M a`r u z a mavzu: Mashinasozlikda texnologik jarayonlarni loyihalash asoslari



Yüklə 340,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix24.12.2023
ölçüsü340,95 Kb.
#160011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

partiya miqdori belgilanadi. 
Yirik va murakkab detallar uchun partiya miqdori ikki haftalik rejaga, о’rtachasi 
uchun bir oyga teng qilib olinishi mumkin. O’rnatilgan partiyaning miqdoriga 
keyinchalik texnologik jarayonni batafsil ishlab chiqish asosida tuzatiщlar kiritiladi. 
 
6. Texnologik jarayonni ishlab chiqish uslubi 
Texnologik jarayonlarni loyihalash vazifasi kо’p variantli turli echimlarga еga. 
Hatto bitta oddiy berilgan detal uchun bir-nechta variantda texnologik jarayon loyihasi 
yaratilishi mumkin. Bu yaratilgan loyihalar texnik talablarini qondirishi ham mumkin. 
Bularni еffektivliligini va rentabelliligini solishtirib teng baholi bitta yoki bir-nechta 
variantini tanlab olinadi. 
Texnologik jarayonlarni loyihalash murakkab va ish hajmining og’irligi bilan 
ajralib turadi. Boshqa turli loyihalarga о’xshash texnologik jarayon loyihalash ham bir-
necha еtaplarni о’z ichiga oladi. Boshida texnologik jarayonning dastlabki varianti 
tuziladi, keyingi еtaplarda texnologik hisoblashlar asosida aniqlanib konkretlashtiriladi. 
Boshlang’ich yaratilgan texnologik jarayon ketma-ket aniqlanishi natijasida oxirgi 
tugallangan varianti yaratiladi. Tо’g’ri natijaga bir-necha marta urinib aniqlashlardan 
keyingina yaqinlashiladi. Texnologik jarayonning qanchalik chuqur va tо’g’ri tuzilganligi 
ishlab chiqarish turiga bog’liq bо’ladi. 
Ommaviy ishlab chiqarishda texnologik jarayon mahsulotning (buyumning) har 
bir detali uchun puxta va batafsil ishlab chiqiladi. 


Yakkalab ishlab chiqarishda qisqartirilgan texnologik jarayon ishlab chiqish 
bilangina cheklaniladi, chunki bu sharoitda batafsil ishlab chiqish iqtisodiy jihatidan 
о’zini oqlamaydi. Murakkab va qimmat baho detallar bundan istisno, ayniqsa og’ir 
mashinasozlikda. Bunday detallar uchun texnologik jarayon batafsil ishlab chiqiladi. 
Seriyalab ishlab chiqarish sharoitida turli mahsulotlar ishlab chiqilishi sababli 
kо’pincha guruhli texnologik jarayonlar yaratiladi. Shuningdek kam miqdordagi bir-
biriga о’xshash tipdagi detallar uchun tiplashtirilgan texnologik jarayonlar yaratiladi. 
Loyihalash jarayoni bir-biriga bog’liq bо’lgan bir qancha еtaplarda bajariladi. 
Bularga: 
1. Detalning ishchi chizmasini va texnik talablarini texnologik nazorat qilish. 
2. Ishlab chiqarish turini tanlash.
3. Tanavor olish usulini tanlash va ularga texnik talablar о’rnatish. 
4. Bazalar tanlash.
5. Detallarning alohida yuzalariga ishlov berish uchun marshrut tanlash. 
6. Detalga tо’la ishlov berish marshrutini tuzish. 
7. Amallar mazmunini birlamchi belgilash.
8. O’tuvlararo yoki amallararo qatlamlarni hisoblash, texnologik dopusklar о’rnatish va 
tanavorlarning texnologik о’tuvlararo (amallararo) chegaraviy о’lchamlarini 
aniqlash. 
9. Amallar mazmunlarini aniqlab olish va amallarni konsentrasiyalash darajasini 
aniqlash. 
10. Jihozlar, moslamalar, keskich va о’lchagich asboblar tanlash. 
11. Ishlov berish rejimlarini о’rnatish.
12. Sozlash uchun muhim о’lchamlarni aniqlash.
13. Tanavorni о’rnatish sxemasini aniqlash va maxsus moslama loyihalash uchun vazifa 
tuzish.
14. Vaqt normalarini о’rnatish va bajaruvchi ishchilar malakaviy razryadlarini tayinlash.
15. Texnologik hujjatlarni rasmiylashtirishlar kiradi.

Yüklə 340,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə