Korxona pul oqimlarini operativ rejalashtirish jarayonida foydalaniladigan


ʻ yicha asosiy qarz summasini  qoplash kalendari.  INVESTITSION FAOLIYAT BO



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/31
tarix05.07.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#119284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
8 kapitalni boshqarish

ʻ
yicha asosiy qarz summasini 
qoplash kalendari. 
INVESTITSION FAOLIYAT BO
ʻ
YICHA 
Yaxlit korxona bo
ʻ
yicha: 
-
uzoq muddatli investitsiyalar 
portfelini 
shakllantirish 
kalendari (byudjeti); 
-
real investitsiya dasturlarini 
amalga 
oshirish 
kalendari 
(byudjeti) 
Alohida javobgarlik 
markazlari bo
ʻ
yicha: 
-
alohida investitsion loyi
-
halarni amalga oshirish ka
-
lendari (byudjeti) 


113 
Yuqoridagi rasm ma’lumotlaridan koʻrinib turibdiki, pul oqimlarini 
boshqarish boʻyicha tuziladigan va foydalaniladigan har bir toʻlov kalendari oʻz 
maqsad va vazifasiga hamda alohida xususiyatlariga ega. Umuman korxonaning 
faoliyat koʻlamidan kelib chiqqan holda keltirib oʻtilgan toʻlov kalendarlaridan 
foydalanish qoʻyilgan maqsadga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Xulosa qilib aytganda, moliyaviy-xoʻjalik faoliyati amaliyotida har qanday 
operatsiya yoki boshqaruv qarori pul mablagʻlari harakatiga sabab boʻladi. Pul 
mablagʻlari harakatining uzluksiz, toʻgʻri va samarali tashkil etilishi koʻp jihatdan 
tadbirkorlik faoliyati va uning iqtisodiy natijalari barqarorligini oldindan belgilab 
beradi.
Boshqaruvchilar, kreditorlar, investorlar, tahlilchilar va boshqa korxona 
faoliyatidan manfaatdor shaxslar uchun haqiqatdagi pul oqimlari harakati korxona 
faoliyatini, uning bozor qiymatini baholashda, shuningdek kelgusidagi rivojlanish 
istiqbollarini prognoslashda asos boʻlib xizmat qiladi.
Har qanday kompaniya joriy toʻlovlarni amalga oshirish, xom ashyo va 
materiallarni xarid qilish, ish haqlarini toʻlash, uzoq muddatli aktivlarni sotib olish, 
majburiyatlarni oʻz vaqtida qoplash uchun yetarli miqdordagi pul mablagʻlariga ega 
boʻlishi lozim. Pul mablagʻlarining yetishmovchiligi avtomatik tarzda likvidlilikning 
yoʻqotilishiga, bu esa oʻz navbatida tez moslashuvchan mustaqil qarorlar qabul qilish 
imkoniyatining boy berilishiga, faoliyatning esa tashqi sub’ektlar, masalan 
kreditorlarga bogʻliq boʻlib qolishiga sabab boʻladi.
Pul oqimlari tushunchasi moliyaviy-xoʻjalik faoliyati yoki sub’ektning alohida 
operatsiyalari natijasida yuzaga keladigan vaqt boʻyicha taqsimlangan pul 
mablagʻlari harakatini anglatadi.
Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotni tuzishning asosi hisoblangan asosiy 
gʻoyalar oʻtgan davr uchun daromadlarni aniqlash va daromadlarni olish uchun 
sarflangan xarajatlarni solishtirish hisoblanadi. Bu jarayonda daromadlar olingan vaqt 
sifatida iste’molchidan pul mablagʻlarining real kelib tushish vaqtidan qat’iy nazar 
mahsulotlarni sotish vaqti tan olinadi. Masalan, toʻlovni kechiktirish sharti bilan 
tovarlarni sotish jarayonida yuklab joʻnatilgan vaqt daromad olingan vaqt sifatida tan 
olinadi. Vaholanki yuklab joʻnatilgan tovar boʻyicha pul mablagʻlari keyingi hisobot 
davrida kelib tushadi.
Pul oqimi miqdoridan foyda miqdori farq qilishining yana bir muhim sababi 
asosiy vositalar boʻyicha amortizatsiya hisoblashning buxgalteriya mexanizmi 
hisoblanadi.
Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga muvofiq pul oqimlari 
toʻgʻrisidagi hisobot koʻrib chiqilayotgan davr boʻyicha pul mablagʻlari harakatini 
aks ettiruvchi moddalardagi oʻzgarishlar sabablarini izohlab berishi va operatsion, 
investitsion va moliyaviy faoliyatlar kesimida korxona pul oqimlari toʻgʻrisidagi 
axborotlardan tarkib topishi lozim.
Moliyaviy menejmentning barcha funksional tizimlari kabi pul oqimlarini 
boshqarish ham korxona bozor qiymatini oshirish orqali mulkdorlar moddiy 
farovonligini oshirishga qaratilgan bosh maqsadga bevosita boʻysunadi. Moliyaviy 
menejmentning bu umumiy maqsadi pul oqimlarini boshqarishning alohida bosh 


114 
maqsadi – korxonadagi doimiy moliyaviy muvozanatni ta’minlashni qoʻllab-
quvvatlaydi. 

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə