Korxona pul oqimlarini operativ rejalashtirish jarayonida foydalaniladigan



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/31
tarix05.07.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#119284
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
8 kapitalni boshqarish

Xulosa qilib aytganda
korxonalarda moliyaviy ta’minot uzluksizligini 
ta’minlash takror ishlab chiqarish jarayonining davomiyligiga xizmat qiladi. 
Faoliyatni moliyaviy ta’minlash oʻz va qarz mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi 
mumkin. Oʻz navbatida moliyaviy ta’minotning oʻz va qarz manbalari ham qator 
xususiyatlariga koʻra tasniflanadi. 
Har qanday tijorat korxonasida moliyalashtirishning asosiy ichki manbalari 
sifatida sof foyda, amortizatsiya ajratmalari, foydalanilmayotgan aktivlarni sotish 
yoki ijaraga berish va boshqalarni keltirish mumkin. 
Korxonalarda oʻz mablagʻlarini shakllantirishning tashqi manbalari ham keng 
doirada qoʻllaniladi. Bunda korxona ta’sischilarning qoʻshimcha badallari va 
qoʻshimcha aksiyalar chiqarish hisobiga ustav kapitalini oshirish yoʻli bilan oʻz 
mablagʻlarini shakllantirish mumkin. Qoʻshimcha xususiy kapital jalb qilish 
imkoniyatlari va usullari biznesni tashkil etishning huquqiy shakliga bevosita bogʻliq. 
Aksiyalarni ochiq obuna tartibida joylashtirish amaliyoti (IPO – Initial Public 
Offering) emitent tomonidan aksiyalarni bozorda birlamchi ochiq obuna usulida 
joylashtirish boʻlib, bu jarayon davomida ular investorlarning keng doirasiga kirib 
boradilar va fond birjasida erkin savdoni amalga oshiradilar. 
Korxonaning oʻz moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini qarz mablagʻlarini jalb 
qilmagan holda samarali davom ettirishi bozor iqtisodiyoti sharoitida murakkab 
masala hisoblanadi. Qarz mablagʻlaridan foydalanish moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini 
mos ravishda kengaytirish, xususiy kapitaldan yanada samarali foydalanishni 
ta’minlash, turli xil maqsadli moliyaviy fondlarni shakllantirish jarayonini 
tezlashtirish, nihoyat korxonaning bozor qiymatini oshirish imkonini beradi. 
Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirishning asosiy shakllari bank 
kreditlarijalb qilish, korporativ obligatsiyalar muomalaga chiqarish, lizing 
operatsiyalaridan foydalanish va boshqalar hisoblanadi. 
Korxonalar faoliyatida xorijiy kapitalni jalb qilish shakllari xilma-xillikka ega. 
Bugungi kun amaliyotida keng miqyosda qoʻllanilayotgan shakllar sifatida xorijiy 
bank kreditlarini jalb qilish, qarz munosabatini anglatuvchi qimmatli qogʻozlarni 
xorijda joylashtirish, aksiyalarni xalqaro fond birjalarida joylashtirish va boshqalarni 
keltirish mumkin. 
 
 
 
 

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə