Kimyoviy texnologiya


Gazdan benzin olish jarayoni (GTL)



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/53
tarix27.01.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#83177
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   53
polimerbenzin olish jarayoni tahlili va uni samaradorligini oshirish yollar

Gazdan benzin olish jarayoni (GTL) 

Jarayon  asosida  sintez  –  gazni  olish  bilan  metanni  oksidlash  reakstiyasi  va 

sintez – gazni suyuq yoqig’iga qayta ishlash yotadi. GTL texnologiyasini qo’llash 

u yoki bu sabablarga ko’ra bozorga chiqarib bo’lmaydigan gaz resurslarini foydali 

ishlatish  uchun  maqsadga  muvofiqdir.  Odatda,  bu  jarayon  yirik  gaz  konlarida  va 

yuqori  gaz  olish  bo’lgan  neft  konlarida  yo’ldosh  neft  gazlarini  foydali  ishlatishda 

qo’llaniladi.  

GTL  texnologiyasi  sanoat  miqyosida  ancha  katta  kapital  mablag’larni  talab 

qiladi va neft narxining o’zgarishiga juda sezgir. Quvvati yiliga 20 ming t bo’lgan 

birinchi  zavod  1991  yilda  JAR  da  qurildi.  An’anaviy  GTL  –  mahsulotlar 

metanoldan  tashqari  o’z  ichiga  sirka  kislota,  olefinlar,  dimetil  efirini  (dizel 

yoqilg’isining  komponenti  sifatida  ishlatilishi  mumkin),  mochevina  ammiak, 

mineral  o’g’itlarni  va  uglerod  zanjirining  uzunligi  har  xil  bo’lgan  sintetik 

uglevodorodlar.  Bu  texnologiya  yordamida  past  qaynaydigan,  alkanlar, 

polioksimetilenlar, nafta, benzin sifatida qo’llaniladigan distillyatlar, kerosin, dizel 

yoqig’isi,  surkov  moylar  va  parafinni  olish  mumkin.  Sintez  sharoitini  o’zgartirib 

turib  suvli  gaz  asosida  kislorod  saqlagan  gazlarni  xususan  spirtlar  –  metanol  va 



etanolni  oladilar,  ular  esa  avtomobil  benzinning  komponenti  sifatida  qo’llanilishi 

mumkin,  vaholanki  ular  ma’lum  kamchiliklarga  ega  (benzin  bilan  qo’shilganda 

qatlamlarga  bo’linish  mumkinligi,  gidroskopligi,  korrozion  faolligi,  yuqori 

bug’lanish issiqlik).  

Hozirgi vaqtda Yaqin Sharq mamlakatlarida (Qatarda) bu texnologiya sanoat 

rivojini topdi (2010 yilda “Shell” neft kompaniyasining texnologiyasi bo’yicha bir 

yilda  1,6  mlrd.  m

3

    gazni  to’g’ri  haydalgan  benzin,  kerosin,  dizel  frakstiyalari  va 



bazali  moylarga  qayta  ishlash  bo’yicha  zavod  ishga  tushirilgan.  Mahsulot  sifatini 

oshirish uchun gidrokreking bosqichi shart.  




Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə