M a`r u z a mavzu: Mashinasozlikda texnologik jarayonlarni loyihalash asoslari


 Ishlab chiqarish turini aniqlash yuqorida ma’ruza rejasining 5 punktida va 3-



Yüklə 340,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix24.12.2023
ölçüsü340,95 Kb.
#160011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
 
2. Ishlab chiqarish turini aniqlash yuqorida ma’ruza rejasining 5 punktida va 3-
ma’ruzada batafsil keltirilgan (qarang).
 
 
3.Tanavor olish usulini tanlash va unga texnik talablar о’rnatish

Tanavor olish usulini tanlashda quyidagilar: a) detal materialining texnologik 
tavsifi, va uning quyiluvchanlik xususiyati va bosim bilan ishlov berishda plastik 
deformasiyaga chidamliligi, va shuningdek u yoki bu tanavor olish usullarini 
qо’llaganda, tanavor materialining strukturaviy о’zgarishlari (masalan, bolg’alangan 
tanavorda tolalarining joylashishi; quymalardagi zarradorligining kattaligi va boshq.); b) 
tanavorning konstruktiv shakli va о’lchamlari bilan; v) tanavor tayyorlash aniqligi 
talablari, yuzalarning tozalik darajasi va yuza qatlamlarining sifati bilan; g) chiqariluvchi 
dasturning miqdori va shu dasturni bajarish uchun mо’ljallangan vaqti bilan aniqlanadi. 
Tanavor olish usulini tanlashga texnologik moslama tayyorgarlik vaqti (shtamplar, 
modellar, press qoliplari va boshq. tayyorlash); tegishli texnologik jihozlarning soni 
(mavjudligi) va jarayonning biz xohlagan avtomatlashtirish darajasi katta ta’sir 
kо’rsatadi. 
Tanlab olingan usul, detalning еng kam tannarxini ta’minlashi kerak. Tanavor 
aniqligini oshirish bilan mexanik ishlov berish hajmi sezilarli kamayadi. Biroq, ishlab 
chiqarish dasturi kam bо’lsa hamma usullar ham rentabelli bо’lmasligi mumkin, chunki 
moslamalarni tayyorlash jarayonlari uchun ketgan sarflar, iqtisodiy jihatdan о’zini 
qoplamasligi mumkin. Bu еsa iqtisodni hisoblash formulalari asosida aniqlanadi. 
Tanavor tayyorlash usullarining texnologik tavsifnomalarini bilgan holda iqtisod
jihatidan qо’yilgan talablarni qondiruvchi kо’p bо’lmagan sondagi tayyorlash usulini 
tanlab olish mumkin. Yakuniy tanlov iqtisodiy hisoblashlar asosida olib borilishi kerak. 
Tanavorlarni quyma yoki bosim bilan plastik deformasiyalab olishda dastlab 
quyidagilar о’rnatiladi: 1) ishlov berish uchun kerak bо’lgan qо’yim; 2)ishlanuvchi va 
qora yuzalar о’lchamlarining dopusklari; 3)birinchi amal uchun baza yuza va shu 
yuzalarga qо’yiluvchi texnik talablari; 4)tanavorlarga termik ishlov berish (agar kerak 
bо’lsa), uning strukturasiga va material qattiqligiga ishlov berish nuqtai nazaridan 
qо’yilgan talablar; 5)tanavor yuzalarini tozalash usuli; 6) tekshiruv namunalaridan 
kesilish joyi materialning sifatiga baho berish uchun (javobgarligi juda ham yuqori 
bо’lgan detallar uchun); 7) tanavorlarga birlamchi iщlov berish usullari (shilib, tozalash, 
markazlash, tо’g’rilash va h.k.).158---------- 
Tanavorlarni sortli chiviqlardan tayyorlashda еsa chiviqning shakli va 
о’lchamlarini yoki list qalinligi aniqlanadi. Ко’rsatilgan berilganlar tanavor chizmasida 
keltirilgan yoki uni tayyorlash texnik talablarida keltirilgan bо’lishi kerak. 
Tanavor sifatini nazorat qilish quyidagilarni kо’zda tutadi: qora va birlamchi 
ishlangan yuzalarni tashqi kuzatish asosida material kamchiliklarini aniqlash, universal 


о’lchov asboblari shablonlar yoki belgilovchilar yordamida tanavorlar о’lchamlarini 
tekshirish, materialning fizik va mexanik xususiyati va uning kimyoviy tarkibini 
tekshirishlar kо’zda tutiladi. 

Yüklə 340,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə