Landshaftshunoslik asoslari



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/18
tarix23.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#155971
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
landshaftshunoslik asoslari

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR. 
1. Landshaftlar geokimyosi kachon vujudga keldi? 
2. Landshaftlar geokimyosi yunalishining asosiy xususiyati nima? 
3. Geokimyo faniga kim asos solgan? 
4. «Geokimyoviy landshaft» tushunchasining muallifi kim? 
5. «Landshaftlar geokimyosi» kafedra birinchi bulib kaysi oliy uquv yurtida 
ochildi? 
6. Landshaftlargeokimyosining asosiy vazifasi nimalardan iborat? 
7. Unsurlar migratsiyasining namoyon bo`lishi natijasida Er sharida necha xil 
landshaftlar ajratildi? 
8. Abiogen landshaft nima? 
9. Madaniy landshaftlar kanday vujudga kelgan? 
10. Landshaftlar tarakkiyotidagi eng muxim geokimyoviy omillarni bilasizmi? 
] 1. Lanshaft geofizikasi nima? 
!2. Landshaftlar geofizikasining vazifalari nimalardan iborat?


56 
TAYANCH SUZ VA IBORALAR 
1. Geokimyo
2. Geokimyoviy landshaft
3. «landshaftlar geokimyosi» kafedrasi
4. U-surlar migrayiyasi.
5. Abnogen landshaft
6. Biogen landshaft 
7. Moddiy landshaft 
8. Tsxnogen landshaft 
9. Landshaft geofizikasi 
10. Landshaft geomasalalari 
ADABIYOTLAR 
6,7,8,11,13,19,21 
10-Mavzu. Landshaftlar tasnifi 
REJA: 
1. Tasniflash haqida tushuncha. 
2. Landshaftlar tasnifining tamoyillari. 
3. Landshaftlar tasnifnning asosiy birliklari. 
Fanda tasniflash, tartib berish, turlashtirish, taksonomiya kabi bir biriga yakin 
tushunchalar mavjud. Bulardan tasniflash va tartib berish tushunchalari birhbiriga 
anchagina yakin bulib, ranghbarang va turlihtuman narsa va xodisalarni ma`lum bir 
tartib bilan, xar birining pogonamahpogona mavkeiga yoki kulamini saklagan 
xolda guruxlarga ajratish yoki birlashtirish degan ma`noni anglatadi. 
Uz o`rganish ob’ektini tasnif kilmagan yoki tasnif kilishga urinmagan bironta 
fan bulmasa kerak. Sababi biron fanni fai sifatida tanilishi uchun xam unnig uz 
ob`ektiknng tasnifi ishlab chikilgan bo`lishi kerak. «Fan — bu eng avval 
tasniflashdir», tasniflash jarayoniga borib etmagan ilmiy izlanishlarni xali 
«kiyomiga etmagan» deb baxolash mumkin. 
O`rganish ob`ektini tasniflashning xam ilmiy, xam amaliy axamiyati kattadir. 
Uning ilmny axamiyati shundan iboratki, ob’ekt tasnif kiltgastganda uning kelib 
chikishi, tuzilishi, rivojlanishi kabi barcha xususichtlari o`rganilishi va u xakdagi 
barcha ma`lumotlar batafsil taxlil kilishi kerak. 
Er yuzasida muayyan landshaftlar xaddan tashkari ko`p bulganligi uchun 
ularning xar birini aloxidahaloxida ta`riflab utiriishing iloji bulmay koladi. 
SHuning uchun landashaftlarki ma`lum maqsadlarda ( masalan, kishlok ho`jaligi, 
shaxar kurilishi va x.k.) guruxlab ta`riflashga va shunga xos xolda bir turdagi 
tadbirlarni rejalashtirishga tugri keladi. Bu landshaftlar tasnif kilishning amaliy 
axamiyatiga ega ekanligini kursatadi. 
Fanning o`rganish ob`ekti kanchalik serkirra, xilmahxil va murakkab bulsa, 
uni tasniflash xam shunchalik murakkab buladi. Xar kanday tasnifni amalga 
oshirishda ob`ekt haqida tula anik tushunchaga ega bo`lish kerak. Ob`ektni 
ob`ektiv turlicha talkin kilish va tushunish turlicha tasnif tarixlarning tuzilishiga 
sabab buladi. Landshaftlikshunoslik fani xam boshka tabiiy fanlar katori juda ko`p 


57 
va xilma xil,ammo uziga xos xususiyatlariga ega bulgan anik ob`ektlar 
landshaftlarni tasnif kiladi. Landshaftshunoslik uchun puxta ishlangan. ilmiy va 
mantikiy talablarga tulik javob beradigan tasniflar jadvalini tuzib olish juda katta 
axamiyatga ega.CHunki er yuzida ko`plab uchraydigan xilma xil landshaftlarni 
birhbiriga uxshash yoki birhbiridan fark kiladigan tomonlarini aniklab, xar birini 
uz mavkeini saklagan xolda ma`lum bir tartibga tushirib olinmasa ularni tugri 
tadkik kilish xatto landshaft xaritasini tuzib olish xam mumkin bulmay koladi. 
Keyingi 15-20 nil ichida geofaflar tomonidan bajarilayotgan ko`plab ishlar 
uchun jumladan xalk ho`jalgini rivojlatirish axolining yashash va sogligi nuktai 
nazaridan landashaftlarnn baxolash, geografik bashorat kilish va tabiat 
mo`xofazasini kuzlab bajarilayotgan ishlar uchun xam katga katta rayonlar 
jumxuriyat xatto tabiiy geografik o`lkalar mikiyosida barcha landshaftlar haqida 
batafsil ma`lumotlarga yoki boeshkacharok kilib aytganda landshaftlar kadastriga 
ega bo`lish axamiyatlidir. Mamlakatimiz landshaftlarning anik va puxta tasif 
jadvalini ishlab chnkish landashaftshunoslikning eng yirik masalalaridan biridir. 
Ladashaftlarni tasniflash bilan ko`pchilik geograflar shugullangan Ulardan 
ayniksa N. A. Gvozdetskiy (1961 ), A .G. Isachenko ( 1961 1975), V. A. Nikolaev( 
1973, 1979) kabilarni tajribalari e`tiborga loyik. Bu olimlar tavsiya etgan tasnlflar 
ichida B. A. Nikolaev (1979) bajargan tasnif uziing mukamallagi bilan ajralib 
turadi. Bu tasnifning yaratilishi asosida landashaftshunos olim V. A. Nikolaevning 
ko`p yillar davomida Kogoziston dashtlarida landashaftlarni xaritaga tushirish 
borasida borgan izlanishlari yotadi. Kuyida keltiriladigan fikrlarnng ko`pchiligi V. 
A. Nikolaev ilgari so`rgan g’oyalar ta`sirida yuzaga keladi. Bu fikrlardan eng 
asosiysi lanshaft haqidagi tushunchaing uziga xos talkshsh ouldi. 
V. A.Nikolaevning fikricha landashaft fakat regional birlik (A G Isachenko, 
1961) yoki fakat tipologik birlik (I. A .Gvozdentsiy, 1961) sifatida kabul kilish 
birday bir tomonlamapikka olib keladi. Am.mo biz landashaftni tipologik birlik 
deb kabul kilar ekanmiz uni asosida xar bir uziga xos gsofafik ikdividdir. Lekin bir 
vaqtning uzida u kaysidir tipologik laachashftlar majmuasining bir kismidir. 
Haqikatlan xam er yuzida ikkita xar tomonlama bir xil bulgan landashaftni topib 
bulshaydi Ammo kaysidir xususiyatlari bilan bir biriga uxshashlik tomonlari 
bulgan landashaftlarni uchratish va tasnif kilish mumkin. Landashaftlar tasnifini 
ishlab chikishda turlicha tomoyillarga amal kilingan bo`lishi mumkin. Masalan, 
tarixiy evolyutsion tamoyili genetik tamoyil arfologik tamoyil va x. k. SHu 
tamoyillardan birvarakayiga bir nechtasiga amal kilgan ma`kul. SHulardan fakat 
bittasigina amal kilib tuzilgan tasnif doimi xam anik va puxta bulavermaydi. SHu 
bilan birga landashaftlarning uzini ma`lum bir tamoyilga asoslanmay birma bir 
sanab utishning uzi xam ilmiy tasnifdan uzoqdir. 
Xozirgacha kullanib kelayotgan tamoyillarning eng asosiylaridan biri tarixiy 
evolgotsion tamoyildir. Bunda landashaftlarni invariant tushunchasi nuktaii 
nazaridan karashga tugri keladi. Ushbu tamoyilga amal kilinganda bir tasnif 
jadvalini uzida geografik tizimlardagi juda ko`p va turli tuman moddiy borlikni 
kamrab olish mumkin buladi. Kul ostimizda ma’lum mikdorda poleografik 
ma`lumotlar mavjud bulgan takdirda bu tamoyildan foydalanish juda yaxshi 


58 
natijalar berishi mumkin, ya`ni landashaftlarning tashkil topishi va rivojlanishidagi 
ichki va tashki alokadorlikni tasnif jadvalida aks ettirish mumkin buladi. 
Landshaftlar tasnifida tarixiy yondoshish albatta landashaftlarning kelib 
chikigai(genezisi) ni taxlil kilish bilan boglikdir. Landashaftlarning kelib chikish 
va rivojlanish tarixi ularning ichki strukturasining uziga xosligini keltirib 
chikaradi. 
SHuning uchun landashaftlarning tasniflashda faydalakiyotgan tarxiy gentik 
tamoyil landashaftlarning ichki tuzilishiii taxlil kilish bilan bevosita boglik bulib 
koladi. 
Landashaftlar tasnifida landashaftlar ichki tuzilishini taxlil kilish koidasi 
asosida bir butunni uning kismlaridan xamda kismlari orasidagi uzaro ta`sir va 
alokadorliklarni taxlili yotadi. Biz landashaftlarni ko`p yaruslik geotizmlar deb 
kabul kilgan edik. Bu bilan biz xar bir landashaft ma’lum kompenentlar 
majmuasidan iboratgina bulib kolmasdan balki uzidan kichikrok bulgan 
mujjassamlardan tuzilganligini xam `etirof etgan bulamiz. SHunday ekan 
landashaftlarning ichki tuzilishi haqida gap borganda fakat komponentlar 
orasidagina emas balki kichik yoki oddiy mujassamalar orasidagi uzaro 
alokadorliklar xam tushiniladi. M. A. Glazovskaya (1961) tomonidai tavsiya 
etilgan geokimyoviy landashaftlar tasnifi xam ana shu tamoyil asosida tuzilgandir. 
Landashaftlar 
ochik 
geotizmlar 
bulganligi 
sababli 
ular 
uz 
yon 
atrofidagilardagi landashaftlar bilan xam modda va energiya almashnnishi 
kurinishida alokador bulib turadi. Agar biz tasnif tuzishda landashaftlarni uz ichki 
tuzilishiga ega ma`lum bir tizimdir degan kidaga amal kiladigan bulsak 
landashaftlarning ichki alokadorliklaridan tashkari ularning atrof muxit bilan va 
kushni landashaftlar bilan buladigan alokadorlikni xam xisobga olish kerak buladi. 
Odatda landashftlarning ichki tuzilishini taxlili asosida tasnifning kichik 
taksonomik birliklarni aniklab olish mumkin buladi. Katta taksonomik birliklarnn 
aniklayotganda esa ko`proqlandashaftlarning uzaro alokadorliklariga va yondoshib 
kelish xususiyatlariga ko`proqasoslanishga tugri keladi. Landashaftlar tasnifini 
tuzganda u puxta va tabiiy bo`lishi uchun tarixiy genetik tuzilishi tamoyillari amal 
kilgan ma`kul kurinadi 
Xar kanday ilmiy tasniflash avalo tasnif kilinayotgan ob`ektga yoki xodisaga 
tegishli bulgan ma’lum belgilarni tanlab olishni takozo kiladi. Lavdashaftlarning 
ayrim guruxlarga tipologik birlashtirilishi yoki aksincha tabakalanishi turli tuman 
shart sharoitlarga boglik. Masalan landashaftlarning ichki xususiyatlariga kutni 
landashftlarning yondoshib kelishiga landashaft tashkil kiluvchi omillar va 
xodisalarning majmuasiga ularning rivojlanish xususiyatlariga va xakozolariga 
boglikdir. 
SHuning uchun xar kanday tasnifdagi birliklarning mavkeini aniklashda fakat 
birgina asos kilib olish kiyin bulib xatto buiday belgini izlab utirishning uz 
mantikan notugri bular edi. Buning sababi shundaki, aniklanadigan va 
tasniflanadigan turli tuman birliklarni uz kuchi va kiymati turlicha bulgan omillar 
asosidagina umumlashtirish mumkin buladi. Umuman olganda asosiy belgilarni 
tanlab olish, tasniflash jarayoning eng muxim va ma`suliyatli boskichlaridan biri 
xisoblanadi. 


59 
Landshftlar tasnifining asosiy birliklari 
Lanshaftlar tasnifida va boshka ko`pgina tabiiy fanlar tasnifidagidsk sinif tur 
turkum, xil kabi tushunchalar ishlatiladi. Bunday tushunchalarni birma bir izoxlab 
berishdan oldin bir ikki tanikli geografik olimlar ishlab chikkak tasnif 
kurishnishlarini misol tarikasida keltirib utmokchimiz. Dastlabki ana shunday 
ishlardan biri N. A. Gvozdetskiy (1961 ) tegishlidir. U tavsiya etgan landshaftlar 
tasnifi: sinf h tur h kichik tur h gurux h xil kurinishida bulib, anchagina ixcham 
tarxlarrdan biridir A. G. Isachenko (1961) tavsiya etgan landshaftlar tasnifi: tur h 
kichik tur h sinf h kichik sinf h xil h kichik xil hvariant kurinishiga ega. 
Bu ikki tasnif bir biridan ozmi ko`pmi fark kiladi jumladan eng katta birlik 
sifatida N. A. Gvozdetskiy sinfni kabul kilar ekan u eng avvalo toglarning va 
tekisliklarning landashaftlarini ikki sinfga bulib tashlashni tavsiya etsa, A. G. 
Isachenko dastavval landashaft turlarni aniklab olishni sunggi sinflarga bo`lishni 
ma`kul kuradi. Landashaft turlarini aniklab olishda eng asosiy mezom sifatida 
landashaftlarning gidrotermik rejimi ya`ni namlik issiklik taksimlanishidagi duns 
mikiyosidagi farklarni olishii tavsiya etadi. A. G. Isachenko fikricha 
landashaftlarning bir biriga uxshashligi yoki birhridan farki juda ko`p sabablar 
bilan belgilanadi va ularning ichidan eng asosiysini aniklab ola bilish tasnif 
tarixidagn eng katta birlikni tanlashga asos buladi.
Xozirgi vaqtda eng mukammal ishlangan landashaftlar tasnifining muallifi 
V.ANikolaev (1978h1979) ekanligi ko`pchilik geograflar tomonidan e`tirof 
etilmokda. U tavsiya etgan ko`p pagonali tarix bulimhkismhsinfhkichik 
sinfhguruxh turhkichik turhtoifa kichik toifahxil variant kurinishida bulib er 
yuzasidagi barcha landashaftlarni bir tartibda o`rganishga yaxshi ilmiy asos bula 
oladi. 
SHunday kilib landashaftlar tasnifida ishlatiladigan eng yirik birlik 
landshaaftlar bulimi xisoblanadi. Bulim darajasiga kiruvchi laidashaftlar asosan 
erning geografik kobigini tashkil kiluvchi turli geosferalarning birh biri bilan 
tutashib turishi va uzaro ta`sir turiga karab aniklandadi. Bu xakda tanikli tabiiy 
geograf F.N. Mil’kov (1970) landashaftlar bulimi landashaftshunoslikdagi eng 
yuksak tipologik birliklar» degan fikrni bildiradi. Bu birlik F.N. Mil’kov 
aytganidek litosfera, atmosfera, gidrosferalarning uzaro ta`sir xususiyatlariga va 
shunga boglik xolda uzaro modda va energiya almashinishi shakli xamda 
jadalligiga uxshash bulgan landshaftlarni birlashtiradi. Landashaftlar bulimiga 
misol sifatida kuruklik landashaftlari, suv landashaftlari, suv osti landashaftlarinini 
kiritish mumkin. Kuyida biz fakat kuruklik landashafttlariga tegishli bulgan 
masalalar haqidagiga suz yuritamiz. 
Landshaftlar bulimi ichida dastavval landashaftlar kismini ajratamiz. 
Landshaftlar kismi birligi landashaftlarni eng asosiy energetia bazasihnamlik va 
issiklik balansidagi farklar va uxshashliklarga karab birlashtirishga imkoniyat 
beradi. Bunday uxshashlik yoki farklar joylarning mikroiklimiy xususiyatlari bilan 
belgilanadi. 
Bu xususiyatlar bilan uz navbatidpa joyning gidrologik rejimi xukumron 
bulgan usimlik turi va biologik modda aylanishi turi kabilar chambarchas 
boglikdir. Bu erda gap ko`proqiklim mintakalari haqida boryati. YA`ni bitta iklim 


60 
mintakasida rivojlangan landashaftlarning xammasi xox u tog landashaftlari xox 
tekislik landashaftlari bulsin bitta kismga taalukli xisoblanadi. Masalan Kora 
dengizdan Turkmaniston jonubigacha bulgan territoriyada arktik, subarktik, boreal, 
subtropik landashaftlar kismini ajratish mukin. 
Bizga ma’lumki yukorida sanat butilgan mintakalar tabiati garbdan sharkka 
tomon ya`ni Atlantika okeanidan uzoqlashgan sari kontineital ortib borgan sari 
uzgarib boradi, SHuni e`tiborga olsak landashaftlar kismi uz navbatida 
landashaftlarning kichik kismiga bulinib ketishi mumkin. 
Landashaftlar tasnifidagi navbatdagi birlikhlandashaftlar sinfidir. Bu birlik 
yukorida misol keltirilgan barcha tasnif tarxlarida (N.A. Gvozdetskiy A.G. 
Isochenko) 
ishtirok 
etadi. 
Bu 
tasniflash 
tajribalarining 
deyarli 
ya`ni 
landashaftlarning morfotektonik xususiyati asos kilib olinadi va asosan ikkita 
landashaftlar sinfi ajratiladi. Toglar landashaftlari sinfi va tekisliklar landashaftlari 
sinfi Bu ikki sinf orasidagi eng asosiy fark ularda tabiiy zonalarni ikki xil 
kurinishda (tekislikda) kengliklar buylab toglarda esa pastdan yukoriga bo`lishidir. 
Tog landashftlarining xam tekislkk landashaftlarining tabakalanishida yana bir 
gi-sometrik omil ya`ni landashaftlarni pogonalar xosil kilib joylashish xususiyati 
borligini e`tiborga olsak unda lakdashaft sinflarining ichida landashaft kichik 
sinflarini ajratish mumkin buladi. Masalan tekislik landashaftlari pastkam, past va 
baland tekislik landashaftlar kichik sinflariga, tog landashaftlari esa past toglar, 
urtacha balandlikdagi toglar, baland toglar landashaftlari kmchik sinflariga bulinib 
ketadi. 
Navbatdagi tasnif birligih landashaftlar birligidir. 
Bu birlikni aniklab olishda asosiy belgi sifatida landashaftlarning suv va 
geokimyoviy tarkibi ya`ni landashaftlarning atmosfera yoginlari xisobiga grunt 
suvlari xisobiga grunt suvlari xisobiga yoki yana bir boshka suvlar xisobiga 
namlanish nisbati asos kilib olinadi. Ana shu belgilarga karab tekislik 
landashaftlari ichida elyuvial, elyuvial gidromarf (yarim gidromorf) gidromorf 
landashaftlar guruxini ajratish mumkii. 
Land/shaftlar guruxi birligini ajratishning ayniksa tekislik landashaftlar uchun 
axamiyati e`tiborga loyikdir. Buning sababi utmishda va xozirgi vaqtda 
landashaftlarnikg ichki tuzilishi xamda ularning rivojlanishi yunalishy kay tarzda 
bulganligi ko`p jixatdan ularning suv geokimyoviy tarkibiking uziga xos 
xususiyatlari bilan boglikligidadir. SHuning . uchun landashaftlar tarakkiyoti 
kelajakda kanday bo`lishini bashorat (prognoz) kilish uchun xam landashaftlar 
guruxini ^niklab olish katta amaliy axamiyat kasb etadi. 
Landshaftlar guruxi uz navbatida landashaft turlariga bulinib ketadi. 
Bu tasnif birligi deyarli barcha tasnif tarxlarda uchraydi. Uning izoxi xam 
mazmun jixatidan deyarli birhbiriga yakin fakat A.G. Ifchenko tuzgan tasnif 
tarixidagi tur bkrligi uzining xajmi va mazmuni jixatidan V. A. Nikolaev 
tarx!1dagi landashaft kismlariga mos keladi. 
Landashaft turlarini aniklashda tuprok va bioiklkm belgilarkga asoslanishga 
tugri keladi. Jumladan tuprok turlari usimlik farmatsiyalari sinfi va x. k. N. A 
Gvozdetskiy, V. A. Nikolaevlarniig tasnif tarxlarida landashaft , turlari haqida gap 
borganda asosan landashaftlarning zonal turlari nazarda tutiladi.Masalan tundra 


61 
landashaftlari bir turga kirsa, dasht landashatlari boshka turga, chul landashaftlari 
esa yana bir boshka turga kiradi 
Landashaftlarning bunday zonal turlarga bulinib ketishi asosan elyuviap 
landashaftlar guruxiga xosdir. Lekin tabiatda ob`ektiv mavjudbulgan botkoklik 
landshaftlari, utlok landshaftolari, shurxok landshaftlari kabi boshka guruxga 
kiruvchi introzonol dandashaftlarni aloxida tur sifatida ajratish lozim buladi . 
Bunday bo`lishi mumkinligini N.A. Gvozdetskiy (1961) MA. Glazovskaya (1964), 
F. I. Mil’kov(1967) lar xam e`tirof etadi. 
Landashaftlar tasnifiing keyingi birligi kichik tur bulib, podzonalarga xos 
belgilarga asslanib aniklanadi. Masalan Turkiston tekisliklaridagi chul landshaftlari 
ikkita turga ya’ni shimoliy chul landshaftlari va janubiy chul 
landshaftlariga bulinib ketadi. 
Landshaft turlari yoki kichik turlari uz navbatida landshaft toifalari ga 
bulinadi. Kaysi landshaft kaysi toifaga mos eganligini aniklashda ayrim 
landshaftshunoslar (N.A.Gvozdetskiy.V.A.Nikolaev) geomorfologik belgilarga 
asoslaniishsa ayrimlari (YUrenkov, 1982) esa ma`lum landashaft turlari ichidagi 
provintsial xususiyatlarga ko`proqe`tibor berishadi. Gemorfologik omil asos kilib 
olingan sharoitda esa e`tiborni ko`proqrel`fning genitik turlarini o`rganishga 
karatish kerak buladi. 
Landashaft toifalari ichida kkchik toifa birli-shi ajratishga tugri kelib kolgan 
xollarda asosiy belgi sifatida landashaft tashkil kiluvchi jinslarning litologik 
tuzilishi olinadi. 
Eng kichik tasnif birligi landashaft xillaridir. 
Bu birlik genezksi va ichki tuzilishi bir xil bulgan individual landashaftlarning 
majmuani aks ettiruvchi birligidir. Landiaft xillarining birhbiridan farklantiruvchi 
asosiy belgisi landashaftdagi xukmron urochishelarning uxshashligidir. A. G. 
Isachenko (1961) xam landshaft xillarini aniklashda landshaftlarning morfologik 
tuzilishi eng asosiy belgi ekanligini e`tirof etadi. 
Bitta xilga mansub bulgan landshaftlarning albatta aynan va xar tomonlagma 
birhbiriga uxshash deb bulmaydi.Ko`pincha bir xilga mansub landshaftlarda 
xukmrok urochishelar umumiyligi bulgan takdirda xam xukmrok bulmagan 
urochnshelar va fatsiyalar tarkibi yoki egallagan maydoni jixatidan turlicha bo`lishi 
mumkin. Ana shunday xollarda landshaft xillari ichida yana bir tasnif birligi 
landshaftlarning kichik xili yoki morfologik kurinishini ajratishga tugri keladi. 
Amudaryo va Sirdaryo oraligida joylashgan erlar tabiiy sharoiti jixatidan
uziga xosdir. Bu erlarda biz kumliklarning xozirgi va kadimgi allyuvial, allyuvial 
hdel’ta tekisliklarni, SHarqiy Orol buyidagi xozirgi dengiz ostidan chikkan 
tekisliklarni Markaziy Kizilkum past toglari va ularga tutashib ketgan prolyuvial 
tekisliklarni uchratamiz. Ularning xar biri uziga xos tabiatga ega bulib, kelib 
chikishi, yoshi turlichadir va turli ekzogen jarayonlar xamda ular bilan boglik 
bulgan turli rel’ef bilan ta`rnflavadi. Bu uz navbatida bu erlarda turli 
landshaftlarning shaklanishiga olib kelgan. 
Bu xudud tabiatigi xos bulgan eng dastlabki narsa xududning shimoldan 
janubga ancha masofaga chuznlganligi va tabiiy sharoitining kengliklar buylab 
zonalar xosil kilishidir. Bu erda ikki iklkm zonasini,ya`ni mu`tadil va subtropik 


62 
zonalarni ajratish mumkin. Ular orasidagi chegara janubihgarbda shimolihsharkka 
tomon taxminan Janadaryo kuruk uzani yunalishida utib, ikkita landshaft kismini 
ajratib olishni takoza etadi. CHegaradan shimOldan kurgokchil xududlar subtropnk 
landshaftlar kismi joylashgandir. Ikkala landshaftlar kismidagi asosiy iklimi farklar 
L.N.Babushkin (1964) tomonvdan etarli darajada izoxlab berilgan, Bumdagi eng 
asosiy farklar atmosfera tsirkulyatsiyasida, yoginhsochinning fasllar buylab 
turlicha iisbatda tushishida va termik resurslarning turlicha taksimlanishidir. 
Janubdagi landshaftlar kismi ikkita landshaft sifatiga bulinadi, ya`ni gekislik 
landshaftlari va tog landshaftlari sifatiga, maydon jixatidan tekislik landshaftlari 
xukmrondir. Tog landshaftlari esa kenglik zonasi ichida orol tarikasida uchraydi. 
Tekislik landshaftlari uz navbatida akkumulyativ tekislik landshaftlari, 
denudatsion baland tekislik lavdshaftlari kabi kichik siiflarga bulinadi. 
Keyingi tasnif birligi h landshaft guruxi landshaftlarning namlakish 
xususiyatiga karab, er osti suvlarining xarakatchanligiga xarakatchan kimyoviy 
unsurlarniig chikib ketishi yoki tuninishi ustunligiga karab avtomorf landshaftlar, 
yarimgidromorf landshaftlar guruxlari ajratilgan. Laidshaftlarning bunday
xususiyatlarini aniklab olish kurgokchil xududlardalandshaftlar rivojlanishining 
umumiy yunalishlarini bulib olish uchun judt muximdir. Landshaftning avtomorf 
yoki gidromorf bo`lishi uning ma`lum vaqt| davomidagi xolatini aks ettiradi va 
landshaft tarakkiyotini bashorat kilishda' axamiyatlidir. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə