Kimyoviy texnologiya



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/53
tarix27.01.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#83177
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   53
polimerbenzin olish jarayoni tahlili va uni samaradorligini oshirish yollar

1.1.

 

Sintetik suyuq yoqig’ilar ishlab chiqarish 

 

“Alternativ  yoqilg’i”

  tushunchasi  neftdan  olinmagan  yoqilg’i  uchun 

kiritilgan.  Suyuq  yoqilg’ining  ishlab  chiqarishini  ikkita  yo’nalish  bo’yicha 

siniflaydilar:  

1)

 

alternativ benzin;  



2)

 

alternativ dizel yoqilgg’i;  



Alternativ benzinni ishlab chiqarish 

Uchta sanoat yo’nalishini ajratish mumkin.  

1.

 

Ko’mirdan benzin (ko’mirlarni destruktiv gidrogenlash).  



2.

 

Gazdan benzin (GTL – Gas Liquid);  



3.

 

Etanol. 



 

Ko’mirdan benzinni olish jarayoni (ko’mirlarni destruktiv gidrogenlash) 

 

  Ko’mirlarni  destruktiv  gidrogenlash  nemis  kimyogarlari  F.  Bergius  va  M. 

Pir tomonidan 1913 yilda kashf etilgan. Ko’mirga suv bug’i bilan yuqori haroratli 

ishlov berishga  asoslangan bo’lib, quyidagi reakstiya bo’yicha boradi   

C+H

2



↔ 

CO+H


2

 

va keyinchalik sintetik benzinni tashkil qiluvchi suyuq uglevodorodlar olinadi. Bu 



texnologiya 450 

o

C haroratda va 30 – 70 MPa bosimda vodorod ishtirokida suyuq 



yoqilg’ini  olishga  imkon  berdi.  1926  yilda  nemis  kimyogarlari  F.  Fisher  va 

G.Tropsh  uglevodorodlarni  suvli  gazdan  (suvli  gaz  deganda  CO  va  H

2

  dan  tarkib 



topgan gazni tushunadilar) olishga imkon beradigan katalizatorlarni taklif qildilar.  

 

Ularning tadqiqotlari asosida Germaniyada sintetik yoqilg’i olishning sanoat 



jarayoni  ishlab  chiqilgan;  shu  bilan  biriga  gaz  holidagi  va  suyuq  holidagilar  bilan 

birga  qattiq  uglevodorod  (parafin)  lar  hosil  bo’ladi.  Sanoat  katalizatorlari  sifatida 

alyuminiy oksidiga cho’ktirilgan kobalt, nikel va VIII guruhning boshqa metallarni 

qo’llaganlar.  Fisher  Tropsh  bo’yicha  sintez  jarayoni  ko’mirlarni  destruktiv 

gidrogenlash  kabi  ikkinchi  jahon  urushi  vaqtida  Germaniyada  keng  rivoj  topdi: 

1942  –  1944  yillarda  qo’ng’ir  va  toshko’mir  lar  asosida  sintetik  suyuq  yoqilg’ini 

ishlab chiqarish bir yilda 5 mln. m ga yaqinni tashkil qiladi.  



 

So’ngra  bu  ishlab  chiqarish  Janubiy  Afrika  Respublikasida  (JAR)  bu 

mamlakat  uchun  neftni  sotib  olish  ma’n  qilingan  sharoitda  muvaffaqiyat  bilan 

ishlab turgan.  

Shuni takidlash kerakki, Germaniyada bu texnologiyalar bo’yicha qurilmalar 

XX  asrning  80  –  yillarida  to’xtatilgan  edi,  chunki  ko’mirdan  olingan  benzin 

neftdan ancha qimmat edi. XXI asrning boshida VR neft kompaniyasining olimlari 

tomonidan bu jarayon tiklandi, ammo Veba Sombi Cracker (VSS) nomi bilan og’ir 

neft qoldiqlaridan ochiq neft mahsulotlarini olish jarayoni sifatida. Bu jarayon 8 – 

bobda ko’rib chiqilgan.   

Ko’mirdan  olingan  benzinning  sifati  yuqri  emas,  u  past  oktan  soniga  ega. 

Dizel  frastiyalarni  ham  olish  mumkin.  Keyinchalik  olingan  mahsulotlarni 

gidrokrekinga uchratiladi.  


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə