasdan, ularning hamma texnologik 
amallarini ketma-ket bajarilishining qisqartirilgan bayoni beriladi. Texnologik 
jarayonning marshrutli bayoni odatdagidek yakka, mayda seriyalab va tajribaviy 
ishlab chiqarishlarda qо’llaniladi. 
Texnologik jarayonning operasion bayoni, qaysindaki hamma texnologik 
amallarning о’tuvlari va texnologik rejimlari kо’rsatilib, ular ketma-ket 
bajarilishining tо’la bayoni beriladi. 
Texnologik jarayonning operasion bayoni, seriyalab va ommaviy ishlab 
chiqarishlarda hamda shu murakkab detallar uchun mayda seriyalab va hatto yakka 
ishlab chiqarishlarda ham qо’llaniladi. 
Texnologik jarayonning marshrutli-operasion bayoni, marshrutli kartada 
texnologik amallarning ketma-ket bajarilishi tartibida qisqartirilgan bayoni 
beriladi. Boshqa texnologik hujjatda еsa alohida amallarning tо’la bayoni beriladi. 
Marshrutli-operasion bayonni seriyalab, mayda seriyalab va tajribaviy ishlab 
chiqarishlarda qо’llashga tavsiya qilinadi, qachonki agar tayyorlanuvchi buyum 
alohida murakkab detallarni о’z ichiga olgan bо’lsa. 
Turli kо’rinishdagi texnologik jarayonlar tasnifi, [2]-ning 295 beti, 11.1-
rasmdagi sxemada keltirilgan. 
Texnologik jarayonlar uchun hujjatlar shakllarining komplektini tanlash, 
ishlab chiqarish turiga va harakteriga hamda ishlab chiqiluvchi va qо’llaniluvchi 
texnologik jarayonlar kо’rinishlariga bog’liq holda olib boriladi. [2]-ning 11.1-
jadvaliga binoan (296 bet), ishlab chiqarish turini va texnologik jarayon 
kо’rinishini ishlatish uchun texnologik hujjatlar shakllarining komplekti tanlab 
olinadi. 
Texnologik hujjatlarning yagona tizimida (THYaT) о’rnatilgan qoidaga 
binoan marshrutli karta umumiy maqsad uchun hujjat hisoblanadi. Ya’ni bu 


hujjatda har qanday kо’rinishdagi ishlarning texnologik jarayonining bayonini 
berish mumkin, shu qatorda yig’uvlarni ham. Marshrutli karta majburiy hujjat 
hisoblanadi. Texnologik jarayonni marshrutli bayon еtishda, uning texnologik 
amallari yirikroq qilib yoziladi, ya’ni о’tuvlari va texnologik rejimlari 
kо’rsatilmaydi. 
Mexanik ishlov berish va yig’ish texnologik jarayonlarini amalga oshirish 
uchun, о’tuvlar va texnologik rejimlari kо’rsatilishi zarur bо’lgan holda texnologik 
jarayon kartalaridan yoki operasion kartalaridan foydalaniladi. Texnologik 
jarayonni operasion bayon еtishdagi hujjatlar komplektiga jamlovchi hujjat 
hisoblanuvchi marshrutli karta ham kiradi.

Yüklə 340,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə