Korxona pul oqimlarini operativ rejalashtirish jarayonida foydalaniladigan


 Moliyalashtirishning qarz manbalari bahosini aniqlash



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/31
tarix05.07.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#119284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31
8 kapitalni boshqarish

2. Moliyalashtirishning qarz manbalari bahosini aniqlash 
Korxona kapitalini shakllantirishning uzoq muddatli qarz manbalari an’anaviy 
turlari sifatida bank kreditlari, obligatsiyalar, lizing va boshqalarni keltirish mumkin. 
Aksariyat qarz manbalarining manbasi haqiqatda jalb qilingan summa va uning 
qoplanishi boʻyicha toʻlovlar oqimi asosida aniqlanishi haqida yuqorida ham 
ta’kidlandi. Buning uchun bizga ma’lum boʻlgan pul oqimlari boʻyicha 
daromadlilikning ichki me’yori (
IRR
)ni hisoblash formulasidan foydalanamiz. 

𝐶𝐹
1
(1 + 𝑅)
𝑡
− (𝐷
0
− 𝑇𝐶) = 0 (2.1)
𝑁
𝑡=1
Bu yerda, 
CF
1
– pul oqimi (qoidaga koʻra annuitet); 
R
– qarz mablagʻining toʻliq qiymati (mazkur toʻlovlar oqimlari boʻyicha 
daromadlilikning ichki me’yori, 
IRR
); 
N
– toʻlovlar umumiy soni; 
D

– t = 0 davrda jalb qilingan qarz mablagʻi miqdori; 
TC – qarz mablagʻini olish bilan bogʻliq jami xarajatlar miqdori. 
Umumiy holatda har qanday qarz mablagʻining muhim xususiyatlaridan biri 
sifatida qarz mablagʻlari boʻyicha toʻlanadagigan foiz toʻlovlarining foyda soligʻi 
boʻyicha soliqqa tortiladigan bazadan chegirilishi yoki mahsulot tannarxiga 
kiritilishini keltirish mumkin. Shuning uchun 1-formuladan olingan 
R
miqdor mazkur 
natijani aks ettirish maqsadida (1 – 
T
) koʻpaytuvchiga toʻgʻrilanadi. 
Shunday qilib, qarz kapitalining yakuniy bahosi toʻlanadigan foyda soligʻi 
ta’sirini hisobga olgan holda quyidagicha aniqlanadi: 
k
D
 = R 
x (1 – 
T
) (2.2) 
bu yerda, 
k

– qarz kapitali bahosi; 
T – 
foyda soligʻi stavkasi. 
Misol koʻrib chiqamiz. 
Korxona nominal qiymati 1000 birlikka teng, qoplash muddati 10 yil, yillik 
kupon stavkasi 10% va bir yilda bir marta toʻlanadigan obligatsiya muomalaga 
chiqardi. Emissiya hajmi – 100 000 dona. Obligatsiyalar nominalga nisbatan 93,2% 
kurs boʻyicha joylashtirilgan. Har bir obligatsiyani muomalaga chiqarish boʻyicha 
xarajatlar 50 birlikni tashkil etgan. Foyda soligʻi stavkasi 20%. Qarz mablagʻi 
qiymatini aniqlang. 
Masala ma’lumotlarini 1-formulaga qoʻyib chiqamiz 


121 

100
(1 + 𝑅)
𝑡
+
1000
(1 + 𝑅)
10
− (932 − 50) = 0
10
𝑡=1
Mazkur tenglikni echish 0,1210 ga teng boʻlgan miqdorni beradi (tekshirib 
koʻrish kerak). Shunda foyda soligʻini hisobga olgan holda obligatsion qarz qiymati 
2-formulaga asosan 
k
D
 = 
0,1210
 
x (1 – 0,2) = 0,0968 = 9,68%. 
1-formuladan va keltirilgan misoldan koʻrinib turibdiki, soliqni hisobga 
olmasdan obligatsiyaning oldingi bahosi amaliy jihatdan uning haqiqiy bahosiga va 
istisno ravishda aniqlanadigan pul oqimiga bogʻliqlik kasb etmaydi. Oʻz navbatida 2-
formulaga muvofiq obligatsiyaning haqiqiy bahosi amaliyotda uni jalb qilishga 
ketgan xarajatlarni ham hisobga olgan holda nominaldan (kapital egasi talab 
qiladigan nominaldan ham) past narxda boʻlib koʻrinadi. Qarz kapitali qiymatini 
pasaytirishning koʻrib chiqilayotgan ta’sir natijasi “soliq orqali himoya” deb 
yuritiladi. Lekin agarda firma zarar bilan ishlayotgan boʻlsa, qarz kapitali bahosi 
moliyaviy xarajatlarga mustasno ravishda real imkoniyatlar yoʻqligi sababli 
oʻzgarmaydi.
Qarz mablagʻlari jalb qilish orqali moliyalashtirishda kapital bahosini 
aniqlashda 1-formulaga universal yondashuv sifatida qaraladi. Shuning uchun lizing, 
veksel, kreditlar boʻyicha ham kapital qiymatini baholashda 1-foomuladan 
foydalanish mumkin. Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirishning murakkab 
instrumentlari hisoblangan konversiyalanadigan yoki chaqirib olinadigan 
obligatsiyalar va boshqalar boʻyicha kapital qiymatini baholash birmuncha murakkab 
jarayon hisoblanadi.
Kredit bahosi haqida soʻz yuritganda qarz oluvchi tomonidan kredit jalb qilish 
va undan foydalanish uchun toʻlanadigan barcha xarajatlarni nazarda tutish lozim. 
Boshqacha aytganda, kredit bahosi tarkibiy jihatdan kredit shartnomasida belgilangan 
kredit foiz stavkasi va bank tomonidan belgilangan qoʻshimcha toʻlovlar, biznesni 
rejalashtirish boʻyicha boshqa xarajatlardan tashkil topadi. Bank tomonidan joriy 
etilgan kredit boʻyicha toʻlovlarga kredit buyurtmasini koʻrib chiqish va kreditni 
rasmiylashtirish uchun haq, kredit berganlik uchun vositachilik haqi, kredit 
hisobvaragʻini yuritish va uni boshqarish uchun toʻlov, kredit boʻyicha oʻtkaziladigan 
toʻlovlar boʻyicha komission haq, mijoz majburiyatlari oʻz vaqtida toʻliq 
bajarilmagan holatlarda toʻlanadigan penya kabilarni kiritish mumkin. 
Kredit bahosiga ta’sir qiluvchi tashqi omillar sifatida mamlakatdagi 
(hududdagi) ijtimoiy-siyosiy holat, Markaziy bankning pul-kredit siyosati, qayta 
moliyalash stavkasining oʻzgarishi, banklararo raqobat muhiti, kreditga boʻlgan talab 
darajasi (iqtisodiyotda kreditning tutgan oʻrni), inflyatsiya darajasi, byudjet-soliq 
siyosati (soliq yuki darajasi) va boshqalarni keltirish mumkin. Ichki omillar sifatida 
esa tijorat banklarining kredit siyosati, foiz siyosati, jalb qilingan moliyaviy 
resurslarning miqdori va qiymati, qarz oluvchining moliyaviy holati va kredit tarixi, 


122 
kredit ta’minoti, risklilik darajasi, kredit muddati va toʻlash shartlari, kredit 
berilayotgan valyuta, kredit miqdori va boshqa shu kabilarni keltirish mumkin.
17

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə